O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
Qishloq xo’jaligi ekinlari maydoni
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Qodirova M. Sanoat va qishloq xo\'jaligi asoslari
Qishloq xo’jaligi ekinlari maydoni
Barcha xo’jaliklarda, ming gektar hisobida 1990 1995 1996 1997 1998 1999 2000 2001 Barcha ekin maydonlari 4194,2 4165,0 4007,0 4140,6 4029,6 4019,5 3778,3 3438,4 G’alla ekinlari maydoni 1008,1 1656,5 1740,5 1837,6 1686,7 1720,5 1614,0 1391,6 Paxta maydoni 1830,1 1492,8 1487,3 1513,1 1531,6 1517,4 1444,5 1452,0 Kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari 270,1 238,2 214,6 214,9 229,5 233,2 219,0 216,3 Yem- xashak maydoni 1039,7 731,6 521,5 507,8 497,5 452,8 429,0 330,4 Dehqonchilik dalachilik, bog’dorchilik va uzumchilikdan iborat. Ekin turiga qarab don ekinlari, texnik ekinlar, yem xashak ekinlari, sabzavot va poliz ekinlari, kartoshka yetishtiruvchi xo’jaliklarga bo’linadi. Dehqonchilikda tuproq- iqlim sharoiti qat’iy hisobga olinmog’i zarur. Qishloq xo’jaligi ekinlari hosiliga ular o’sayotgan, vegetatsiya davrida yorug’lik, issiqlik va namlikning qulay uyg’unligi ta’sir ko’rsatadi. Umuman qishloq xo’jaligida respublikadagi jami ishga yaroqli aholining 1/3 qismidan ortiqrog’i mehnat qiladi. Shu bilan birga respublika maydonining 2/3 qismidan ko’prog’I qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida foydalaniladi. Qishloq xo’jaligida dehqonchilikning salmog’i katta. Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 73 % i dehqonchilik, qolgani esa chorvachilikdan olinadi. Donchilik qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning eng muhim sohalaridan biridir. Dala ekinlari ulushida donchilik ulushi juda katta. Jahon mamlakatlarida donli ekinlardan ko’p tarqalgani bug’doy, sholi, makkajo’xori, arpa, jo’xori, tariq, 53 suli, javdardir. Donli ekinlarning qishloq xo’jaligida ahamiyati juda katta. U oziq- ovqat sanoatida va chorva mollari uchun ozuqa tayyorlashda hal qiluvchi rol o’ynaydi. Donli ekinlardan bug’doy bilan sholini aholi ko’p iste’mol qiladi. Donli o’simliklar o’zida inson organizmi uchun zarur bo’lgan oqsil moddasi va uglevodni ko’p saqlaydi. Don va don mahsulotlari non tayyorlashda, makaron ishlab chiqarishda , konditerlik mollari tayyorlashda, makaron ishlab chiqarishda, konditerlik mollari tayyorlashda, oziqa konsentratlari, konserva tayyorlashda, shuningdek, pivo, spirt, kraxmal tayyorlashda, to’qimachilik va sanoatning boshqa sohalarida keng qo’llaniladi. Donning davlat oziq-ovqat zahirasi eksport predmeti sifatida ham ahamiyati katta. Kuzgi ekiladigan ekinlar ichida kuzgi bug’doy, kuzgi javdar va kuzgi arpaning ulushi katta. Dala ekinlari ichida bug’doyning ahamiyati alohidadir. Bug’doy eng qimmatli oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadigan ekin. Bug’doy yetishtirishda shu boisdan ham dunyo dehqonchiligida katta o’rin berilgan. Dunyoda kuzgi va bahorgi bug’doyning maydoni 230 mln. ga ni tashkil qiladi. Bahorikor donchilik dunyo dehqonchiligida salmoqli o’rin tutadi. Unga bahori bug’doy, bahori arpa, bahori suli kiradi. Bahori arpa yem-xashak, oziq- ovqat va texnika maqsadlarida ishlatiladi. Arpa donidan un, yorma qlinadi. U pivo va spirt tayyorlash uchun qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Sulining chorva mollari uchun yem-xashak tayyorlashda ulushi katta. Uning tarkibida oqsil, kraxmal, yog’ va vitaminlar ko’p. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling