O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning


Download 211.12 Kb.
bet2/33
Sana28.12.2022
Hajmi211.12 Kb.
#1024861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
6-sinf Qadimgi dunyo tarixi

Davlat va huquq asoslari fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda huquqiy manbalardan foydalana olish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali huquqiy bilimlarini oshirishga, huquqiy savodxonlikni yuksaltirishga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quv fanini o‘rganishda o‘quvchilar huquq manbalaridan foydalana olish, o‘z huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qilish, huquqiy voqea va hodisalarga oid to‘g‘ri xulosa chiqarish, konstitutsiyaviy burch va majburiyatlarni bilishga hamda ularga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat. Kundalik hayotda huquqiy voqea va xodisalarni idrok qilish orqali vujudga keladigan vaziyatlarni huquqiy jihatdan to‘g‘ri baholay olish va ma’qul qaror qabul qilish ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Tarbiya fani o‘quvchilar qalbi va ongida sog‘lom e’tiqod, dunyoqarash,
tafakkur va insoniy fazilatlarni shakllantirishdan iborat. O‘quvchilarda fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish tamoyilini o‘zida namoyon eta olish, bugungi globallashuv jarayonlari avj olgan davrda hushyor va ogoh yashay olishni kundalik amaliy harakatiga aylantira olish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Ona tili va adabiyot fanida olgan bilimlari orqali o‘quvchilar tarixiy voqealarda mustaqil fikrini bayon etadi, yozma va og‘zaki ravishda o‘z qarashlarini ifoda etish malakalarini hosil qiladi, tarixiy atamalarni to‘g‘ri qo‘llash hamda baxs-munozaralar jarayonida erkin muloqot qilish ko‘nikmalari rivojlanadi. Shuningdek, o‘zbek va jahon adabiyoti namoyandalari asarlari va ilmiy merosini o‘rganadilar.
Geografiya fani orqali o‘quvchilar qadimgi va hozirgi davlatlar va xalqlarning geografik joylashuvi, hududlar iqlimi, iqtisodiy va tabiiy boyliklari haqidagi bilimlaridan foydalanadi.
Matematika fanidan tarixiy yillarni hisoblash, tarixni davrlashtirish, milodiy yilni hijriy yilga aylantirishda foydalanadi.
Fizika fani orqali o‘quvchilar tabiat qonunlari va uning insoniyat ta’siri, qadimda odamlar tomonidan foydalangan buyumlar tarkibi va xususiyatlarini


4
biladi. Masalan, qadimda bronza, mis va temirdan yasalgan mehnat va uy- ro‘zg‘or buyumlarining xususiyatlari yoki hozirgi kungacha saqlanib qolish holati.
Astronomiya fani bilan o‘zaro aloqadorlikda tarixda insonlarning tabiat hodisalariga qarab yerga ekin ekishi yoki yulduzlarga qarab quruqlik hamda dengizda sayyoxatlar olib borishi natijasida yangi yerlar, savdo yo‘llarining kashf etilishi va binolar joylashishida quyoshning chiqishi, botishini inobatga olgan holda qurganligini hamda o‘zbek va jahon olimlari tomonidan yer va quyoshning aylanishi haqidagi nazariyalarni fanda isbotlaganligini, yulduzlarning joylashish o‘rnini turli asboblar yordamida aniqlay olganligini biladi.
Texnologiya fanidagi olgan bilimlari bilan birgalikda insoniyat tarixida
foydalangan kiyimlarning tikilish uslubi, narsa-buyumlar (sopol idishlar, mehnat, ov qurollari)ning yasalishi va qadimgi me’morchilik uslublari haqida o‘rganadi. Transport va aloqa vositalarining yaratilish tarixini bilib oladi. Umuman olganda ishlab chiqarish munosabatlari va hususiyatlarini bilib oladi.
Geometriya fani bilan aloqadorlikda o‘quvchilar tarixda insonlar tomonidan turar-joylarning qurilishi, sersuv va tezoqar daryolardan tepaliklarga suv chiqarish inshoatlarini yasalish xususiyatlarini o‘rganadi.

Download 211.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling