O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Download 490.5 Kb.
bet53/62
Sana12.11.2023
Hajmi490.5 Kb.
#1768706
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturi

3 guruh taqdimoti


Trener xulosasi
Belgilangan yoshga doir qo‘shimcha xulosalar yasash:

O‘smirlik 16-17 yoshgacha davom etib, bu davrda balog‘at ostonasida turgan yoshlar organizmida murakkab fiziologik va ruhiy o‘zgarishlar kechadi. Aynan shu davrda yoshlar o‘zlariga alohida e’tibor bermoq kerak. Yoshlar naslni toza saqlash, kelajak avlodni solg‘om dunyoga keltirishlari uchun reproduktiv salomatlik, sog‘lom turmush tarzi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishlari kerak. Reproduktiv salomatlik va sog‘lom turmush tarzi tushunchalari nafaqat jismoniy, aqliy va ijtimoiy farovonlikni qamrab olmay balki yoshlar orasida kasalliklarning oldini olish va farzand ko‘rishga aloqador muammolarni ijobiy hal qilish demakdir. Hozirgi keskin rivojlanish davrida ommaviy madaniyat ta’siriga tushib qolgan o‘smir o‘g‘il bola kiyinish gigiyenasiga rioya qilishni unutib qo‘yishyapti.


Balog‘at yoshidagi o‘g‘il bolada tananing notekis o‘sish jarayoni boshlanadi. Tananing ayrim qismlarida o‘sish yoki shakllanish sabab og‘riqlar, to‘lishish kuzatiladi. Keskin o‘sish jarayoni bilan birgalikda o‘spirin o‘g‘il bola ruhiyatida ham o‘ziga xos o‘zgarishlar ro‘y berib, siqiluvchanlik, asabiylashishi, qimtinish kabi hollarga moyillik kuzatiladi.
Ma’lumki, o‘zbek xonadonlarida o‘g‘il bola otasi tomonidan tarbiyasiga alohida e’tibor qaratiladi, ona ko’proq qiz bolaga e’tibor qiladi. Ularga yoshlikdan organizmni toza tutish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish o‘rgatib kelish kerak.
Ko‘pgina, ona-otalar urolog shifokor maslahatiga faqat o‘g‘il bola uylangandan so‘nggina zarurat bor, deya xato o‘ylashadi. Natijada balog‘at yoshidagi o‘g‘il bola jinsiy a’zo kasalliklari nazardan chetda qolib, o‘z vaqtida davolanmasligi bois, har xil xatarli asoratlarga, jumladan tashqi jinsiy a’zolarini kasalliklariga olib keladi. O‘g‘il bolaga beriladigan tarbiyadagi yana bir ahamiyatli jihat ularni organizmdagi o‘zgarishlarni ogoh etishdir.
Ilk bora 14 – 15 yoshda o‘g‘il bola kechasi uxlaganda suyuqlik (sperma urugi) chiqib ketishi mumkin, bu – polyusiya deb aytiladi. Tushunmovchilik bois, u bu holatni noto‘g‘ri qabul qilib, qo‘rqib, bezovta bo‘lishi mumkin. Qolaversa, har qanday ota ham o‘g‘il bola qachon ilk bora polyusiya bo‘lishini aniq bilolmaydi. Sog‘lom o‘g‘il bolada polyusiya jarayoni deyarli bilinmay o‘tadi. Ammo boshlanganda o‘g‘il bola otasiga aytmaydi va o‘zi siqilib yurishi mumkin.
Shuningdek, bu yoshdagi o‘g‘il bola asabiy, ruhiy o‘ziga xosliklar, ta’sirchanlik, hissiyotga beriluvchanlik kabilarni ko‘zda tutgan holda, ehtiyotkorlik bilan muomala qilish zarur bo‘ladi. Chunki ayrim yuqumli kasalliklar bilan bir qatorda, asabiylik, jismoniy toliqishlarga sabab bo‘lishi mumkin.



Download 490.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling