O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Download 490.5 Kb.
bet58/62
Sana12.11.2023
Hajmi490.5 Kb.
#1768706
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturi

Immunitent bu nima? Immunitet – lotincha "immunitas” – qutilish, tozalash degan ma’nolarni beradi. Immunitet - bu tashqi muhit ta’siridan va organizmga tushuvchi begona biologik moddalardan inson organizmini himoya qilish imkoniyatidir.
Immunitet quyidagi xolatlarda organizmning ximoyasi uchun kurashadi:

  • Infeksion kasallik qo‘zg‘atuvchilariga qarshi (bakteriya, virus, rikkesiya va b.);

  • Turli toksinlarga qarshi;

  • Mutatsiyaga uchragan o‘sma xujayralarga qarshi;

  • Turli parazitlarga qarshi (askarida, exinokokkoz va b.).

Bilamizki, odam organizmiga tashqi muhitdan biron bir yot modda, bakteriya, virus kirsa immun tizim hujayralari ularga qarshi kurashishni boshlaydi. Odam Immun tanqisligi Virusi esa aynan shu immun hujayralarini zararlaydi, natijada immunitet tanqisligi yuzaga keladi va organizm har-xil bakteriya, viruslarga qarshi kurash qobilyati susayadi. Masalan: Gripp virusi nafas a’zolari hujayralarini zararlasa, Odam Immun tanqisligi Virusi esa immun hujayralarini zararlaydi.


Virus Odam organizmini

  • Yoshi

  • Jinsi

  • Ijtimoiy holatidan qat’iy nazar

organizm ichiga kirishga intiladi va oxir oqibat o‘limga olib keladi!
Xavf guruhiga kimlar kiradi

  • Narkomanlar (in’esion (ukol orqali) narkotik qabul qiluvchilarda)

  • Qon quyilmaydigan odamlar (Gemofiliya bilan kasallanganlar)

  • Geteroseksual, betartib jinsiy aloqa qiluvchilar.

Kasallik xususiyatlari

  • OIV bilan zararlangan shaxsning tashqi ko‘rinishidan kasalligi sezilmaydi va bilinmaydi.

  • Inson o‘zini sog‘lom his etadi.

  • Kasallikning yashirin davri 6 oydan 2 yilgacha va undan ham ko‘proq davom etishi mumkin.

Kasallik belgilari

  • O‘mrov osti, qo‘ltiq osti, chov sohasidagi limfa tugunlarining kattalashuvi

  • Ich ketishining SABABSIZ haftalab, oylab davom etishi

  • Tana haroratining SABABSIZ ko‘tarilishi (bir necha hafta davomida)

  • Tana vaznining hech qanday SABABSIZ 10% va undan ortiq kamayib ketishi.


Download 490.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling