O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Ijtimoiy tarbiya esa bolaning ijtimoiylashuviga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga 
molik fazilatlarni shakllantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari xususida 
A.V.Mudrik, V.D.Semyonova, G.N.Filova singari olimlar tadqiqotlar olib borgan. 
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy tamoyillari. “Tamoyil” tushunchasi lotincha 
“asos” degan ma'noni anglatadi. Har bir fan yoki soqa o`z tamoyillari asosida rivojlanib 
boradi. Ijtimoiy pedagogika tamoyillari pedagogika fanining umumiy tamoyillaridan 
kelib chiqadi. 
Ijtimoiy pedagogikaning muammolari uzoq tarixga ega bo`lishiga qaramasdan 
yevropa, Rossiya va O`zbekistonda aloqida fan sifatida o`zining dastlabki qadamlarini 


196 
qo`ymoqda. Shuning uchun ham uning tamoyillarini belgilashda ham ancha 
murakkabliklar vujudga keldi. Shunga qaramasdan, bu fanning quyidagi uchta tamoyilga 
suyanishi, ya'ni asosga ega ekanligi aniq. Bular: Tabiatga muvofiqlik tamoyili, 
Madaniyatga muvofiqlik tamoyili, insonparvarlik tamoyili.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy tamoyillari (prinsiplari).
“Tamoyil” tushunchasi lotincha “asos” degan ma'noni anglatadi. «Prinsip» so’z i 
lotincha «rrinsipium» so’zidan xosil bo’lgan «asos», «boshlanish» ma’nolarini bildirali. 
Har qanday fan uchun ishlatilgan muayan koidalardan kelib chiqaligan o’z prinsiplari 
mavjud. Fanlarda prinsip va qoidalar bizga bog’liq bulmagan holda mavjud. Ulardan 
chetga chiqish mumkin emas, aks holda pedagogik faoliyat befoyda balki ham zararli 
bo’ladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chikdi, tabiiyki o’z asosida shu fan 
prinsiplariga tayanadi.
Biz Ijtimoiy pedagogikaning 3 ta prinsipni ko’rib chikamiz: tarbiyaning tabiyatga 
uygun bulishi prinsipi; tarbiyaning madaniyatga uyg`un bo`lishi prinsipi va gumanizim 
prinsipi. SHu prinsiplardan har biri ijtimoiy pedagogikada o’zining talqiniga va o’ziga 
xos xususiyatiga ega. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling