O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Download 0.56 Mb.
bet38/61
Sana12.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1699714
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturiAAA

Reproduktiv huquq (RH) – bu barcha er-xotin juftliklar va alohida shaxslarning bolalar soni, ular orasidagi oraliq va ularning tug‘ilish vaqti haqida erkin hamda to‘liq mas’uliyat hissi bilan qaror qabul qilishi va buning uchun shart bo‘lgan ma’lumot
va vositalarga ega bo‘lish borasidagi asosiy huquqlarini tan olinishidir.
Reproduktiv huquqlar:

  • Oilada bolalar soni borasida ayol va juftliklarning qaror qabul qilish huquqi;

  • Tug‘ruqlar orasidagi vaqtni tanlash;

  • Reproduktiv salomatlik to‘g‘risida ma’lumot olish;

  • Reproduktiv salomatlik sohasida sifatli xizmatlar olish, huquq va manfaatlarini cheklashdan holi bo‘lgan holda;

  • Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar, OIV infeksiyasidan va OITSdan himoyalanish;

  • O‘smirlar, ayniqsa qizlarga do‘stona munosabatda xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash;



Reproduktiv salomatlikka ta’sir qiluvchi xavfli omillar:

  1. Nosog‘lom turmush tarzi,

  2. Noqulay ekologik sharoitlar,

  3. Stress holatlari (tashqi muhit bilan organizm ichki muhiti muvozanatini izdan chiqaradigan moslashuv jarayonlarining buzilishi).


Reproduktiv salomatlikni muhofaza qilishdagi 12 ta tamoyil:

  1. Xavfsiz homiladorlik;

  2. Bexatar tug‘ruq;

  3. Chilla davridagi malakali yordam;

  4. Abort va uning oldini olish;

  5. Tug‘ruqlar oralig‘ini 3 yil saqlash;

  6. Zamonaviy kontraseptiv vositalar haqida aholiga keng ma’lumot berish;

  7. OITSni oldini olish;

  8. Bepushtlikni oldini olish;

  9. Saraton va saraton oldi kasalliklarni oldini olish;

  10. Ko‘krak suti bilan boqishni targ‘ibot qilish;

  11. Onalik va bolalikni muhofazasi;

  12. O‘smirlar reproduksiyasi va jinsiy tarbiya.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni asosida har bir viloyatda alohida Qizlar salomatlik markazlari va Ayollar maslaxatxonasi bo‘limlari ochilgan hamda tezkor tibbiy maslahat berish xizmati tashkil qilingan.
Xususan, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasining bolalar ginekologiyasi bo‘limi, Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi va filiallari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari negizida – hududiy Qizlar salomatlik markazlari tashkil etilgan.
Ushbu markazlar qizlar ginekologiyasi sohasida yuqori texnologiyalarga asoslangan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish, profilaktika tadbirlarini amalga oshirish, qizlarning sog‘lom o‘sishini nazorat qilish, belgilangan dasturlar asosida tibbiy ko‘riklar tashkil qilish bilan shug‘ullanadi:

  • qizlarga yuqori malakali ginekologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish, zaruratga ko‘ra tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Respublika markaziga yo‘naltirish;

  • biriktirilgan hudud qizlarining ginekologik sog‘lom o‘sishini nazorat qilish, qizlarda ginekologik madaniyatni shakllantirish, belgilangan dasturlar asosida tibbiy ko‘riklarni tashkil etish;

  • qizlarning ginekologik salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha tumanlararo ilmiy-amaliy va metodik seminarlar, davra suhbatlari tashkil etish.

Shuning uchun qizlar ushbu markazlarga o‘z vaqtida murojaat qilishlari maqsadga muvofiq. Chunki kelajakda reproduktiv tizimining har qanday muammosi o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilinmaganligidan bo‘ladi.
Ginekologiya (yunoncha so‘z – gyne, gunaikos – ayol degani, logos – ta’limot, fan degani). Tibbiyotda ayollar va qizlar organizmining o‘ziga xos xususiyatlarini, reproduktiv tizimining kasalliklarini oldini olish va davolash yo‘llarini o‘rganadigan bo‘lim.

Oiladagi munosabatlarning salomatlik uchun ahamiyati


Oilada er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ishonch, sadoqat, sabr-toqat asosida o‘rnatilishi reproduktiv salomatlik va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
OILA – reproduktiv salomatlik va sog‘lom turmush tarzini shakllantiruvchi jamiyatning bir bo‘lagi bo‘lib, milliy urf-odatlarimiz asosida uzoq yillar mobaynida qat’iy shakllantirilgan va O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi bilan qonunlashtirilgan, o‘zining avlodi, nasli uchun jismoniy, axloqiy-ma’naviy va huquqiy mas’uliyatni ixtiyoriy-majburiy ravishda o‘z zimmasiga olgan jamiyatimizning muhim bo‘lagidir.
Moʻtadil ruhiy vaziyat sog‘lom oilani shakllantirish uchun zarur shartlardan biridir. Oilada barpo bo‘lgan birinchi kundan boshlab, kundalik turmushni oila a’zolari sog‘lig‘ini mustahkam bo‘lishi uchun harakat qilish zarur.
Asosan:

  • Oila a’zolarining sog‘lom turmush tarzida bilimdon va malakali bo‘lishlariga erishish;

  • Doimo o‘z vaqtida profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tib borishlariga erishish;

  • Kun tartibini to‘g‘ri tashkil qilish;

  • Ruhiy xotirjamligini ta’minlash va saqlash;

  • Oila rahbari tomonidan muntazam ravishda oila a’zolarini dam olishlarini ta’minlash;

  • Zararli odatlarning bo‘lmasligi;

  • To‘g‘ri ovqatlanishni 12 tamoyiliga rioya qilish;

  • Jismoniy tarbiya va chiniqtiruvchi mashqlarni oila a’zolari bilan birgalikda muntazam ravishda olib borish;

  • Oila a’zolarida ozodalik va orastalik ko‘nikmalarini shakllantirib, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari.

Oila a’zolarining salomatligini ta’minlash, ularning baxtli bo‘lishi avlodlar iqtidori va nasl-nasabi yaxshilanib borishida har bir oilada yuqoridagi tadbirlar o‘z vaqtida to‘g‘ri tashkil etilsagina amalga oshadi.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling