O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


YO’Q (maishiy yo‘l bilan yuqmaydi) Jinsiy yo‘l bilan – HA


Download 490.5 Kb.
bet61/62
Sana12.11.2023
Hajmi490.5 Kb.
#1768706
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturi

YO’Q (maishiy yo‘l bilan yuqmaydi)

Jinsiy yo‘l bilan –

HA

Yuvinish xonasidan birgalikda foydalanilganda –

YO’Q (maishiy yo‘l bilan yuqmaydi)

Ko‘krak suti bilan emizish vaqtida –

HA

Qo‘l berib ko‘rishganda –

YO’Q (Jarohatlanmagan teri qoplami virus uchun tabiiy to‘siq bo‘ladi)

Qon so‘ruvchi hasharotlar chaqishi oqibatida

YO’Q

Onadan bolaga (homiladorlik va nug‘ruq davrida)

HA

Soch-soqol olish uskunalari orqadi –

YO’Q (faqat bir marta ishlatadigan anjomlardan foydalanganda)

Manikyur, pedikyur, tatuaj

YO’Q (faqat bir marta ishlatadigan anjomlardan foydalanganda)

Kiyim va o‘rin ko‘rpa orqali -

YO’Q (Gigiyena anjomlari orqali yuqmaydi);

Hammomdan, suv havzasidan birgalikda foydalanilsa -

YO’Q;

Jarrohlik va stomatologik muolajalar orqali -

YO’Q (faqat bir marta ishlatadigan anjomlardan foydalanganda)

O‘yin tugashi bilan yana bir bor yuqish yo‘llarini ishtirokchilarga tushuntiring. (5 daqiqa)


Hujayra” mashqi (20 daqiqa)
Maqsad:
“Hujayra darajasida” gripp va OIV viruslarining odam organizmiga ta’siri farqini namoyish qilish va inson immun tizimi haqida tushuncha berish.
Jarayon. Trener ikkita ko‘ngillidan bir-birlarining qo‘llarini ushlab ramziy “Hujayra”ni tashkil qilishni so‘raydi. Keyin uchinchi ko‘ngilli bilan birga “Hujayra” atrofida yuradi va viruslar haqida gapirib bera boshlaydi, bunda o‘z hikoyasini harakatlar yordamida tasdiqlab beradi:

  • Gripp virusi, odam organizmiga tushgach, hujayrani egallab oladi (uchinchi ko‘ngilli hujayraga kiradi), lekin bunda immun hujayralari (antitelolar) uchun ko‘rinarliligicha qoladi. Immun hujayra infeksiyani zararlangan hujayra bilan birgalikda buzadi va yo‘qotadi. Shu tariqa gripp virusi organizmdan unga unchalik ham zarar yetkazmasdan chiqariladi. Endi odam immuntanqisligi virusi o‘zini qanday tutishini ko‘rib chiqamiz. OIV organizmga tushadi. Limfosit deb nomlangan hujayrani topadi – uning yuzasida SD-4 reseptori joylashgan bo‘ladi – virus unga mahkam yopishib oladi va huddi ochqich bilan qulfni ochgandek ochadi (trener “hujayra”ning qo‘llarini yechadi va uchinchi ishtirokchi ichkariga kiradi). Virus va hujayraning qobig‘lari birlashib ketadi va virusning genetik materiali hujayra ichiga kirib boradi (“virus”-ishtirokchi “hujayra”-ishtirokchilarning qo‘llarini ushlab oladi). Bunda OIV immun tizimi hujayralari uchun ko‘rinmas bo‘lib qoladi. Immunhujayralar (Hujayra atrofida aylanib yuradi) “dushman” qayerda ekanligini tushunib ololmaydilar. OIV hujayraning komponentlari hisobiga ko‘paya boshlaydi. Hujayra yemiriladi va tugaydi, lekin virus faol holatda qoladi va boshqa hujayralarni zabt eta boshlaydi.

O‘yin tugagach ko‘ngillilarga minnatdorchilik bildiring, ularni o‘z rollaridan chiqaring (o‘zlarini qoqib tashlashlarini, o‘z ismlarini aytishlarini so‘rang).


Download 490.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling