Tarixiy ma’lumotlardan xabardorlik kompetensiyasi
Dunyo xalqlarining madaniyati, ma’naviyati hamda dunyoviy va diniy qadriyatlarini tarixiy tasavvur qilgan holda mohiyatini tushunish, tahlil qilish va xulosa chiqarish
|
10.1.1.1. Rossiya imperiyasi va Sovet ittifoqi davrida Turkiston hamda O‘zbekiston SSR madaniyatini o‘ziga xos xususiyatlari
haqida biladi.
|
10.1.1.2. Dunyo ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi hamda ilm-fandagi ilmiy yutuqlar haqida bilimlarga ega bo‘ladi.
|
Tarixiy davr va voqealarni o‘zaro taqqoslash orqali o‘ziga xos ijtimoiy- iqtisodiy xususiyatlarini tushuntira olish
|
10.1.2.1. XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida O‘rta Osiyo xalqlari hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy davrlarni taqqoslaydi va tahlil qila
oladi.
|
10.1.2.2. XIX asr ikkinchi yarmi - XX asrning 90-yillarigacha bo‘lgan davrda dunyo davlatlaridagi ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy davrlarni tahlil
qiladi va xulosa chiqaradi.
|
10.1.2.3. Birinchi va ikkinchi jahon urushlari davri oralig‘idagi voqealarini taqqoslaydi va tahlil
qiladi.
|
Tarixiy shaxslarning faoliyati va ularning tarixda tutgan o‘rni haqida ma’lumot bera olish
|
10.1.3.1. Jadidlar harakati namoyondalari faoliyati mohiyatini hamda ularning asarlarini biladi.
|
10.1.3.2. Birinchi va ikkinchi jahon urushida jasorat ko‘rsatgan o‘zbek o‘g‘lonlarini biladi va undan o‘rnak oladi.
|
10.1.3.3. O‘zbekiston SSRda xalq farovoniligi uchun samarali mehnat
qilgan davlat rahbarlari faoliyatini biladi.
|
O‘rganilayotgan davrning asosiy voqealari va shaxslarini xronologik ketma-ketlikda tushuntirish
|
10.1.4.1. XIX asr ikkinchi yarmidan - XX asr 90-yillarigacha Osiyo, Yevropa, Amerika davlatlaridagi siyosiy jarayonlar va shaxslarning
xronologiyasini tuza oladi.
|
Tarixiy voqea-hodisalar to‘g‘risida mustaqil fikr yuritib, ularning kelib chiqish omillari haqida bilish
|
10.1.5.1. XIX asr ikkinchi yarmidan - XX asr 90-yillarigacha bo‘lgan voqealarni kelib chiqish omillarini o‘z qarashlari orqali tushuntirib bera
oladi.
|
O‘tmish, hozirgi, kelajakni o‘z ichiga olgan jarayonlar bilan bog‘liq atamalarni to‘g‘ri qo‘llay olishi
|
10.1.6.1. XIX asr ikkinchi yarmidan - XX asr 90-yillarigacha bo‘lgan davrdagi Osiyo, Yevropa va Amerika mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotiga oid atamalar mohiyatini tushunadi va to‘g‘ri qo‘llay oladi.
|