O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti filologiya fakulteti ingliz tili yo’nalishi 2 "D" guruh talabasi xudoyberganova sadoqatning pedagogika fanidan mustaqil ishining elektron varianti Qo’qon


Download 0.52 Mb.
bet2/11
Sana05.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#204772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1539249877 67774

Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya — lotincha «estezio» go’zallikni his qilaman) — o’quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush go’zalliklarini anglash, idrok etish va to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish, ular tomonidan go’zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon. Tabiat, adabiyot, teatr, musiqa, she’riyat, tasviriy san’at va boshqalarga bo’lgan muhabbat shaxsning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Nafosat tarbiyasi axloqiy tarbiyani samarali tashkil etashda katta ahamiyatga ega. Nafosatdan rohatlanishda faqat san’at asarlarigina emas, balki ezgu ishlar, jamoaga hurmat, sadoqat, vijdonan mehnat qilish muhim o’rin tutadi. Nafosat tarbiyasining mohiyati shundan iboratki, u go’zallikka bo’lgan munosabatni qaror toptiradi. Go’zallikka bo’lgan tuyg’uni rivojlantirmay turib, yuqori mehnat madaniyatiga erishib bo’lmaydi. Mehnat jarayonida tayyorlangan har bir buyum (tovar)ning ahamiyati, funktsiyasi, zaruriligi insonning tabiiy ehtiyojlarini qondirishi jihatidangina emas, balki uning qanchalik go’zallygi bilan ham baholanadi Go’zallik bu hayotning o’zi, tabiat hamda inson mehnati natijalari, insoniy munosabatlarning mukam — malligidir. Nafosat bilimlari aniq tarbiyaviy ishlar — tanlov, viktorina, bayram, ko’rgazma va hokazolarni tashkil etish asosida hosil qilinadi. O’quvchilar o’z qobiliyatlarini turli xil badiiy — ijodiy faoliyatlarda namoyon etadilar. Kichik yoshda «barcha bolalar istes’nosiz rasm soluvchilardir» (K.D.Ushinskiy), «har bir bola — shoir» (V..Suxomlinskiy).


Nafosat ongi

Nafosat his-tuyg’usi

Nafosat idroki

Nafosat bilimi

Nafosat mulohazasi

Nafosat

bahsi

Nafosat ideali

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling