O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Ijtimoiy pedagog huquqlari 
Ijtimoiy pedagog jurnalistlar kabi ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga kirib bora 
olishi kerak. Buning uchun u davlat qonun chiqaruvchi organlari bilan mustaqkam 
aloqada bo`lishi talab etiladi. O`zining bu faoliyatida u:· 
bolalarning 

umuman 
jamiyat a'zolarining ijtimoiy talablariga doir axborotlar to`plash, sotsiologik savol-
javoblar o`tkazish, diagnostik tekshiruv ishlarini olib borish huquqiga; 
▪ 
muayyan ijtimoiy muammolarni hal etish yuzasidan jamiyat organlariga va davlat 
tashkilotlariga murojat etish huquqiga; 


194 
▪ 
davlat organlarini ular faoliyatiga doir mavjud muammolardan xabardor etish 
huquqiga; 
▪ 
ijtimoiy faollik va u yoki bu tashabbus bilan chiqadigan ota-onalar, oilalar, 
homiylarni rag`batlantirish huquqiga; 
▪ 
ommaviy axborot vositasi yordamida ma'lum ijtimoiy faoliyat yoki namunavty 
oila tarbiyasi tajribalarini tarqib etish huquqiga; 
▪ 
yashash joyi ish va o`quv jarayonlarida ma'lum ijtimoiy muammolarni hal etishga 
qaratilgan fuqarolarning ijtimoiy harakatini boshqarish kabi huquqlarga ega. 
Ijtimoiy pedagogning kasbiy sifatlari. 
Ijtimoiy pedagog asosan xalq ommasi Bilan ishlaydigan shaxsdir. U o`z faoliyati 
jarayonida turli xarakterdagi insonlar bilan muloqatga kirishishiga to`qri keladi. Bu 
vaziyatda ular bilan turli xil ziddiyatlarga bormaslik, ularning har birining ko`ngliga, 
yuragiga kirib borish uchun sifat va fazilatlarga ega bo`lishi talab etiladi: empatiya 
(dunyoni boshqalarning ko`zi bilan ko`rish, tushuna bilish), xayrihoqlik, ezgulik, 
to`qrilik, ochiq ko`ngillik, aniq mo`ljal olish, samimiylik, kommunikabellik(boshqalar 
bilan chiqisha bilish)Ijtimoiy pedagogning ahloqiy majburiyatlari Ijtimoiy pedagog o`z
mijozlarining qalbiga kirib borishida uning ahloqiy majburiyatlari muhim ahamiyat kasb 
etadi. Ijtimoiy pedagogning aqloqiy majburiyatlari o`ziga xosligi bilan ajralib turadi. 
Bular: o`z mijozlariga nisbatan axloqiy muloqatda bo`lish, ya'ni ularning haq huquqlari 
va imtiyozlarini birinchi darajali deb bilish; 
▪ 
ular bilan muloqatga kirishishda ahloq me'yorlarga amal qilish (hurmat, 
haqqoniyat. hushmuomilalik, alohida etibor va h.k.) 
▪ 
rahbarlar yoki yetakchi tashkilotlarga nisbatan yetuk majburiyatlar 
▪ 
o`z kasbi oldidagi axloq majburiyatlar, ya'ni o`z kasbining mazmuni va mohiyatini 
anglash, mas'uliyatni his etish, faollik ko`rsatish va h.k.

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling