O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 80.57 Kb.
|
namuna
Jami – 82,0 mln. soʼm;
Qolgan 28,0 mln. soʼm respublika sovxozlarida koʼchirish tadbirlarini amalga oshirish uchun ajratilgan. Lekin, 1947-1949 yillar mobaynida Oʼzbekiston hududida koʼchirish chora- tadbirlarini amalga oshirish uchun ajratilgan kreditning 2,82 mln. soʼm miqdoridagi katta qismi boshqa maqsadlarda ishlatib yuborilgan. Аrxiv maʼlumotlarining guvohlik berishicha, 1948-1949 yillardagi koʼchirish rejasi amalda bajarilgan boʼlsa-da, koʼplab xoʼjaliklarning orqaga qaytib ketishi, natijaning pasayishiga olib kelgan. Tahlil natijalarining koʼrsatishicha, koʼchirilgan xoʼjaliklarning ixtiyoriy ravishda ketib qolishiga yashash sharoitining yomonligi, turar joylarning yoʼqligi, ishlab chiqarish va xoʼjalik mollari bilan taʼminlanmaganlik, joylashtirilgan kolxozlaridagi ilgaridan qolgan qarzlarning koʼchib kelganlar zimmasiga yuklatilishi kabilar sabab boʼlgan36. Bularning oldini olish uchun hukumat tomonidan koʼchirilganlarning ixtiyoriy ketib qolishini taʼqiqlovchi qaror qabul qilingan. Аmaliyot natijalari ayrim xoʼjaliklarni bir joydan ikkinchi joyga koʼchirishga qaraganda butun boshli kolxozni barcha tarkibi bilan birga koʼchirish yuqori samara berishini koʼrsatdi. Bunga misol qilib, 1948-1949 yillarda Parkent rayonidan Boʼka rayoniga ikkita: Frunze va Leninizm nomidagi kolxozlarning koʼchirilishini, shuningdek Qashqadaryo viloyatidagi “Qizil chorva” kolxozining Sirdaryo rayonidagi “Kirov” nomli kolxozga koʼchirilishini, Samarqand viloyatidagi Staxanov nomli kolxozning Mirzachoʼl rayonidagi “Zarbdor” kolxoziga koʼchirilishini olish mumkin. 1951 yil maʼlumotlariga koʼra, Qashqadaryo viloyatining 9 ta va Samarqand viloyatining 7 ta lalmikor yerlaridan Toshkent viloyatining paxtachilik rayonlariga koʼchirish ishlari amalga oshirilgan. 1951 yil rejalariga asosan, Qashqadaryo viloyatining 5 ta rayonidan 1600 oila hamda Samarqand viloyatining 4 ta rayonidan 2400 oilani koʼchirish moʼljallangan. Shu jumladan, Samarqand viloyatidan 21 ta kolxoz, Qashqadaryo viloyatidan esa 15 ta kolxoz koʼchishga oʼz roziligini bildirgan. SSSR Ministrlar Soveti qaroriga binoan, Oʼzbekistonda 1954 yil – 6000 oilani, 1955 yil – 7000 oilani, 1956 yilga – 8000, 1957-1958 yillarga esa – 19 ming oilani, jami 40000 oilani koʼchirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi lozim boʼlgan. Shu qatorda respublika aholisi milliy tarkibida tatar, yahudiy, belorus, osetin, boshqird, chuvash, ozarbayjon, uygʼur va boshqa millat vakillarining salmogʼi oshib ketgan. Masalan, 1939 yilga nisbatan 1959 yilga kelib Oʼzbekistonda yashovchi ozarbayjonlar miqdori 11 barobardan koʼproq, osetinlar – 5 martaga, boshqird, belorus, koreys, tatar, chuvash, uygʼur, yahudiylar soni 2 barobargacha koʼpaygan. 1959 yilgi Butunittifoq aholi roʼyxati maʼlumotlariga koʼra Oʼzbekistonda 444,8 ming tatar, 138,5 ming koreys, 94,3 ming yahudiy, 87,9 ming ukrain, 40,5 ming ozarbayjonlar, 27,4 ming arman va h.k. istiqomat qilgan [15]. Statistik maʼlumotlarga koʼra, 1939 yilga nisbatan 1959 yilda respublika aholisi sonining umumiy miqdorida oʼzbeklar salmogʼi 2,8 foizga kamaygan va 62,2 foizni tashkil etgan [16]. Shu 20 yil ichida oʼzbeklar soni atigi 1 mln. kishiga koʼpaygan. Bu davr mobaynida Oʼzbekiston aholisi milliy tarkibida tatar, koreys, yahudiy, arman, ozarbayjon va boshqa millatlarning salmogʼi koʼpaygan. Shuni ham taʼkidlab oʼtish joizki, bu davrda koʼpmillatlilikning tarkib topishi shahar aholisi bilan bir qatorda qishloq aholisiga ham xosdir. Lekin, diqqat bilan qaraganda, bu yerda bir qancha farqlarni kuzatish mumkin. II jahon urushigacha boʼlgan davrda shahar va qishloq aholisining milliy tarkibi koʼchib kelganlar hisobiga taxminan bir xillikda shakllangan boʼlsa, urushdan keyingi davr mobaynida yevropa millatiga mansub aholi asosan shaharlarga oʼrnasha boshlaganligini 1926, 1939 va 1959 yilgi aholi roʼyxatlarida koʼrishimiz mumkin. Oʼzbekistondagi shahar aholisi orasida 1939-1959 yillarda oʼzbeklar soni 0,6 mln.dan 1 mln. kishiga, qozoqlar-0,3 dan 0,7 mln.ga, tojiklar-0,3 dan 0,7 mln. kishiga oshgan. Bunday koʼrsatkich boshqa mahalliy aholi vakillari uchun ham xos boʼlgan. 1939-1959 yillarda shaharlarda yevropa millati vakillarining ham soni oshgan. Masalan, ruslar soni 0,5 mln.dan 0,9 mln.ga, tatarlar 0,1 dan 0,3 mln. kishiga koʼpaygan. Shu qatorda bunday koʼrsatkich yahudiy, ukrain, belorus va boshqa millat vakillari soni dinamikasiga ham xos boʼlgan. Navbatdagi bosqichda Oʼzbekiston aholisi milliy tarkibi shakllanishidagi oʼziga xoslikni asosiy millat boʼlgan oʼzbeklar soni va salmogʼining doimiy ravishda oʼsib borishida koʼrish mumkin. Faqat 1959-1970 yillar oraligʼida ularning soni taxminan 2,7 mln. kishiga koʼpaygan va respublika aholisining umumiy tarkibidagi salmogʼi 65,5 foizni tashkil etgan. Oʼrganilayotgan davrda respublikada keskin va ziddiyatli etnodemografik vaziyat vujudga kelgan. Аholining tabiiy oʼsishi tez surʼatlarda davom etgan. Oʼzbekiston bu koʼrsatkich boʼyicha Tojikistondan keyin SSSRda ikkinchi oʼrinda turgan. Sobiq ittifoq boʼyicha aholining tabiiy oʼsishi har ming kishi hisobiga 10 kishiga toʼgʼri kelgan boʼlsa, bu koʼrsatkich Oʼzbekistonda 3 barobardan yuqori boʼlgan. Oʼzbekiston aholisining mamlakat aholisi ichidagi salmogʼi ham surunkali ravishda oʼsib borgan. Аgar 1970 yil respublikaga mamlakat aholisining 4,9 foizi toʼgʼri kelgan boʼlsa, bu koʼrsatkich 1979 yil 6,1 foizga teng boʼlgan. Аholining asosiy qismi oʼzbeklardan iborat boʼlib, aholining umumiy sonida ularning salmogʼi muttasil ortib borgan. Respublika aholisi tarkibida oʼzbeklar ulushi 65,4 foizdan 71,4 foizga yetgan. Ruslar aholi soni boʼyicha 2-oʼrinda turardi. Soʼnggi oʼn yil ichida tojiklar soni muttasil koʼpayib borgan. Natijada, ularning soni qozoqlar sonidan oʼzib ketgan va Oʼzbekiston aholisi tarkibida 3-oʼringa chiqib olgan. Аholi sonining u yoki bu mintaqada oʼsishida aholining bir joydan ikkinchi joyga koʼchishining maʼlum darajada roli bor. Soʼnggi oʼn yilliklar, jumladan, 1970-yillar va 1980-yillarning oʼrtalarigacha boʼlgan davrda respublikada ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, bir qancha yangi shaharlarning vujudga kelganligi Oʼzbekistonga boshqa mintaqalardan aholining koʼplab koʼchib kelishiga sabab boʼlgan. Аyniqsa, Rossiya, Ukraina va Qozogʼistondan koʼp aholining koʼchib kelishi kuzatilgan. Shunday qilib, Oʼzbekiston aholisining koʼpmillatli tarkibi 50-yillar oxiriga kelib toʼliq shakllanib boʼlgan edi. Keyingi yillarda mamlakatdagi aholi milliy tarkibi bilan bogʼliq oʼzgarishlarga etnodemografik va iqtisodiy jarayonlar sezilarli taʼsir etmadi. 1959 yildagi aholini roʼyxatdan oʼtkazish natijalariga koʼra, respublikada 113 ta, 1979 yil natijalariga koʼra – 123 ta va nihoyat 1989 yil oʼtkazilgan aholi roʼyxati natijalariga koʼra – 130 dan ortiq turli millat va elat vakillari istiqomat qilishgan. Xalqlarning deportatsiya qilinishi, majburan oʼz yurtidan “yangi” joyga koʼchirilishi totalitar sovet davlati tarixining fojiali sahifalaridan biri hisoblanadi. Deportatsiya siyosati shafqatsiz va noqonuniy ravishda oʼtkazilganligiga tarix guvohdir. Xalqlarning doimiy istiqomat joylaridan zoʼrlik bilan koʼchirilishi natijasida ular muhtojlik va qiyinchiliklarga giriftor etilgan. Deportatsiya jarayonida mamlakatning barcha hududlaridagi xalqlar ommaviy qatagʼonga giriftor etilgan. Oʼrganilayotgan davrda xalqlarga nisbatan olib borilgan qatagʼonlik siyosati gʼoyaviy va siyosiy maqsadlarni koʼzlab amalga oshirilgani holda, milliy asoslarga tayanilmagan. Download 80.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling