O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Qodirova M. Sanoat va qishloq xo\'jaligi asoslari
ashyo
Yoqilg’i - energeti ka Ishchi kuchi Suv Transp ort Ekologi ya Iqtisodi y geografi k o’rin Iste’ mol Alyuminiy + + + Misni tozalash + + Cho’yan + + + Temir qotishmalari + + + + Po’lat + + Kaliy o’g’iti + + + Fosfor o’g’iti + + + Azot o’g’iti + + + + Sintetik tola + + + Qishloq xo’jalik mashinalari + + Radio, priborsozlik, aniq mashinasozlik + + + Selyuloza- qog’oz sanoati + + + + Sement + Paxta tolasi + + + + + To’qimachilik sanoati + + + Paxta yog’i + + Go’sht + + + Sut + + Izoh: + + hal qiluvchi ta’sir, + kuchli ta’sir Mineral o’g’itlar ichida kaliy o’g’itini ishlab chiqarish geografiyasi batamom xom ashyo omili bilan belgilanadi, chunki uni olish uchun ko’p miqdorda kaliy tuzi sarflanadi. Ayni paytda azot o’g’itini ishlab chiqaruvchi korxonalar ancha ”erkin” joylashadi. Bunday korxonalar qora metallurgiya markazlariga, suv manbalariga yaqin, neft va gaz sanoati rivojlangan rayonlarda joylashtirilishi mumkin.Fosfor o’g’iti ishlab chiqaruvchi korxonalar xom ashyo va iste’mol rayonlarida joylashtiriladi. Xom ashyo sifatida appatit, fosforitlar xizmat qiladi. Shuningdek, bu o’g’itni ishlab chiqarishda oltingugurt kislotasi ham talab etiladi. O’zbekistonda azot yoki selitra -Chirchiq, Navoiy, Farg’onada, superfosfat- Qo’qon va Samarqandda, ammofos yoki azot va fosfor o’g’itlarining birikmasi- Olmaliqda ishlab chiqariladi. Xom ashyoga asoslangan sanoat tarmoqlarining joylashuvini o’ragnish eng avvalo mamlakat tabiiy sharoiti va boyliklarini bilishni talab etadi. Turli xil qazilma boyliklarning ma’lum hududdagi birligi bu yerda ishlab chiqarishni 21 kompleks tashkil qilishga, hududiy majmualarni shakllantirishga, ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilishning samaradorligini oshirishga sabab bo’ladi. Yoqilg’i- issiqlik elektr stansiyalari uchun hamda qora metallurgiya sanoatining dastlabki-cho’yan eritish bosqichini joylashtirishda xom ashyo asosiy rol o’ynaydi. Ammo uning ta’siri hamma vaqt ham yetakchi kuchga emas; issiqlik elektr stansiyalari yoki metallurgiya zavodlari ayrim hollarda iste’mol rayonlarida ham joylashtirilishi mumkin. Bu masala ayniqsa, neft va uning mahsuloti mazut, tabiiy gaz asosida ishlovchi issiqlik stansiyalarini qurishga tegishlidir. Biroq qora metallurgiya zavodlarini joylashtirish qonuniyatlari bir xil bo’lmaydi. Ma’lumki, qazib olinadigan temir rudasining taxminan 48-50 foizi foydalidir, ya’ni ulardan deyarli shuncha cho’yan olish mumkin. 1 tonna cho’yan ishlab chiqishda taxminan 2 tonna temir rudasi va 1,2 tonna kokslanuvchi ko’mir sarflanadi. Ammo bu “o’rtacha” raqam hamma joyda ham bir xil emas: ayrim konlarda temirning qazib olinadigan rudadagi ulushi atigi 17-19 foizni tashkil etadi xolos. Bunday konlarga Uraldagi Qo’shqanorni yoki Qoraqalpog’iston Respublikasidagi Tebinbuloqni misol qilib ko’rsatish mumkin. Bu yerda qazib olinadigan rudani bevosita domna pechlarida eritib bo’lmaydi, chunki kerakli mineraldan ko’ra keraksiz jinslar ko’proq. Shuning uchun bu ruda albatta dastlab boyitilishi va uning tarkibidagi foydali mineralning hissasi oshirilishi lozim. Boyitilgandan so’ng ruda tarkibidagi metall miqdori bir necha barobar ko’payadi. Ammo bundan keyin ham uning hissasi yetarlicha bo’lmaydi. Shuning uchun metallurgiya korxonalari ko’proq xom ashyo rayoniga ko’proq joylashtiriladi. Qozog’iston Respublikasidagi Qarag’anda to’liq siklli metallurgiya kombinati bevosita ko’mir havzasi rayonida joylashtirilgan. Novokuznesk, Lipesk, Tula, Krivoy Rog kombinatlari esa xom ashyo, ya’ni temir rudasi konlariga yaqin qurilgan. Ayrim hollarda metallurgiya zavodlari xomashyo va yoqilg’i rayonlari o’rtasida joylashgan, zero, mazkur sanoat tarmog’i uchun bu ikki omilning ahamiyati bir xil. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling