O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning


Tarixni o‘qitish asosan o‘quvchilarga quyidagi qobiliyatlarni


Download 211.12 Kb.
bet9/33
Sana28.12.2022
Hajmi211.12 Kb.
#1024861
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
6-sinf Qadimgi dunyo tarixi

Tarixni o‘qitish asosan o‘quvchilarga quyidagi qobiliyatlarni


rivojlantirish imkoniyatlarini berishi kerak:

  • davrlar, voqealar, taniqli shaxslar, madaniy uchrashuvlar va rivojlanish tendensiyalarining turli talqinlarini o‘zida mujassam etgan tarixiy ma’lumotnomadan foydalanish;

  • tarixiy bilimlarni yaratish uchun asos sifatida olingan manbalarni tanqidiy o‘rganish, izohlash va baholash;

  • o‘zlarining va boshqalarning tarixni turli xil kontekstda va turli nuqtai nazardan foydalanishi haqida mulohaza yuritish;

  • tarixiy bilimlarning qanday tashkil etilganligi, yaratilganligi va ishlatilganligini tahlil qilish uchun tarixiy tushunchalardan foydalanish;



5-bob. KONSEPSIYANI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMI


  1. Quyidagilar Konsepsiyani amalga oshirish tizimi hisoblanadi:

Huquqiy asoslari:


shaxs tarbiyasiga oid milliy normativ-huquqiy bazani mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq shakllantirish.
Amalga oshirish tizimi:
vazirlik va idoralar, muassasalar, davlat, nodavlat hamda notijorat korxona va tashkilotlari shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari.

Tashkiliy-boshqaruv asoslari:


Konsepsiyani amalga oshirishning kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
ilg‘or pedagogik tajribalarni aniqlash, o‘rganish va ularni ommalashtirish, rag‘batlantirishni tashkil etish;
Konsepsiya samaradorligini monitoring qilish. Mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash:
14
Tarix fanidan dars beradigan pedagoglarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini modernizatsiya qilish.

Ilmiy-metodik asoslari:


shaxsning ijtimoiylashuvi va tarbiyasiga oid ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malakalar to‘liq o‘zlashtirilishiga erishish;
Tarix fani o‘quv-metodik majmualarini, shu jumladan ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish;
Tarix fani darsliklari va o‘quv-metodik majmualarini yaratishda salohiyatli, ijodkor shaxslar o‘rtasida o‘zaro shaffof tarzda tanlov o‘tkazish va yaratilgan darsliklar, o‘quv-metodik majmualarini umumta’lim muassasalarida tajriba-sinovdan o‘tkazish;
Tarix fani darsliklarini yaratishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish; o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkurni shakllantirish.



Download 211.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling