O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Qodirova M. Sanoat va qishloq xo\'jaligi asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Respublika iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishning asosiy tamoyillari Reja
- Tayanch tushunchalar
Savol va topshiriqlar:
1. Respublika iqtisodiyotida chorvachilik tarmog`ining ahamiyati qanday? 2. Qo`ychilikning qaysi tarmoqlari Respublikada yaxshi rivojlangan? 3. O`zbekiston jon boshiga pilla yetkazish bo`yicha va umumiy hajmiga ko`ra dunyoda nechanchi o`rinda turadi? Mavzu: Respublika iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishning asosiy tamoyillari Reja: 1. Respublikada qishloq xo`jaligini isloh qilish bo`yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar 2. Qishloq xo``jaligini isloh qilishning huquqiy asoslari 3. Qishloq xo`jaligida tashkil topgan bozor infratuzilmasining dastlabki ko`rinishlari 4. Qishloq xo`jaligi yerlarining meliorativ holatini yaxshilashga oid tadbirlar Tayanch tushunchalar: Iqtisodiy islohotlar, qishloq xo`jaligi agrar siyosat, fermer xo`jaligi, bozor infra tuzilmasi, qishloq va suv xo`jaligi. Bugungi kunda qishloq xo`jaligining iqtisodiyotimizda o`rni benihoya katta. Hozir agrar tarmoq yalpi ichki mahsulotning 1/4 qismini ishlab chiqarmoqda. Mamlakatimiz ishlab chiqarish va intellektual salohiyatining yarmidan ortig`i muayyan tarzda qishloq xo`jaligi bilan bog`liq. Qishloq xo`jalik mahsuloti mamalakatga valyuta tushumlarining 55 foizdan ortig`ini ta’minlaydigan muhim eksport vositalaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy sohada esa mamlakatning qishloq joylarida istiqomat qiladigan aholisi katta qismini balki butun Respublika ahlining turmush darajasi uning moddiy farovonligi qishloq xo`jaligidagi ishlarning ahvoliga, uni rivojlantirishning tezkorligi va samaradorligiga bog`liq. Mamalakatimizda yalpi ichki mahsulotning o`sishi 2007 yilda 9,5 foizni tashkil etdi, ishlab chiqarish hajmi sanoatda 12,1 foizga, qishloq xo`jaligida 6,1 foizga oshdi. Qishloq xo`jaligini isloh qilish bo`yicha aniq maqsadga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Buning natijasida keyingi yillarda qishloq xo`jaligi tubdan o`zgardi. Shirkatlarni fermer xo`jaliklariga aylantirish jarayoni amalda nihoyasiga yetdi. Xususiy fermer xo`jaliklari o`z mohiyatiga ko`ra qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining asosiy shakliga, sohani barqaror va samarali rivojlantirishni ta’minlaydigan yetakchi kuchga aylandi. Hozirgi kunda Respublikamizda 215 mingdan ortiq fermer xo`jaligi faoliyat yuritmoqda ularda 1,6 mln kishi yoki sohada band bo`lgan aholining qariyb 90 foizi mehnat qilmoqda, qishloq xo`jaligi ekin maydonlarining qariyb 85 foizi ana shu xo`jaliklar hissasiga to`g`ri keladi. O`tgan yili mamlakatimiz bo`yicha 60 tayyorlangan yalpi paxta hosilining 99 foizi, g`allaning 82 foizi fermer xo`jaliklari tomonidan yetishtrildi. Yurtimizda tayyorlanayotgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida fermer va dehqon xo`jaliklarining ulushi salkam 94 foizni tashkil etmoqda. Keyingi yillarda qishloq xo`jaligi ekinlaridan, birinchi navbatda paxta va g`alladan eng yuqori hosil olingani, sohada ishlab chiqarish hajmi keskin ko`paygani dehqonchiligimizdagi tub sifat o`zgarishlarining samarasidir. 2007 yil paxta xom ashyosini yetishtirish 3 mln 650 ming tonnadan, yalpi g`alla hosili esa 6 mln 250 ming tonnadan oshib ketdi. Mustaqilligimizning birinchi kunlaridan boshlabog` davlatimiz qishloq xo`jaligini isloh qilishga jiddiy etibor qaratdi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling