O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Download 0.56 Mb.
bet36/61
Sana12.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1699714
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturiAAA

Amaliy qism
Sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazishda tahliliy so‘rovnomalardan foydalanish samara beradi.
Kompyuterga tobelikni aniqlash bo‘yicha test.
Ko‘rsatma: ishtirokchilardan test savollariga javob berish so‘raladi. Javoblar 5 ballik shkalada baholanadi: 1-juda kam, 2-ba’zida, 3-tez-tez, 4-juda tez-tez, 5-hamisha

Savollar

Javoblar va balllar

1

2

3

4

5


Kompyuterning oldida o‘ylaganigizdan ko‘proq turib qolayotganingizni Siz o‘zingiz anglab turasizmi?

















Kompyuterning oldida ko‘proq o‘tirish uchun Siz uydagi o‘z vazifalaringizni odatda bajarmay turasizmi?

















Kompyuterning oldida ko‘proq vaqt bo‘lish uchun Siz odatda bahonalar topib turasizmi?

















Internetda nima qilganingiz haqida so‘rashganlarida Siz odatda buni yashirasizmi?

















Kompyuterning oldida vaqtingizni o‘tkazishdan yoqimli tuyg‘uni tuyasizmi?

















Kompyutersiz hayotingiz zerikarli, bo‘m-bo‘sh va qiziqarli bo‘lmay qolishidan odatda qo‘rqasizmi?

















Kompyuterning oldida o‘tirganingizda Sizni u yerdan olib chiqib ketishsa, Sizning jahlingiz chiqadimi?

















Kompyuterning oldida o‘tirganingizda “yana ikki daqiqa” degan so‘zlarni aytganingizni o‘zingiz sezib qolasizmi?

















Odamlar bilan muloqotga kirishgandan ko‘ra kompyuterning oldida o‘tirishni afzal ko‘rasizmi?

















Kompyuterning oldida Siz o‘zingizda horg‘inlikni, yomon kayfiyatni his etasizmi, asabiylashasizmi?
















Ballarning yig‘indisi 20 ballgacha bo‘lsa – Siz mutlaqo o‘zingizni to‘g‘ri tutayapsiz.
Ballarning yig‘indisi 21-30 ball bo‘lsa – kompyuter bilan muloqotda xavfsizlik qoidalariga e’tiborni qarating.
Ballarning yig‘indisi 31-40 bo‘lsa – kompyuter Sizning hayotingizgi jiddiy ta’sir ko‘rsatganligini inobatga oling.
Ballarning yig‘indisi 41 va undan yuqori bo‘lsa – Sizda yuqori darajadagi kompyuterga tobelikning rivojlanganligi ehtimoli bor va sizga mutaxassisning yordami zarur.
Xulosalar chiqarish. Ko‘rsatma: Ishtirokchilarga olingan ma’lumotlardan qoniqdilarmi, yana nima noaniq qoldi, yana nimalarni bilish va aniqlashtirishni istar edingiz singari savollar bering. Mashg‘ulot doirasidan chiqib ketgan barcha savollarni individual maslahatga qoldiring yoki keyingi mashg‘ulotga qoldiring.
“Yechimlar daraxti” mashqi (10 daqiqa)
Keling, bu mashqni bajarish uchun 4 guruhga bo‘linib olamiz. Buning uchun Sizlardan eng ko‘p ma’lum bo‘lgan internet tarmoqlari va qidiruv tizimlarini nomini aytishni taklif qilaman: MAIL, GOOGLE, YANDEKS, TELEGRAM
Kompyuter ko‘pchilik insonlar uchun “Do‘st”, “Yordamchi” va hatto “O‘qituvchi”ga aylangan. Shu bilan birga kompyuter bilan, ayniqsa, intrenetda ishlashning o‘ziga xos tomonlari mavjudki, ular foydalanuvchilarning jismoniy, axloqiy, ma’naviy sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin. Ko‘pincha Siz va Biz hozirda ommabop bo‘lgan turli xil intrenet resurslardan foydalanamiz. Bular ijtimoiy tarmoqlar, mavzuli saytlar, internet-magazinlardir, shuningdek ko‘pchiligimizda o‘z elektron pochtamiz mavjud. Ularning barchasi bizning sehrli daraxtimizda o‘z aksini topgan. Ulardan foydalanish doim ham xavfsizmi? (psixolog “qurtlar”ni tarqatadi)
1-guruh “Mavzuli saytlar”
2-guruh “Ijtimoiy tarmoqlar”
3-guruh “Internet-magazinlar”
4-guruh “Elektron pochta”
Aniqlangan xavflarni “qurtlar”da yozish kerak bo‘ladi. Mashqni bajarish uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi. Komandalarda ish tugallangach, har bir jamoadan bittadan ishtirokchi guruhdagi ishlarning natijasini himoya qiladi va “qurtlar”ni daraxtga yopishtiradi.

“Olma” mashqi (10 daqiqa)
Trener: Xavflarning bunchalik ko‘pligiga qaramasdan, internedan foydalanishni rad etib bo‘ladimi? Albatta – yo‘q. Internet yangi bilimlar o‘chog‘idir, ta’lim olishda yordam beradi, bo‘sh vaqtni bezaydi.
Siz juda ko‘p vaqtni kompyuter qarshisida o‘tkazasiz, turli xil saytlarga kirasiz, tarmoqlarda muloqot qilasiz. Siz axborot texnologiyalarini ota-onalarnigiz va bizlardan ko‘ra yaxshiroq bilasiz. Lekin ota-onalaringiz va biz, kattalar, bunday zamonaviylik Sizning jismoniy, ruhiy va axloqiy sog‘lig‘ingizga zarar yetkazishidan xavotirdamiz. Siz bilasiz, internet har doim ham xavfsiz emas. Nima qilish kerak? Ha, internetdan to‘g‘ri foydalanishni bilish kerak. Keling, bu qoidalarni birgalikda ishlab chiqamiz. Sizlar boya guruhlarga bo‘linganda o‘z intrenet-zahiralaringizning zararli tomonlarini yozib chiqqan edingiz. Endi aynan shu resurslardan xavfsiz foydalanish qoidalarini ishlab chiqishingiz kerak bo‘ladi. (Psixolog guruhlarga “olmalar”ni tarqatadi). Qoidalarni “olmalar”da yozishingiz kerak bo‘ladi. Topshiriqni bajarish uchun – 3 daq.
Ish tugallangach, har bir guruhdan bittadan vakil o‘z guruhi natijalarini gapirib beradi va “olmalar” ni daraxtga yopishtiradi va qurtlari yechib oladi.
Har bir ishtirokchi internetdan xavfsiz foydalanish haqida o‘z fikrini “Tugallanmagan gaplar” metodi orqali bildiradi: “Men o‘ylaymanki, internet – odamzodning foydali kashfiyoti, lekin...”


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling