O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


A). Tarbiyaning tabiatga uygun bulishi prinsipi


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

A). Tarbiyaning tabiatga uygun bulishi prinsipi. 
Tarbiyaning tabiyagga uyg`un bo`lishi- ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga kura 
ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojtanish omillariga 
tayanadi. Tarbiyaning tarbiyaga uygun bulish Prinsipi ilk bor slavyan pedagogi YAn 
Amos Komenskiy (1592-1670) bilan uning «Buyuk didaktika» (1632) degan eng asosiy 
ishida ta’riflangan. Kamenskiy, inson tabiyatining bir qismi va u tabiyatning bir kismi 
sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo`ysunadi, deb hisoblanadi. 
Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o`simliklar va hayvonlar olamida ham 
shuningdek, insonga nisbatan ham o’z ta’sirini o`tkazib turadi. Kamenskiy nafaqat 
tarbiyaning umumiy qonunlariga, bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanadi. U bolaalar 
o`spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tafsifiga tayangan holda o’z bolalar ta’lim-
tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslayli va quradi. Komenskindan ancha ilgari sharq
uygonish davri buyuk olimi va mutafakkiri Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o’z
asarlarila tarbiyaning tabiatta uyg`un bulish haqida gapirgan edi. Masalan «uy ro’zg`or 
tutish» haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudod shuning 
uchun tabiatda alohida o’rin tutadi va uning qonunlariga ko`ra rivojlanadi. «YOlg`on 
xislatlarni qayta tarbiyalash» asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki axloqli insonni 
tarbiyalamoqchi bo`lsa unda u uni har tamonlama o`rganishi, insonning tabiyati
qoidalarini bilishi kerak. Natijada tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipi 
ko’pgina buyuk pedagoklar tomonidan o’z pedagogik va ijtimoiy pedagogik 
nazariyalari qurish asosi sifatida olingan edi. Masalan, Fransiya falsafachisi Jan Jak 
Russo bola tarbiyasi tabiat bilan uyg`un ravishda amalga oshirilishi kerak deb 
hisoblab, yozadi «bolalar katta bo`lishidan ilgari bola bo`lishi kerak». Shvetsar pedagogi 
Iogan Genrix Pestalotsi yetim va qarovsiz bolalar uchun muassasalar va bolalar uyini 
yaratgan, u hisobladiki, tarbiya maqsadi-inson tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini 
rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg`un bo`lishi lozim. Nemis
olimi va pedagogi Adolf Disterveg ham o`z ishlarida talim-tarbiya jarayonida yosh
va individual xususiyatlarini etiborga olishi lozimligini ta’kidlaydi. Tarbiya bilan 
uyg`un bulishi rus klassik pedagoglari ishlarida ham o’z aksini topgan. K.D.Ushinskiy 
o’zining asosiy «inson tarbiya predmeti sifatida» degan psixalogik pedagogik
asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va qoidalarini 
bilish, tadbik qila olishi lozim. Ushinskiy fiziologiya, gigiyena va psixologiya


197 
(diqqat, xotira, tasavvur, iroda) asoslarini o`rganish zaruriyatini asoslab berdi,
uning asosi so’zlash qobiliyatini axloqiy estetik va diniy xislari, didaktikani 
o`rganishga o`tish mumkin.
Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg`un bo`lishi prinsipiga
amal qilib, kuyidagi qoidalarga tayanishi lozim: 
- bolalar yoshi xususiyatlarini etiborga olish; 
- bolalar jinsiy o`zgaruvchanligini etiborga olish; 
- me’yoridan chettga chiqish bilan bog’liq bo’lgan bolalarning individual xususiyatlarini 
etiborga olish; 
- bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlariga tayanish; 
- bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantrish. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling