O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Download 0.56 Mb.
bet47/61
Sana12.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1699714
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturiAAA

Jihozlar. A4 formatdagi rangli qog‘ozlar, qaychi, markerlar.
Har bir ishtirokchiga materiallar tarqatiladi. Ishtirokchilar undan odam siluyetini qirqib chiqadilar yoki barmoqlar yordamida yirtib odamcha siluyeti hosil qilinsa ham bo‘ladi. So‘ngra unda mashg‘ulotni va egallagan bilimlarini baholash jarayonini amalga oshiradilar. Odamchaning turli qismlari turli vaziyatlarn haqida fikrlarni bildiradi:

  • Bosh – mashg‘ulotda qanday bilimlarga ega bo‘ldingiz?

  • Qo‘llar – mashg‘ulotda qanday ko‘nikmalarga ega bo‘ldingiz?

  • Qorin – bu mashg‘ulotdan qanday hissiyotlar, emosiyalar paydo bo‘ldi?

  • Oyoqlar – nima tushunarsiz qoldi?

Agar ishtirokchilar qarshi bo‘lmasalar, javoblarni muhokama qilish mumkin. Bu birmuncha vaqt talab qilsada, guruh ishtirokchilarida bilim va ko‘nikmalarning shakllanganlik darajasini o‘rganib olishga xizmat qiladi. Agar ishtirokchilar gapirishga va bir-birlarini eshitishga tayyor bo‘lmasalar, mashqni anonim ravishda – flip-chart (yoki vatman)ga Odamchalarni yopishtirish orqali amalga oshirish mumkin. Trener ularni tahlil qilishi va mashg‘ulotning borishini baholab, xulosa qilib olishi mumkin. Guruh, shuningdek, bitta katta odamni chizishi (vatmanda) va javoblari qayd etilgan stikerlarni taalluqli tana qismlariga yopishtirishlari mumkin. Bunda har bir savol uchun alohida rang ajratilgani maqsadga muvofiq bo‘ladi.

11-mashg‘ulot. O‘smir yigitlarning organizmidagi o‘zgarishlar va o‘g‘il bola organizmida uchrashi mumkin bo‘lgan turli kasalliklar va ularning oldini olish.

Maqsad

O‘smir organizmidagi o‘zgarishlarni muhokama qilish va turli kasalliklarning oldini olish yo‘llarini o‘rganish.

Vazifalar



  • O‘smir yigitlarning organizmidagi o‘zgarishlarni muhokama qilish va qo‘shimcha zarur axborot berish.

  • Jinsiy tarrbiyani buzuvchi illatlardan ogohlantirish.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling