SHaxslararo munosabatlar-ommaviy ijtimoiypsixologik hodisalar bo’lib, bir guruhda
bo’lgan va birgalikdagifaoliyat hamda muloqot jarayonida bir-biriga ta’sir
ko’rsatuvchi shaxslar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda namoyon bo’ladi.
SHaxslararo muomala-insonlar orasida aloqalar o’rnatishning murakkab jarayoni.
Pedagogik
jamoada
shaxslararo
muomalaning
quyidagi
xususiyatlari
to’g’rilanishga
muhtoj:
ba’zi
pedagoglarning
sabrsizligi,
irodasizligi,
kasbdoshlarini tinlay olmaslik, o’z maqomini oqlash. ijtimoiy pedagogik
treninglar, boshlang’ich pedagog maktablari orqali sabr-matonat, tinglash
madaniyati kabi xislatlarni shakllantirsa bo’ladi.
SHaxsning hayot tarzi-maqsadga muvofiq shakllangan qiziqishlar, faoliyat turlari va hayot
yo’llari tizimi.
SHaxsning o’z-o’zini rivojlantirishi-bu insonning o’z hayotiy faoliyatining sub’ektiga
aylanishidir. Sub’ektlik-insonning hayotdagi faol, mustaqil holati va maqomi. U
inson tug’ilishidanoq unga xos bo’lib, uning ilk psixologik namoyon bo’lishi
bolaning jonlanishi hisoblanadi. YOsh o’tgan sari u o’z shakllarini o’zgartiradi-
insonda axloqiy, estetik, ijtimoiy va psixologik qo’zg’atuvchi sabablar paydo
bo’ladi. Inson o’z-o’zini anglash, muomala va faoliyat sub’ektiga aylanadi. Bu
faollik ham shaklan ham mazmunan o’zgaradi. Inson qanchalik yoshi o’tsa u
shunchalik ko’proq o’z-o’zini rivojlantirish sub’ekti bo’ladi.
Xayriya-alohida shaxslar yoki tashkilotlar tomonidan kam ta’minlangan oilalar, muhtojlarga
ko’rsatiladigan yordam.
Hayotiy vazifalar-insonning hayotiy yo’naltirilganligi, faoliyat usuli, o’ziga, olam va
insonlarga nisbatan munosabat turi.
Homiylik-voyaga yetmaganlarning (boshqa toifa insonlarning ham) shaxsiy va mulkiy
huquqlarini himoya qilish shakli, ya’ni homiylikda vasiylikka qaraganda ancha
keng toifadagi bolalar huquqlari himoya qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |