O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Download 0.56 Mb.
bet19/61
Sana12.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1699714
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturiAAA

Maqsad:

Ishtirokchilarga mashq mazmunini tushunting:

  • Hozir birgalikda jismoniy harakatlar qilib olamiz. Men oddiy badantarbiya mashqlarini ko‘rsataman va harakatlarimni “Bunday qiling” jumlalari bilan birga bajaraman. Men mabodo “Shunday qiling” jumlasini aytadigan bo‘lsam, Siz harakatlarni bajarmasliginigiz kerak bo‘ladi.

Trener oddiy badantarbiya mashqlari orqali ishtirokchilarni chalg‘itishga harakat qiladi.Ochiq muhokama (5 daqiqa)
Trener savoli: “Harakat – bu hayot” degan jumlani qanday tushunasiz?
Ishtirokchilarning fikrlarini umumlashtirgan holda quyidagilarni ayting:

  • Hayot - harakatdan iboratdir. Inson harakat orqali shakllanadi, takomillashib boradi. Shu boisdan insonning salomatligi, avvalo, uning doimiy ravishda harakatda bo‘lishi bilan bog‘langan. Faol, muntazam, tartibli va oqilona harakat salomatlikni ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Kichik guruhlarda ishlash (5 daqiqa)

  • Jismoniy harakatning inson organizmiga foydali tomonlarini yozing. Siz buni istalgan ko‘rinishda qilishingiz mumkin, ya’ni plakat, infografika, rasmlar orqali ijodiy yondoshishishngiz mumkin.

Guruhlar ishlanmalarining taqdimoti va ularning muhokamasi (15 daqiqa)
Trener xulosasi va taqdimoti (5 daqiqa)
Ma’lumki, jismoniy harakat birinchi navbatda, organizmda:

  • Modda almashinuvini yaxshilaydi;

  • Organizmdagi barcha organ va to‘qimalarda qon aylanishini kuchaytiradi, ularning kislorod va zarur oziq moddalar bilan ta’minlanishini yaxshilaydi, ayniqsa, o‘suvchi yosh organizmda o‘sish-rivojlanish jarayoni yaxshi kechadi;

  • Tashqi ta’sirlarga qarshilik javob reaksiyasi oshadi, immun tizimi kuchayadi;

  • Organizmda mavjud bo‘lgan ayrim yallig‘lanish jarayonlari so‘rilib ketadi;

  • Organizm har xil chiqindi moddalardan tozalanadi.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling