O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning


-bob. TARIX FANINI O‘QITISHDAGI XORIJIY TAJRIBALAR


Download 211.12 Kb.
bet6/33
Sana28.12.2022
Hajmi211.12 Kb.
#1024861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
6-sinf Qadimgi dunyo tarixi

4-bob. TARIX FANINI O‘QITISHDAGI XORIJIY TAJRIBALAR


  1. Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqishda ta’lim tizimi rivojlangan Singapur, Buyuk Britaniya, AQSh, Rossiya, Finlyandiya, Shvetsiya tajribasi ham o‘rganildi va inobatga olindi.

Finlyandiya tajribasi bo‘yicha ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, so‘nggi 25 yil ichida Finlyandiyada umumiy o‘rta ta'lim maktablarida tarixni o‘qitish o‘zgardi. O‘quv dasturlarining asosiy qismiga tarix fanidan bilim ko‘nikmalar va faol fuqarolik pozitsiya eng ahamiyatli punktligi e’tiborga olindi.


9
Shuningdek, o‘quvchilarga yo‘naltirilgan ta’lim 90-yillardan boshlab sinf amaliyotida qo‘llaniladi. Ushbu tendensiyalarga ko‘ra tarixni o‘qitish ayniqsa tarixiy ko‘nikmalarni, o‘quvchilarga yo‘naltirilgan o‘qitishga nisbatan sezilarli darajada o‘zgarishi ko‘zda tutildi. Finlyandiyada umumta’lim maktablarida to‘rtinchi yoki beshinchi sinfdan sakkizinchi sinfgacha tarix o‘qitiladi, odatda haftasiga bir yoki ikkita 45 daqiqalik darslar o‘tiladi. Boshlang‘ich maktabda (bu yerda tarixni o‘rganadigan o‘quvchilar 10 yoshdan 12 yoshgacha) tarixni odatda sinf rahbari o‘qitadi. O‘rta maktabda tarix fanini (13-16 yoshli o‘quvchilar uchun) tarix o‘qituvchisi o‘zi o‘qitadi.
Umumta’lim maktablari tomonidan taqdim etiladigan barcha fanlardan darslarning minimal soni 75 tani tashkil etadi. Har bir dars 45 daqiqadan iborat bo‘lib, umumiy 38 ta darsdan tashkil topgan.
Finlyandiya ta’lim tizimida tarixni o‘qitish va o‘rganishda o‘quvchilar turli manbalardagi ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qilishga e’tibor berishadi. O‘quvchilar, shuningdek, tarixiy tadqiqotlar asoslarini ko‘rib chiqishga qaratilgan bo‘lib, unga muvofiq mavjud dalillarga asoslanib, o‘tmish haqidagi eng ishonchli g‘oyalarni shakllantirishi lozim bo‘ladi. Dasturning maqsadi, shuningdek, tarixga oid matn mahoratini rivojlantirishga ko‘maklashishdir: tarixiy shaxslar tomonidan taqdim etilgan manbalarni o‘qish va tahlil qilish, ularning mazmuni va ahamiyatini to‘g‘ri talqin qilish. O‘quvchilar tarixiy ma’lumotlar talqini uchun ochiq ekanligini va ularni turli nuqtai nazardan ko‘rish mumkinligini tushunishlari hamda tarixiy nuqtai nazardan kuzatilayotgan o‘zgarishlar va davomiylikni tushunishlari kerak. Tarixni o‘qitish o‘quvchilarga ijtimoiy qadriyatlarni yoki kamchiliklarni va ularni vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgarishini tushunishga yordam beradi.
AQSh ta’lim tajribasi bo‘yicha, Tarix fani bo‘yicha standartlar barcha
o‘quvchilar olishlari kerak bo‘lgan maqsadlarni aniq belgilab beradi. Tarix fani bo‘yicha standartlar ikki xil:

Download 211.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling