O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning


-bob. KONSEPSIYANING MAQSAD VA VAZIFALARI


Download 211.12 Kb.
bet5/33
Sana28.12.2022
Hajmi211.12 Kb.
#1024861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
6-sinf Qadimgi dunyo tarixi

2-bob. KONSEPSIYANING MAQSAD VA VAZIFALARI





  1. Konsepsiyaning asosiy maqsadi:

O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, Tarix fanini o‘rganish bo‘yicha xorij tajribasi asosida zamonaviy yondoshuv, tashkiliy boshqaruv, kadrlar bilan ta’minlash, ilmiy-metodik ta’minotiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarni ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etish asoslari va mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.

  1. Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:



8
Tarix fanlarini o‘qitishda O‘zbekiston Respublikasining tarix sohasidagi ustuvor yo‘nalishlariga amal qilish;
Tarix fani ilmiy-metodik ta’minotiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarni ishlab chiqish;
o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish;
“Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasi mazmun-mohiyatini o‘quvchi-yoshlarga chuqur singdirish;
o‘quvchilarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlash; faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirish;
umummilliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik hissini shakllantirish; mamlakatimiz tarixi jahon tarixining bir bo‘lagi ekanligi tuyg‘usini
rivojlantirish;
yosh avlodda tarixga nisbatan mas’uliyat, majburiyat, huquqiy madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom e’tiqod, ma’rifatlilik, diniy va milliy bag‘rikenglik kabi fazilatlarni tarbiyalash.


3-bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TARIX FANI SOHASIDAGI USTUVOR YO‘NALISHLARI


  1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining Tarix fani sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:

birinchidan, tarixiy bilimlarning zarur tizimini shakllantirish, yoshlarni tarixiy voqelikning joriy va dolzarb masalalari yuzasidan xabardor qilish;
ikkinchidan, yoshlarda adolat, tenglik, qonuniylik kabi tamoyillarga nisbatan hurmatni shakllantirish;
uchinchidan, ajdodlar ma’naviy merosini asrab-avaylash va ularga nisbatan hurmat hissini singdirish;
to‘rtinchidan, yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish hamda ularni Vatani va ona yurti bilan faxrlanish tuyg‘usida tarbiyalash;
beshinchidan, o‘quvchilarni jismoniy, ruhiy va ma’naviy-axloqiy rivojlantirish orqali ijtimoiy hayotga moslashtirish, turli murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatish;
oltinchidan, ko‘p asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan islom dini asosida shakllangan ma’naviy qadriyat ekanligini, bu din qadriyatlarini yot g‘oyalar bilan bir qatorga qo‘yib bo‘lmasligini tushuntirish.



Download 211.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling