O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Pedagogika hamda ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalari


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Pedagogika hamda ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalari 
 
Pedagogika 
Ijtimoiy pedagogika 

· ta'lim 

o`qitish 

tarbiya 

pedagogik faoliyat 

ijtimoiy ta'lim 

o`qitishning ijtimoiy jihatlari 

ijtimoiy tarbiya 

ijtimoiy pedagogik faoliyat 

ijtimoiylashuv 

ijtimoiy institut 

ijtimoiy adaptatsiya 

ijtimoiy reabilitatsiya 
Pedagogika faoliyat- bu ta'lim-tarbiya vositasida o`quvchilarga ijtimoiy madaniyat 
tajribalarini singdirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. 
Ijtimoiy pedagogik faoliyat- bu bolaning ijtimoiylashuviga, ularga ijtimoiy 
madaniyat tajribalarini singdirishga, jamiyatda o`z-o`zini boshqarishga sharoitlar 
yaratishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. U ma'lum shaxsga qaratilgan bo`lib, aniq 
manzilga yo`naltirilgan faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi xususiyatlarga 
ega. 
▪ 
Ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat,
▪ 
bolalar tashkilotlaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat, 
▪ 
bolalarning ijodkorligini oshirish va dam olishini tashkil etishga mas'ul 
tashkilotlardagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat. 
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning asosiy yo`nalishlari qo`yidagilar hisoblanadi. 
▪ 
dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni profilaktika qilish, 
▪ 
ijtimoiy me'yorlardan chekingan (o`qish) bolalarni ijtimoiy reabilitatsiya 
qilish 
.Bu ishlar ikki shaklda amalga oshiriladi: 
1.Bevosita bolaning o`zi bilan olib boriladigan ishlar. 
2.Bolaning ijtimoiy muhit bilan aloqasida vositachilik qilishi. 
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo`lgan ijtimoiy ta'lim 
kategoriyasi ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu bolaning 
ijtimoiylashuviga yordam beruvchi ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalarni
shakllantirish jarayonidir. Ikkinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu ijtimoiy soqada ishlash uchun 
maxsus tayyorgarlik ko`rish jarayonidir. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling