O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“O‘ZBEKISTON TARIXI” kafedrasi
2022-2023 o‘quv yili
MAVZU: 1945-1991-yillarda o‘zbek oilaviy turmushi va ijtimoiy hayotidagi etnodemografik jarayonlar
BAJARDI: III kurs (kechki) 301-guruh talabasi Qurbonova Z
TEKSHIRDI: Nazarov G‘iyos
Toshkent-2022
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………3
I BOB. 1945-1991-YILLARDA ETNODEMOGRAFIK JARAYONLARNING O`RGANILISHI
Sovet davri tarixshunosligida 1945-1991-yillarda etnodemografik jarayonlar........................……………………………………………6
Mustaqillik davri tarixshunosligida 1945-1991-yillarda etnodemografik jarayonlar..................…………………………. 10
II BOB. 1945-1991-YILLARDA O‘ZBEK OILAVIY TURMUSHI VA IJTIMOIY HAYOTIDAGI ETNODEMOGRAFIK JARAYONLAR
2.1. 1945-1980-yillarda o‘zbek oilaviy turmushi va ijtimoiy hayotidagi etnodemografik jarayonlar.......................................................................18
2.2. 1980-1991-yillarda o‘zbek oilaviy turmushi va ijtimoiy hayotidagi etnodemografik jarayonlar........................................................................24
XULOSA……………………………………………………………………........30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………......31
Kirish
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. 1Tarix haqiqati shuni ko‘rsatadiki, tomirida milliy g‘urur, Vatan ishqi jo‘sh urgan odamgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi. Biz shunday ma`naviy muhit yaratishimiz kerakki, yurtimizning har bir burchagida, barcha shahar va qishloqlarimiz qiyofasida Vatandan faxrlanish hissi ko‘zimizni, qalbimizni yashnatib tursin. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A Karimov tashabbuslari2, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998- yil 27-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomilashtirish to‘g‘risida”gi 3 qarori va 2018-yil 16-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning PQ – 2995 sonli qaroriga asosan arxivlarning ish faoliyati tubdan yaxshilash va undagi manbalarning yuz yillab yaxshi saqlanish masalasi, shuningdek, manbalarni elektronlashtirish to‘g‘risidagi farmoyishi 4 tarix fani rivojining asosiy tamoyillari belgilab berildi.
Ikkinchi jahon urushi Oʻzbekiston aholisi ning soniga, uning tarkibi va joylashuviga nihoyatda salbiy taʼsir koʻrsatdi. Urush natijasida respublika 1 mln.dan ortiq aholisini yoʻqotdi. Aholining umumiy soni 1940-1945 yillarda 6,6 mln. kishidan 5,2 mln. kishigacha kamaydi. Urushdan keyingi davrda aholi oʻsish surʻatlarida ijobiy oʻzgarishlar boʻldi. Aholining soni 5,2 mln.dan 8,4 mln.gacha koʻpaydi. Bunda ham sof tabiiy koʻpayishdan koʻra chetdan koʻchirib keltiril gan aholining salmogʻi katta boʻldi. 20-asrning 6080-yillarida respublika aholisi tarkibida oʻzbeklarning soni muntazam ravishda yuqori surʻatlar bilan koʻpayib bordi. 1989-yilda oʻzbeklar salmogʻi respublika aholisining tarkibida 71,4 % ni tashkil etgan. Oʻzbekistonning mustaqil rivojlanish yoʻliga oʻtishi uning demografik tarixida mazmunan yangicha bosqichga oʻtishni taqozo etdi. Respublikada bozor munosabatlarining shakllanishi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sharoitlarning oʻzgarishi natijasida yangi demografik jarayon boshlandi: tugʻilish keskin kamaydi, mamlakatdagi slavyan xalqlar, yahudiy, mesxeti turk, grek, ukrain, nemis va b. xalqlarning maʼlum qismi oʻz tarixiy yurtlari va b. xorijiy davlatlarga koʻchib ketdi. Eng katta manfiy migratsiya saldosi 1990-yilda kuzatilib, 181,2 ming kishini tashkil etdi. Mazkur demografik jarayonlar Oʻzbekiston aholisining oʻsish surʻatlarini qisqarishiga olib keldi. Keyingi 15-yil davomida respublika aholisi 4,8 mln.ga koʻpaydi, oʻsish surʻati 1,8 %ni, oʻrtacha yillik mutlaq koʻpayish soni 400 ming kishini tashkil qildi. Biz bu davrdagi etnodemografik jarayonlarni o‘rganish mavzuning dolzarbligini ta’minlaydi. Bu mavzuni o‘rganish mobaynida tarixshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganish ya’ni sovet va mustaqillik davri tarixshunosligiga bo‘lib o‘rganish dolzarblikni oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |