O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Mentalitet- bu shaxs yoki ijtimoiy guruhning dunyoni muayyan obrazda qabul 
qilish, his qilish va unda tafakkur yuritishini ichiga oluvchi individual va jamoa ongining 
darajasidir. Mentalitet shu xalqning uzoq tarixiy rivojlanishi natijasida shakllanadi va 
milliy xarakter, iqtisodiy va ijtimoiy xulq atvorning milliy modelini belgilab beradi. 
Mentalitet xatto bir mafkura boshqasiga o’zgarganda ham o’zining asosiy 
parametrlarini saqlab qolish mumkin. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda mentalitet biz 
madaniyatga tegishli odamlarda umumiy aqliy qurilmalari ning mavjudligi bilan 
aniqlanadi. Turli xalqlarning mentalitlari farqi ular quyidagi ijtimoiy hodisalar: ijtimoiy 
tuzilmaga baho berish, huquq va odat haqidagi qarashlari, ozodlikka munosabati, 
ozodlikni tushunishlari, mehnat, mulkchilik, boylikka munosabatlari, zamon va makonni 
tushunishlarini qanday qabul qilishlarida namoyon bo’ladi. 
Oila va mahalla-bolaning norasmiy muloqat muhiti. 
Yurtboshimiz I.A.Karimov 2003 yilni “Obod mahalla” yili deb e'lon qildilar obod 
so`zi keng qamrovli, chuqur ma'noli so`zdir. Mahallaning obodligi birinchi navbatda 
mahallaning tozaligini nazarda tutsa, ikkinchidan, undagi tinchlik, xotirjamlik, mahalla 


201 
aqlining jipsligi hamda hamjihatligini o`z ichiga oladi. Aynan shu mahalla yosh nihol 
uchun norasmiy muloqati orqali tarbiya o`chog`i sanaladi. 
Respublika vazirlar Mahkamasining 2002 yil 16-maydagi 162-sonli qarori asosida 
mahallalarda pedagog-tarbiyachilar shtati tashkil etildi. Ularning militsiya tayanch 
punktlarida faoliyat yuritishi profilaktika inspektorlari tomonidan hisobga olingan 
tarbiyasi og`ir bolalar va o`smirlarni to`g`ri yo`lga solishda birmuncha qo`l keladi.
Mahalladagi pedagog-tarbiyachiga 30 yoshgacha bo`lgan, jismonan baquvvat, 
kamida 5 yildan kam bo`lmagan pedagogik stajga ega bo`lgan, sport va biznesni yaxshi 
tushunadigan, mahalladagi yoshlarni yoki tarbiyasi og`ir bolalarni, voyaga yetmaganlarni 
o`z orqasidan ergashtirib, ular bilan shug`ullanadigan shaxs bo`lishi lozim. Bu ishlarni 
amalga oshirishda “Mahalla” jamg`armalari, yoshlarning “Kamolot” ijtimoiy harakati, 
sport qo`mitalari o`rtasidagi hamkorlikni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Demak, “Bir bolaga yetti mahalla-ota ona” degan naqldan kelib chiqib, kelajak avlodni 
tarbiyalashda kichik Vatan bo`lmish oila va mahallaning o`rni beqiyosdir.
Toshkent shahrida XIX asrdan boshlab mahalla mavjud. Ularning tashkil topishi va 
faoliyat yuritishi bir tomondan milliy- psixologik xususiyatlari, boshqa tomondan esa 
aholiga yoshligidanoq ijtimoiy munosabatlarga g’arq bo’lishlariga imkon yaratish bilan 
bog’liqdir. Boshqacha aytganda, mahalla mikrotsizm bo’lib, unda axloqiy tamoyil va 
qoidalarga amal qilish, marosim va jamoat faoliyatining boshqa turlarida ishtirok etish 
orqali shaxsning yanada kattaroq hamjamiyatda ijtimoiylashuvi usullari shakllanadi. 
Mahallaning demokratiyalashuv, ijtimoiylashuv, insoniylashuv va mukammallashuv 
jarayonlariga faol ta’sir qila olishini Prezident I.A.Karimov quyidagicha ta’kidlab 
o’tgan: “YOki masalan mahalla-bizning jamiyat hayotida insoniy tarbiya va kelishuvning 
o’zgarmas manbasi. Tarixning guvohlik berishicha, bizning davlatda daryolar bo’yida 
paydo bo’lgan. Tabiat kataklizmalari, tashqi hayvonlarni birgalikda yengish, qiyin 
kunlarda qo’llab-quvvatlash bizning ajdodlarimizni jamoa bo’lib yashashga o’rgatgan. 
Mehribonlik, rahmdillik kabi qadrli insoniy hislatlar aynan mahallada shakllanadi. 
Bu ma’noda mahallani o’z-o’zini boshqarish maktabi, kerak bo’lsa demokratiya maktabi 
desa bo’ladi
4

Ijtimoiylashuv nafaqat shaxsning jamiyatda qulayliklarga ega bo’lishini ko’zda 
tutadi, balki shaxsning muayyan axloqiy va etnik qoidalarni egallashini ham ko’zda 
tutadi. SHu borada mahalla ijtimoiylashuvining unikal mexanizmi hisoblanadi. CHunki 
unda: 
-har bir inson amal qilishi kerak bo’lgan muayyan axloqiy qonunlar ishlab turadi; 
-muomala bir qator axloqiy tamoyillarga asoslanadi; 
-hokimiyatga ishonch va xizmat, shaxsiy namuna kuchi kattalarga hurmat, bolalar 
haqida g’amxo’rlik; 
-axloq va jamoatchilikning tarbiyasi amaliy faoliyatga kiritish orqali amalga 
oshiriladi; 
-ommaviy ong qadriyatlari mahalladan oila va shaxsga uzaytiriladi; 
-alohida shaxs hayotining asosiy bosqichlari jamoaning barcha a’zolari tomonidan 
kuzatuvda bo’ladi. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling