O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning


UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA TARIX FANINI O‘QITISH KONSEPSIYASI


Download 211.12 Kb.
bet4/33
Sana28.12.2022
Hajmi211.12 Kb.
#1024861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
6-sinf Qadimgi dunyo tarixi

UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA TARIX FANINI O‘QITISH KONSEPSIYASI




1-bob. UMUMIY QOIDALAR

  1. Tarix (O‘zbekiston va Jahon tarixi) fani Konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda – Konsepsiya) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi negizida pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish hamda o‘quvchilarni o‘z xalqi tarixiga bo‘lgan qiziqishi asosida ishlab chiqilgan.

  2. Konsepsiya umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning yosh fiziologiyasiga mos tarixiy bilimlarini rivojlanishini ta’minlash va faol fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida o‘qitilayotgan O‘zbekiston tarixi va Jahon tarixi fanlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi.

  3. Mazkur Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2019-yil 14-maydagi “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4319-son hamda 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomilashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son qarorlari va ta’lim sohasiga oid qonunosti hujjatlari, shuningdek, boshqa tegishli qonun hujjatlariga asoslanadi.

  4. Konsepsiya umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartida belgilangan talablarning (keyingi o‘rinlarda – malaka talablari) negizi hisoblanadi.

  5. Konsepsiya Tarix fanlari (O‘zbekiston tarixi va Jahon tarixi)ning o‘rganish bosqichlarini, o‘quv fani bo‘yicha ta’lim mazmuni va malaka talablarini belgilaydi.

  6. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar (Finlyandiya, Singapur, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar)ning ta’lim sohasidagi yutuqlaridan foydalanib, milliy xususiyatlarni va respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda ta’lim sohasini takomillashtirishdan iborat.




Download 211.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling