O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Davomiyligi 2 soat Usullar


Download 490.5 Kb.
bet55/62
Sana12.11.2023
Hajmi490.5 Kb.
#1768706
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   62
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturi

Davomiyligi

2 soat

Usullar

Ko‘rgazmali taqdimot, guruhlarda ishlash, umumiy munozara va muhokama, psixologik mashq va o‘yinlar.

Materiallar

Flipchart, rangli markerlar


Videorolik
Siz odam immuntanqisligi virusi nima uchun organizmda qolib ketishi va immunitet hujayralari unga qarshi kurasha olmasligini bilasizmi?
Bugungi mavzuimiz aynan shu haqda bo‘ladi.
Butun jahonda millionlab insonlarning umriga zomin bo‘layotgan, ko‘plab oilalarning tinchligini buzayotgan va shu bilan birgalikda dunyodagi davlatlar iqtisodiga katta zarar yetkazayotgan OIV infeksiyasi o‘zining oqibatlari bilan insoniyatning eng dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda.
Immuntanqislik sindromini keltirib chiqaruvchi virusni OIV – odam immun tanqisligi virusi deb ataladi, u kasallik qo‘zg‘atuvchisidir. OITS – OIV infeksiyasi kasallikning oxirgi bosqichi bo‘lib, u tezda ozib ketish, uzoq vaqt isitmalash, ich ketish va organizmning himoya kuchining to‘liq susayishi sharoitida ko‘plab yuqumli kasalliklar va xavfli o‘smalar rivojlanishi bilan kechadigan davridir.

  • Gripp virusi, odam organizmiga tushgach, hujayrani egallab oladi lekin bunda immun hujayralari (antitelolar) uchun ko‘rinarliligicha qoladi. Immun hujayra infeksiyani zararlangan hujayra bilan birgalikda buzadi va yo‘qotadi. Shu tariqa gripp virusi organizmdan unga unchalik ham zarar yetkazmasdan chiqariladi. Endi odam immuntanqisligi virusi o‘zini qanday tutishini ko‘rib chiqamiz. OIV organizmga tushadi. Limfosit deb nomlangan hujayrani topadi – uning yuzasida SD-4 reseptori joylashgan bo‘ladi – virus unga mahkam yopishib oladi va huddi ochqich bilan qulfni ochgandek ochadi. Virus va hujayraning qobig‘lari birlashib ketadi va virusning genetik materiali hujayra ichiga kirib boradi. Bunda OIV immun tizimi hujayralari uchun ko‘rinmas bo‘lib qoladi. Immunhujayralar (Hujayra atrofida aylanib yuradi) “dushman” qayerda ekanligini tushunib ololmaydilar. OIV hujayraning komponentlari hisobiga ko‘paya boshlaydi. Hujayra yemiriladi va tugaydi, lekin virus faol holatda qoladi va boshqa hujayralarni zabt eta boshlaydi.

Shuni yodda tutish kerakki, OITS oilaga yoki shaxsga qo‘yilgan tamg‘a emas. Chunki bugungi kunda hech kim bu kasallikni yuqtirib olmaslikdan yuz foiz kafolatlanmagan. Xohlaymizmi-yo‘qmi, tibbiy muassasalarga murojaat qilamiz, maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalaridan foydalanamiz, u yoki bu darajadagi xatti-harakatlarimizda ba’zan erkinlikni o‘zimizga ravo ko‘ramiz. Demak, bu dard meni chetlab o‘tadi, degan fikrdan yiroq bo‘lishimiz kerak. Ushbu kasallikka chalinmaslik uchun albatta, sog‘lom turmush tarziga rioya etib, doimo sergak bo‘lishimiz lozim. Zero, hozirgi zamon talabi ham shu.

Download 490.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling