O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Download 0.56 Mb.
bet44/61
Sana12.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1699714
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturiAAA

Kamqonlikni oldini olish qiyin emas. Buning uchun temir moddasiga boy bo‘lgan ovqatlarni iste’mol qilsangiz kifoya. Ulardagi temir moddasining so‘rilishini osonlashtirish uchun S vitaminga boy bo‘lgan oziq-ovqatlar (sabzi, meva va ko‘katlar) bilan birgalikda iste’mol qilish kerak.
Kamqonlikni oldini olish maqsadida uch turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini:

  • dukkaklilar (loviya, no‘xot, mosh) va jo‘xori

  • go‘sht va baliq mahsulotlari

  • sabzavot, meva va ko‘katlar (yangi uzilgan, quritilgan yoki konservalangan holda) iste’mol qilishga harakat qilish kerak yoki hech bo‘lmaganda ularning 2 turini: dukkaklilar yoki jo‘xori tashkil etishi kerak.

Agar go‘sht va baliq bo‘lmasa, sabzavot, meva va ko‘katlarni dukkaklilar va guruch bilan iste’mol qilish zarur. Agar sabzavot, meva va ko‘katlar bo‘lmasa, go‘sht va baliqni dukkaklilar va jo‘xori bilan yeyish mumkin. Xullas, hech bo‘lmaganda ikki turdagi
oziq-ovqatlarni: dukkaklilar va jo‘xorini iste’mol qilish zarur.


Sizda yoki oilangizning biron-bir a’zosida quyidagi belgilar kuzatilsa, albatta shifokorga murojaat etishingiz zarur:

  • charchoqlik, sustlik (bo‘shashganlik)

  • quvvasizlik

  • xansirash

  • bosh aylanishi

  • ishtahaning bo‘lmasligi

  • tam bilishning o‘zgarishi, masalan, achchiq va sho‘r ovqatlarni yeyishga xohish paydo bo‘lishi

  • rangning oqarishi, ayniqsa kaftlar va ko‘zning pastki qovoqlarning ichki qismining oqarishi.

Amaliy qism




Kichik guruhlarga taqsimlash
Kichik guruhlarga taqsimlash uchun bo‘laklarga kesilgan rasmli kartochkalarni yoki kvadratlarni tarqating. Ishtirokchilar o‘zaro bir butun kartochklarni (kvadratlarni) hosil qilishlari kerak. Bitta rasm – bitta komanda. Jami 3 ta komanda hosil bo‘lishi ko‘zda tutiladi.

Guruhlarda ishlash
Topshiriq: Qiz bolaning hayoti davomida organizmi va ruhiyatidagi o‘zgarishlarni
10 daqiqa davomida rasm orqali ifodalang.
1-guruh: 1 yoshdan 6 yoshgacha.
2-guruh: 7 yoshdan 13 yoshgacha.
3-guruh: 13 yoshdan 18 yoshgacha.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling