O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Download 490.5 Kb.
bet59/62
Sana12.11.2023
Hajmi490.5 Kb.
#1768706
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturi

OIV/OITS profilaktikasi:

  • Bir martalik shprislardan (bir marta) foydalanish;

  • Nikohgacha va betartib jinsiy aloqadan tiyilish (ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga amal qilgan holda yashash hamda zinodan o‘zini asrash);

  • Reproduktiv salomatlikni muhofaza qilishdagi 12 ta tamoyilga amal qilish.

Test (tekshiruv) xonalariga nima uchun boriladi?

  • Tibbiy yordamni o‘z vaqtida olish

  • O‘z xatti-harakatlari bilan o‘ziga va boshqalarga xavf tug‘dirmaslik

  • Homilador onadan homilaga OIV yuqishini oldini olish

  • Shubhaga o‘rin qoldirmaslik

  • Har bitta viloyatda Respublika OITSga karshi kurash markazining filiallari bor.

Kasallikni o‘z vaqtida aniqlash va davolash hayotni uzaytiradi va hayot sifatini oshiradi.
Boshlovchi: Nima deb o‘ylaysiz OITSni davolashning hech qaday chorasi yo‘qmi? Bu savollarga javob beramiz va o‘z sog‘lig‘imizga o‘zimizga g‘amxo‘rlik qilishni unutmaymiz!
─ Bugungi kunda OIV infeksiyasini yuqtirib olgan odamning umrini sog‘lom odamning umrichalik cho‘zish mumkin. Bu muolaja virusni to‘liq yo‘q qilmasa ham, uning bemor qonida ko‘payib borishiga yo‘l qo‘ymaydi, ya’ni qonda viruslar soni kamayib, immunitet kuchayadi, virusga qarshi kurashuvchi hujayralarning soni ortib, bemorning ahvoli yaxshilanib boradi.
O‘zida OIV infeksiyasining mavjudligini gumon qilgan shaxs kimga murojaat qilishi lozim?
─ Har bir inson o‘zida shubhali holatlarni sezgan taqdirda ixtiyoriy ravishda tekshiruvdan o‘tishlari mumkin. Buning uchun har bir viloyatdagi OITSga qarshi kurashish markazlari va tumanlararo OITSga tashxis qo‘yish laboratoriyalariga murojaat qilish lozim. «Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan tekshiruvlar tekshiruvdan o‘tayotgan shaxsning xohishiga ko‘ra maxfiylikka rioya etilgan holda amalga oshiriladi. OIVga tekshirish natijalari qanday bo‘lishidan qat’i nazar vrach buni sir saqlashi kafolatlanadi. Shu bois tekshiruvlardan o‘tishdan qo‘rqmaslik kerak.
Mazkur kasallikka qarshi kurash bo‘yicha respublikada qanday ishlar yo‘lga qo‘yilgan?
─ OITSga qarshi kurashga yo‘naltirilgan davlat dasturlari asosida tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, bu esa OIV infeksiyasining parenteral yo‘l (in’yesion muolajalar orqali) bilan yuqishi ko‘rsatkichini kamaytirdi. Infeksiya onadan bolaga yuqishining oldini olish bo‘yicha ham ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Ya’ni, har bir ayol homiladorlikning o‘n to‘rtinchi haftasidan joylardagi tibbiyot muassasasi tomonidan nazoratga olinib, OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. OIV infeksiyasi aniqlangan homilador ayolga belgilangan muddatdan tug‘ruq amalga oshirilgungacha virusga qarshi maxsus profilaktika dori vositalari beriladi. Tug‘ilgan bolaga ham bir oy davomida virusga qarshi profilaktik dori preparatlari beriladi. Buning natijasida kasallik onadan bolaga yuqishi ko‘rsatkichlari keskin kamayishiga erishildi.
2013 yilda OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqishi 2,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 0,3 foizga teng bo‘ldi. Ayni vaqtda O‘zbekiston OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqish holatlaridan ozod hudud sifatida sertifikat olish arafasida turibdi.

Download 490.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling