O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning


Download 211.12 Kb.
bet3/33
Sana28.12.2022
Hajmi211.12 Kb.
#1024861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
6-sinf Qadimgi dunyo tarixi

Iqtisodiy bilim asoslari fanidan olgan bilimlari orqali qadimgi davrdan to hozirgi kungacha davlatlardagi iqtisodiy-ijtimoiy hayot, tovar-pul munosabatlari, soliq turlari va qo‘shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni o‘rganadi.
Biologiya fani orqali o‘quvchilar tarix fanida qadimgi davrdan to hozirgi kungacha odamlarning rivojlanish bosqichlarini va ularning tabiatga ta’siri hamda turli ekologik muammolarning kelib chiqish sabablarini anglaydi.


5

IJTIMOIY VA GUMANITAR FANLAR BO‘YICHA O‘QUVCHILARDA RIVOJLANTIRILADIGAN UMUMIY KOMPETENSIYALAR


(umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablar)

o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qiladi, jamoaviy hamkorlikda ishlay oladi;


ma’lumotlar yoki fikrlar asosida o‘z xulosasini taqdim qiladi;
ijtimoiy fanlar bilan bog‘liq jarayonni tavsiflashda muhim qadamlarni aniqlay oladi (masalan, qonun loyihasi qanday qilib qonunga aylanishi);
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantiradi, ma’naviy kamolotga intiladi;
o‘z fikr va qarashlarini bayon etishda egallagan bilimlaridan foydalana oladi;
turli vaziyatlarni huquqiy jihatdan to‘g‘ri baholab, maqbul qaror qabul qila oladi, hushyorlik va ogohlikni kundalik amaliy harakatiga aylantira oladi;
burch va majburiyatlarini anglaydi, ularga rioya qiladi;
nazariy bilimlaridan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta oladi;
jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qiladi, yordamga muhtojlarga saxovatli bo‘ladi.

Dunyo xalqlarining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlari haqida ma’lumot bera oladi;


o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat va saxiylik ko‘rsatadi;
o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qiladi;
O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini asrab- avaylaydi;
jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qiladi; sog‘lom turmush tarziga amal qiladi;
tarixning davrlarini taqqoslay oladi, tahlil qiladi va xulosa qiladi;
O‘zbekistondagi demokratik islohotlar va dunyoda kechayotgan ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarga munosabat bildira oladi;
Ma’naviy tahdidlarni anglaydi va baholay oladi;
Jamiyatdagi voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etadi, ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etadi.


6
turli axborot manbalaridan zaruriy ma’lumotlarni topa oladi, shaxsiy va kasbiy faoliyatida qo‘llaydi;
kundalik faoliyatida ijodiy va mantiqan fikrlab, o‘zining intellektual rivojlanishini ongli rejalashtiradi, o‘quv faoliyati natijalarini nazorat qiladi va baholay oladi.

mamlakatimizdagi tarixiy-me’moriy obidalar hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi;


ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan o‘rnak oladi, ularga munosib voris bo‘lishga intiladi;
mustaqillik yillarida O‘zbekiston xalqlari tarixi, madaniyati va ma’naviyati dunyoviy va diniy qadriyatlarining hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan mutafakkirlar nomlarining tiklanishi haqida ma’lumot bera oladi;
mamlakatimiz tarixi jahon tarixining bir bo‘lagi ekanligini anglaydi; fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan
kurashish tamoyilini o‘zida namoyon eta oladi. manbalarni farqlay oladi va tahlil qiladi; matnlar asosida aniq dalillar keltira oladi;
manbaning asosiy g‘oyalarini yoki ma’lumotlarini aniqlay oladi.

7



Download 211.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling