O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Chekinish (oqish) nazariyasi. 
Odob-axloq me'yorlari va ulardan chekinish yoki oqish qollari borasidagi to`plangan 
bilimlar ularning sabablarini belgilovchi faktorlar mavjud ekanligidan dalolat beradi. Bu 
faktorlarni uchta guruhga ajratish mumkin: biogen, sotsiogen va psixogen. 
Insonlarning hayotdagi har qanday “og`ish” hollari ularning potentsial 
imkoniyatlarining cheklanishiga, tashqi muhit bilan muloqatga kirishishiga o`zining 
salbiy ta'sirini ko`rsatadi. Insonda ro`y beradigan holatlarni sotsiologiya, psixologiya, 
ijtimoiy pedagogika, tibbiyot kabi ko`plab fan sohalari o`zlarining spetsifik
xususiyatlaridan kelib chiqib o`rganadi, bu borada o`z nazariyalarini boyitib boradi.
Masalan, tibbiyot fani me'yorlardan chekinish qolatini bolalarning patalogik 
sog`ligining buzilishi bilan bog`liq deb baholaydi. XIX-XX asrlarda chet mamlakatlarda 
imkoniyatlari cheklangan insonlarning tibbiy modeli hukmronlik qildi. Bu model
imkoniyatlari cheklangan insonlarga hech bo`lmaganda elementlar ijtimoiy faoliyat 


192 
yuritishlarini nazarda tutdi. Bunday insonlar ma'lum tayyorgarlikdan o`tib, o`zlari uchun 
o`zlari harakat qilishar va bu bilan ular kimgadir ortiqcha yuk mo`lmasligi mumkin edi. 
So`ngra 
chekinish 
holatiga 
tushgan 
insonlarga 
nogiron 
(lat.invalidus-
kuchsiz,ojiz)sifatida qarash vujudga keldi. Bu nazariyaga ko`ra imkoniyatlari cheklangan 
insonlar mutloq soqlom insonlar nazorati ostida bo`ldi. Bunday insonlarga yordam berish 
tashkil etildi va bu tibbiyot modeli davlatning ijtimoiy siyosatiga o`z tasirini o`tkazdi. 
XX asrning 60-yillariga kelib imkoniyatlari cheklangan insonlarga yordam 
berishning tibbiy modelining o`rniga ijtimoiy model vujudga keldi va uning rivojlanishi 
psixolik tahlilga suyandi. Bu modelga ko`ra imkoniyatlari cheklangan insonlar 
assotsiatsiyalarga birlashib, o`z haq-huquqlarini talab etishdi va bu talab o`z sog`liqlarini 
tiklashdan ko`ra, jamiyat a'zolari bilan o`zaro munosabatni yaxshilashga nisbatan bo`ldi. 
Savollar: 
1. Nima uchun ijtimoiy pedagogikada norma va normadan og’ish tushunchalari 
o’rganiladi? 
2. Bolalarda normadan og’ishning sababi nimada? 
3. Normadan pedagogik og’ish deganda nima tushuniladi? 
4. “ ijtimoiy og’ish” tushunchasining mohiyati nimada? 
5. Normadan og’ishning qaysi nazariyalarini bilasiz? 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling