O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Qodirova M. Sanoat va qishloq xo\'jaligi asoslari
Aholi va mehnat resursi omili ijtimoiy-iqtisodiy omillar ichida eng muhimi
hisoblanadi. Har qanday ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchisiz sodir bo’lmaydi. Ammo bu o’rinda ikki holni qayd etish lozim: birinchidan, shunday korxonalar borki, ularga son jihatdan ko’p ishchi kerak. Masalan, tikuv fabrikasi, konserva zavodi, paxta yetishtirish, uni qayta ishlash korxonalarining mehnat sig’imi katta. Ayni bir paytda boshqa bir korxonalarga mehnat resurslarining miqdori ko’p bo’lishi shart emas, aksincha ularga malakali, ya’ni sifatli ishchi kuchi talab qilinadi. Mazkur korxonalar va tarmoqlar radio yoki priborsozlik, aniq mashinasozlik va shunga o’xshash odatda malakali ishchi kuchi mavjud bo’lgan shaharlarda joylashtiriladi. Bunday ilmtalab korxonalarni joylashtirishda ba’zi rivojlangan mamlakatlarda maxsus texnopolis va fan shaharlari yaratiladi. O’zbekistonda mahalliy aholining tabiiy ko’payishini nisbatan yuqoriligi va uning migratsion harakatining faolsizligi mehnat zahiralarini ko’plab shakllanishiga olib keladi. Shu sababli Respublikada mehnatga layoqatli aholi soni miqdoran juda ko’p. Ularning soni, ayniqsa qishloq joylarida va sust rivojlangan kichik shaharlarda yuqori. Binobarin, bunday joylarda ish o’rinlarini kengaytirish, yangi sanoat va boshqa korxonalar, madaniy-maishiy muassasalarni qurish, mehnat bozorini shakllantirish kerak. Aholi albatta faqat ishchi kuchi emas, u balki ko’proq darajada iste’molchi hamdir. Bu omilning roli esa hozirgi kunda xalqning yashash sharoiti va darajasini yaxshilash doirasida keskin oshib bormoqda. Muvaqqat ijtimoiy qiyinchiliklarni yengillashtirish uchun aholining kundalik hayoti uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va uning boshqa ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotni yetarli darajada ishlab chiqarish talab etiladi. Shu bois iste’mol omili oziq-ovqat korxonalarini o’ziga tortadi, ya’ni bunday zavod va fabrikalar, aholiga xizmat ko’rsatish tarmoqlari qishloq va shaharlarda joylashtiriladi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling