Kurs ishining ob`ekti va predmeti. Kurs ishining ob`ekti -1945-1991-yillarda o‘zbek oilaviy turmushi va ijtimoiy hayotidagi etnodemografik jarayonlar. Kurs ishining predmetini mavzuga oid asarlar, adabiyotlat, tezislar, maqolalar tashkil etadi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishining maqsadi 1945-1991-yillarda o‘zbek oilaviy turmushi va ijtimoiy hayotidagi etnodemografik jarayonlarni o‘rganish va statistik tahlil qilish.
Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
Sovet davri tarixshunosligida 1945-1991-yillarda etnodemografik jarayonlarni tahlil etish;
Mustaqillik davri tarixshunosligida 1945-1991-yillarda etnodemografik jarayonlarni tahlil etish;
1945-1980-yillarda o‘zbek oilaviy turmushi va ijtimoiy hayotidagi etnodemografik jarayonlarni tahlil etish;
1980-1991-yillarda o‘zbek oilaviy turmushi va ijtimoiy hayotidagi etnodemografik jarayonlarni o‘rganish;
Mavzu yuzasidan xulosa bildirish.
Kurs ishining davriy chegaralari doirasi asosan O‘zbekistonda 1945-1991-yillardagi voqealarni qamrab oladi. Bu davr O‘zbekiston etnodemografiya tarixidagi eng murakkab va ahamiyatli davr hisoblanadi.
Kurs ishining nazariy va metodologik asoslari sifatida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov va amaldagi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevlarning nutqlari, maqolalari, fundamental asarlari, Respublika Vazirlar Mahkamasining mamlakatimiz tarixini o‘rganish bilan bog‘liq qarorlari, taniqli arxeolog, tilshunos, o‘lkashunos, adabiyotshunos, manbashunos, tarixchi olimlarning asarlari hamda ilmiy tadqiqotlari xizmat qiladi.
Ishning ilmiy yangiligi. Ilmiy yangilik shundan iboratki, mazkur kurs ishida quyidagilar tahlil qilindi:
Sovet davri tarixshunosligida 1945-1991-yillarda etnodemografik jarayonlar o‘rganildi;
Mustaqillik davri tarixshunosligida 1945-1991-yillarda etnodemografik jarayonlar o‘rganildi;
1945-1980-yillarda o‘zbek oilaviy turmushi va ijtimoiy hayotidagi etnodemografik jarayonlar tahlil etildi;
1980-1991-yillarda o‘zbek oilaviy turmushi va ijtimoiy hayotidagi etnodemografik jarayonlar tahlil etildi;
Do'stlaringiz bilan baham: |