O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/43
Sana03.12.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1798679
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43
Bog'liq
Qodirova M. Sanoat va qishloq xo\'jaligi asoslari

Savol va topshiriqlar: 
1. Respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi va uning tarkibida 
dehqonchilikning tutgan o’rnini ta’riflang. 
2. Donli, texnik va dukkakli ekinlar geografiyasini ta’riflang. 
3. Paxta tolasi yetishtirishning ahamiyatini ayting 


56 
4. O’zbekistonda qanday mashhur meva navlari yetishtiriladi? 
Mavzu: Chorvachilik va uning respublika iqtisodiyotida tutgan o’rni 
Reja: 
1. Chorvachilikning iqtisodiyoyda tutgan o’rni. 
2. Qoramolchilik. 
3. Qo’ychilik. 
4. O’zbekistonda chorvachilikning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish. 
Tayanch 
tushunchalar
Iqtisodiyot, 
chorvachilik, 
qoramolchilik, 
qo’ychilik, echkichilik, cho’chqachilik, parrandachilik, pillachilik
yilqichilik. 
 
Chorvachilik- O’zbekiston qishloq xo’jaligining obikor dehqonchilikdan 
keyingi muhim tarmog’i hisoblanib, u aholini qimmatli oziq-ovqat mahsulotlari: 
sut, go’sht, tuxum bilan, sanoatni esa jun, qorako’l teri bilan ta’minlaydi.
O’zbekiston chorvachilikning qadimiy markazlaridan biri bo’lib, respublikaning 
tuproq va tabiiy iqlim sharoitlari-unumdor sug’oriladigan yerlarda asosan 
qoramolchilik, cho’chqachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, qir- 
adirlar, dasht- chol va tog’ oldi yaylovlarida esa qo’ychilik, echkichilik, yilqichilik, 
tuyachilik, suv havzalarida baliqchilik rivojlangan. 
Chorvachilikning, 
birinchi 
navbatda, 
jamoat 
chorvachilgini 
jadal 
rivojlantirishga hukumatimiz katta e’tibor bermoqda. Chorvachilikni rivojlantirish 
qishloq xo’jaligi oldida turgan birinchi darajali vazifalardan hisoblanadi. Bu 
vazifani muvaffaqiyatli hal etish uchun quyidagi kompleks tadbiriy choralar ishlab 
chiqilgan: 
-chorvachilikning mustahkam yem-xashak bazasini barpo qilish va yem-
xashakdan oqilona foydalanish; 
-barcha turdagi chorva mollari va parrandalar sonini ko’paytirish; 
-podalarning mahsuldorligini oshirish va ulardan olingan sanoat 
texnologiyasi asosida boqishga moslashtirish maqsadida chorvachilikda naslchilik 
ishlarini yaxshilash. 
Go’sht yetishtirishni keskin oshirish va qoramol, cho’chqa, qo’y, parranda 
va quyon go’shti yetishtirish sohasidagi barcha imkoniyat va rezervlardan to’la 
foydalanishni birinchi darajali vazifalardan qilib qo’yiladi. Yem-xashak bazasi 
chorvachilkni taraqqiy ettirishning muhim sharti hisoblanadi. O’zbekistonda 
pichanzorlar, yem-xashak dehqonchiligi, yengil, oziq-ovqat sanoati qoldiqlari va 
aralash yemlar chorvachilikning asosiy ozuqa bazasidir. Respublikada 23,4 mln. 
gektarga yaqin yaylov, pichanzorlar va o’tloqlar bor. Bizdagi yaylovlar kam 
mahsul yaylovlar hisoblanadi, chunki yaylovlarni suv bilan ta’minlash juda 
mashaqqatli ishdir. Respublikada yaylovlardan har bir gektar hisobiga bor-yo’g’i 
2-3 sentnerdan xashak olinadi. Yem-xashak ekinlari maydoni respublikadagi jami 
qishloq xo’jalik yerlarining 7,7 % ni tashkil etadi. Asosan beda, makkajo’xori, 
ozuqabop lavlagi ekiladi. Respublikada yiliga qariyb 10 mln. tonna pichan va silos 
tayyorlanadi. Respublika yog’-moy sanoati korxonalarida olinadigan kunjara, 


57 
shulxa, aralash yem sanoati korxonalarida ishlab chiqariladigan turli tarkibdagi 
yem chorvachilik ehtiyojlarini ta’minlaydi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling