O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Download 0.56 Mb.
bet49/61
Sana12.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1699714
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturiAAA

Kasallikning dastlabki belgilari:

  • kuchli og‘riq;

  • biroz xolsizlanish;

  • bosh og‘rishi;

  • ko‘ngilning aynib turishi;

  • qon bosimining ko‘tarilishi, ayniqsa diastolik (arterial qon bosimini o‘lchagnda uning ikkinchi ko‘rsatkichi);

  • kechasi ko‘p siyishi;

  • ertalab qo‘l panjalarining qiyin bukilishi;

  • ko‘z tagining shishishi;

  • belning biroz og‘rishi.



Yuqoridagi holatlar kuzatilsa zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur.
Kasallik qanchalik erta aniqlansa va kerakli davo choralari ko‘rilsa, davolanish shunchalik samarali kechadi.Gastrit
Gastrit kasalligi:
- Gastrit so‘zi haqida eshitganmisiz? U Nima degani?
Gastrit - (yunoncha gaster - me’da, oshqozon) me’da shilliq qavatining yallig‘lanishiga aytiladi.

  • Gastritning kelib chiqish sabablari nimada deb o‘ylaysiz?



Gastritning kelib chiqish sabablari turlicha bo‘ladi.

  • Helicobacter mikrobi eng birinchi sabab

  • noto‘g‘ri ovqatlanish (yog‘li ovqatlar yeyish);

  • spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish;

  • achchiq va sho‘r narsalarni muntazam ravishda iste’mol qilish;

  • quruq (suxomyatka) ovqat yeyish

  • vaqtida ovqatlanmaslik;

  • gijja borligi

  • tez-tez stress holatlarining yuzaga kelishi va boshqa sabablar bo‘lishi mumkin.



O‘tkir gastrit belgilari:

  • to‘sh ostida noxush og‘riqni bo‘lishi ovqat vaqtida yemasa;

  • og‘zidan yoqimsiz hid kelishi

  • qorinni dam bo‘lishi

  • ko‘ngil aynib qayt qilishi

  • og‘izning bemaza bo‘lishi

  • ko‘p kekirishi

  • ovqat hazim bo‘lmasligi

O‘tkir gastritning ayrim belgilari o‘tkir appendisit, xolesistit (o‘t pufagi yalig‘lanishi), pankreatit va boshqa kasalliklarda ham kuzatiladi. Shuning uchun darhol shifokorga murojaat qilish zarur. Bemor parhez va shifokor buyurganlariga vaqtida amal qilsa, tezda tuzalib ketadi, aks holda kasallik surunkali tus oladi.





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling