O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Download 0.56 Mb.
bet41/61
Sana12.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1699714
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturiAAA

Normal hayz sikli nima?
Qizlarda birinchi hayz kelishi o‘rtacha olganda 12-13 yoshda hayz boshlanishi mumkin, lekin 9-15 yoshgacha kelishi ham norma hisoblanadi. Hayz kelishidan oldin qizlarda ozgina qindan ajralmalar kelishi mumkin, buni faqatgina ich-kiyimlarida ko‘rishimiz mumkin. Bu holat sog‘liqqa hech qanday xavf solmasligi haqida qizlarimizga tushuntirishimiz kerak. Bundan tashqari, balog‘atga yetilishning qizlarda tananing bo‘yiga va eniga o‘sishi, to‘lishish, ko‘krak bezlarining kattalashishi, ichki sekresiya bezlarining kattalashishi, o‘sishi kuzatiladi.
Hayz boshlanishdan 2-3 kun avval, qizlar yig‘loqi, asabiy bo‘lib qoladilar, ularda bo‘shashishlik, bosh og‘rig‘i, yuzda, ko‘krak sohasida va orqasida toshmalar (ugri) toshishi kuzatilishi mumkin.
Birinchi hayzning ko‘rinishi qanday bo‘ladi?
Hayz ko‘pincha birinchi kelganda, ichki kiyimda jigarrang ajralmalar yoki qon tomchilari paydo bo‘ladi. Hayz qonining rangi hayzning har xil kunlarida har-xil o‘zgarishi mumkin, chunki hayz ajralmalari faqat qondan iborat bo‘lmay, endometriya qavatidan (shilliq qavatidan) ham iborat bo‘ladi. Qonli ajralmalar birinchi marta ko‘p yoki aksincha kam kelishi mumkin.
Hayz davri qachon to‘liq shakllanib bo‘ladi?
Hayz ko‘rish deb ayol bachadonidan vaqti-vaqti bilan qon kelishiga aytiladi va 3-6 kun davom etadi. O‘smir qizlarda hayz boshida to‘liq shakllanmagan bo‘lishi mumkin, ko‘pincha 6 oydan 12 oygacha cho‘zilishi mumkin. Birinchi hayz boshlangandan keyingi hayz kelishiga qadar 2-4 oy o‘tib ketishi mumkin. Lekin bu ham individual ravishda bo‘ladi.
Hayzning davomiyligi qanday bo‘lishi kerak?
Hayz sikli hayzning birinchi kunidan, kelgusi hayzning birinchi kunigacha hisoblanadi va 21-28-32 kun oralig‘ida bo‘ladi. Birinchi hayz ko‘pincha qisqa, ya’ni 3-4 kun bo‘lib, bu davrda hayz shakllanishi davom etadi va 3- 7 kungacha hayz kelishi mumkin. Lekin bu ham individual ravishda bo‘ladi. Birinchi navbatda, hayz kunlarida asosiy e’tibor shaxsiy gigiyenaga qaratilishi lozim. Qizlar hayz ko‘rmagan (odatiy) va hayz davrida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishlari juda muhimdir. Imkoniyat qadar muntazam yuvinib turishlari kerak. Hayz kunlari ertalab va kechkurun dush qabul qilish, har safar tagliklarni almashtirilganda tahorat olish kerak buladi. Qizlarimizga hayz kunlarida kalendar tutishni tavsiya beramiz, bunda hayzni birinchi va oxirgi kunini belgilab boriladi, hayz siklini muntazamligini kuzatish juda qulay va muhim.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling