O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi
Sog\'lom avlod dasturiAAA
- Bu sahifa navigatsiya:
- farzandiga zarar keltirishi mumkin. Chekishda nikotin, uglerod oksidi va qurumning ta’siri.
- Nikotin nima va u organizmga qanday ta’sir qiladi
- Uglerod oksidi nima va u sog‘liqqa qanday ta’sir qiladi Uglerod oksidi
Zarur materiallar
|
Flipchart, rangli markerlar. |
videorolik ssenariysi. Kashandalik va uning salbiy oqibatlari
Kattalar Siz chekishning zararlari haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Nafaqat o‘zingizga balki yon atrofingizdagilarga, chekmaydigan insonlar, sizga qadrli bo‘lgan oila-a’zolaringizga zarari haqidachi? O‘ylab ko‘rganmisiz?
Biz bugungi videoroligimizda aynan chekish haqida va chekish oqibatida darhol va uzoq vaqt davomida yuzaga keladigan zararlar haqida gaplashmoqchimiz.
Chekish – kasallik va o‘limga olib keluvchi, lekin oldini olsa bo‘ladigan sabablardan biridir. Shunday bo‘lsada, har kuni juda ko‘p odamlar sigaret chekish bilan bevosita bog‘liq kasaliklar natijasida vafot etmoqda. Chekish – o‘pka saratonining asosiy sababidir.
Keling, chekish haqida quyidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqamiz:
1-fakt. Chekish tobelikni tug‘diradi
2-fakt. Nafas olinayotgan tutun xavfli
3-fakt. Chekish o‘pka uchun xavfli va emfizema kabi o‘pka kasalliklarini keltirib chiqaradi
4-fakt. Chekish saratonga sabab bo‘ladi.
5-fakt. Chekish yurakka va qon-tomirlarga ta’sir qiladi va yurak kasalliklari xavfini oshiradi
6-fakt. Homilador chekuvchi bo‘lajak farzandiga zarar keltirishi mumkin.
Chekishda nikotin, uglerod oksidi va qurumning ta’siri.
Sigaretdagi uchta zararli moddalar o‘pkaga kirib boradi:
nikotin,
uglerod oksidi
qurum.
1).Nikotin nima va u organizmga qanday ta’sir qiladi?
Nikotin tamaki barglarida mavjud bo‘lib, tamaki mahsulotlariga tobelikni chaqiradi. Vaqti kelib asab tizimi nikotinga o‘rganib qoladi va chekuvchilarni sigaretlar sonini ko‘paytirishga majbur qiladi.
Nikotin yurakni tezroq urishga majbur qiladi, va bu qon tomirlarini torayishiga olib keladi, buning hisobiga qon oqishi pasayadi. Nikotin, shuningdek, qo‘l va oyoqlar uchlarida tana xaroratining pasayishini chaqiradi. Birinchi tortishdanoq sigaret yurakka zarar yetkazadi.
2.)Uglerod oksidi nima va u sog‘liqqa qanday ta’sir qiladi?
Uglerod oksidi – bu is gazi, zaharli birlashma bo‘lib, tutundan paydo bo‘ladi. Is gazi qizil tanachalarga birlashib, ular tashiydigan kislorodning o‘rnini egallab oladi va shu bilan yurak va organizmning boshqa qismlari uchun zarur bo‘lgan kislorod miqdorini kamaytiradi.
3.) Qurum nima va u organizmga qanday ta’sir qiladi?
Download 0.56 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling