O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning fizika fanidan davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi toshkent-2017


Milliy va umummadaniy kompetensiya


Download 0.69 Mb.
bet50/53
Sana06.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1673767
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
umumiy-orta-talimning-fizika-fanidan-

Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘ladi, fizika sohasi rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarning ibratli hayotini biladi va o‘rnak oladi hamda ularning fikrlarini fan sohasida muhimligini anglay oladi.
A2+
dunyoqarash va tafakkuri asosida sohadagi olimlarning qonunlaridan amaliyotda foydalana oladi.


Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza oladi, fizikani o‘rganishda turli formulalar, grafiklar, jadvallardan foydalanib masalalar yecha oladi;
inson mehnatini yengillashtiradigan ishlab chiqarish faoliyatining zamonaviy usullari bilan qulay shart-sharoitga olib keladigan, fan-texnika intensiv rivojlanib borayotgan sharoitda fizika fanidagi yutuqlarni muhimligini anglaydi va texnika yangiliklaridan foydalana oladi.
A2+
fan texnika yangiliklaridan amaliyotda mustaqil ravishda foydalana oladi.


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:


Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A2
Kuzatish natijalarini umumlashtirishda va bayon qilishda tegishli fizik kattaliklardan foydalana oladi hamda ularning o‘zaro bog‘liqligini matematik ifodalar ko‘rinishida yozadi va tushuntirib bera oladi;
mexanika, molekular fizika va termodinamika asoslari, elektr, optika, atom va yadro fizikasi asoslariga oid tushunchalar, atamalar, fizik kattaliklar va ularning birliklari, qonuniyatlari, bog‘lanish formulalarini biladi va amaliyotda, kundalik turmushda foydalana oladi.
A2+
Kuzatish natijalarini umumlashtirib, ularning o‘zaro bog‘liqligini matematik ifodalar ko‘rinishida yoza oladi va xulosa chiqara oladi;
fizik qonuniyatlar va ularning bog‘lanish formulalari asosida amaliy tusdagi va muammoli masalalarni yecha oladi.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling