O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Amaliy qism Kichik guruhlarga birlashtirish


Download 490.5 Kb.
bet52/62
Sana12.11.2023
Hajmi490.5 Kb.
#1768706
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturi

Amaliy qism
Kichik guruhlarga birlashtirish
Kichik guruhlarga taqsimlash uchun bo‘laklarga kesilgan rasmli kartochkalarni yoki kvadratlarni tarqating. Ishtirokchilar o‘zaro bir butun kartochklarni (kvadratlarni) hosil qilishlari kerak. Bitta rasm – bitta komanda. Jami 3 ta komanda hosil bo‘lishi ko‘zda tutiladi.


Kichik guruhlarda ishlash.
Topshiriq: O‘g‘il bolaning hayoti davomida organizmi va ruhiyatidagi o‘zgarishlarni
10 daqiqa davomida rasm orqali ifodalang.
1-guruh: 1 yoshdan 6 yoshgacha.
2-guruh: 7 yoshdan 13 yoshgacha.
3-guruh: 13 yoshdan 18 yoshgacha.


1- guruh ishlanmasining taqdimoti “1-6 yoshli o‘g‘il bola haqida”


Trener xulosasi
Belgilangan yoshga doir qo‘shimcha xulosalar yasash:

O‘g‘il bola tetapoya bo‘la boshlagan davrdanoq tashqi ta’sirlarga o‘ta sezuvchan bo‘ladi. Bolalar bir yoshga to‘lgunga qadar uning suyak tuzilishi to‘g‘ri rivojlanishiga ahamiyat berish zarur. Jumladan, raxit kasalligida skelet muskulaturasi tonusining oshishi o‘g‘il bola chanog‘ining va o‘pka qafasi tor va yassiroq bo‘lib qolishiga olib keladi. Bu hol o‘z navbatida jinsiy a’zolar rivojiga ham aks ta’sir ko‘rsatadi. Raxitni imkon qadar tezroq, shifokor nazoratida D vitamin darmon dorilarni tayinlash, quyosh nuridan bahramand etish bilan davolash lozim.




2 guruh taqdimoti


Trener xulosasi
Belgilangan yoshga doir qo‘shimcha xulosalar yasash:

Maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarning ko‘pida ancha tortinchoqlik, uyatchanlik ustuvor bo‘ladi. Zero, o‘g‘il bolada peshob qopi va to‘g‘ri ichakning to‘lib ketishi, ya’ni hojatga ehtiyojmand bo‘lsada, qimtinib o‘z paytida chiqmasliklari turli xatarli asoratga olib keladi. Bunday holatlar keyinchalik bepushtlikka sabab bo‘lishini unutmasligimiz joiz. Shu sababli ham doimo o‘g‘il bolalar xojatga o‘z vaqtida chiqishlari kerak.


O‘g‘il bola jinsiy tarbiyasida quyidagi hollarga ahamiyat berishlik joiz:
Jinsiy a’zolar ozoda tutilishi zarur; tor shim (jinsi), badanni ta’sirlantiradigan kiyimlarini kiyish yigitlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan, chunki jinsiy a’zolar siqilib qolishi mumkin va tana harorati shu joyda ko’tariladi va a’zolar rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.



Download 490.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling