O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Qodirova M. Sanoat va qishloq xo\'jaligi asoslari
Elektr energetika omili. Hozirgi zamon ishlab chiqarishini elektr
quvvatisiz tasavvur qilish qiyin. Ushbu sohaning o’ziga xos xususiyati shundaki, u yaratgan mahsulotni, ya’ni elektr quvvatini jamg’arib, omborxonalarga yig’ib bo’lmaydi, undan ayni paytning o’zida, sinxron ravishda foydalanish kerak. Bundan tashqari, elektr quvvati yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari orqali uzoq masofalarga ham uzatilishi mumkin. Odatda elektr quvvati omilini ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishida eng avvalo uning arzon xillariga urg’u beriladi. Arzon elektr quvvati suv stansiyalaridan olinadi, chunki suv suvligicha GES dan keyin ham qolaveradi, issiqlik elektr stansiyalarida esa ko’mir, mazut yoki tabiiy gaz tamomila sarflanadi. Elektr energetika omiliga quyidagi misollarni keltirish mumkin. 1t. qalayi yoki titan ishlab chiqarish uchun 40-50 ming kVt/s, misni rafinatsiyalash, elektr pechlarida po’lat eritishda va ularning har bir tonnasiga 8-10 ming kVt/s atrofida elektr quvvati sarflanadi. Shuningdek, temir qotishmalari magniy, qo’rg’oshin, sintetik tola va kaychuk kabilarning ham elaktr energiyasi manbalariga yaqin joyda qurilishi kerak. O’rta Osiyo mamlakatlarida yagona bo’lgan Tursunzoda shahridagi alyuminiy zavodi ham Norak GES iga yaqin joyda qurilgan. Olmaliqda yirik rangli 22 metallurgiya va kimyo korxonalari shu yerdagi IEM hamda Yangi Angran IES idan, Chirchiq sanoat majmuasi Chirchiq kaskad GES quvvatlaridan foydalanadi. Farg’onadagi kimyo, neftni qayta ishlash va boshqa sanoat korxonalari bu shahardagi yirik IEM dan elektr energiyasini oladi. Elektr quvvati omil sifatida bir qator sanoat tarmoqlarini o’z atrofida yig’adi. Shu sababli, u katta yirik rayon va hududiy majmua hosil qilish qudratiga ega. Bizning sharoitimizda elektr quvvati yangi yerlarni o’zlashtirish uchun ham kerak. Jumladan, Qarshi dashtining asosiy qismi Tolimarjondagi bir qator nasos stansiyalari vositasi bilan sug’oriladi. Elektr quvvati Norak-Tursunzoda-G’uzor orqali keladi. Hozirgi kunda esa shu yerning ozida juda yirik, mahalliy tabiiy gaz asosida ishlaydigan Tolimarjon IESi qurilmoqda. Respublikamizda bulardan tashqari Sirdayo, Angren, Toshkent, Navoiy, Taxiatosh IES lari, ANdijon, Chorbog’, Xojikent, Tuyamo’yin va boshqa GES lar mavjud. Ular yiliga 50 mlrd. kVt/soatdan ko’proq elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Bu esa rangli metallurgiya, kimyo kabi “energiya talab” tarmoqlarni rivojlantirishga imkon beradi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling