Gigienik talablar:
matn va illustrasiyalar sanitariya qoidalari, gigiena talablariga mos bo‘lishi;
harflarning kattaligi va qog‘ozning sifati (og‘irligi, qalinligi, oqligi va shaffofligi) “Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi haqida”gi umumiy texnik reglament talablariga mos bo‘lishi.
Kutilayotgan natijalar:
Konsepsiya umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablar uchun asos bo‘ladi;
Konsepsiyada belgilangan maqsad va vazifalarni amaliyotga keng joriy etish o‘quvchi-yoshlarning intellektual rivojlanishiga samarali ta’sir etgan holda o‘z dunyoqarashi va mustaqil fikriga ega bo‘lgan yetuk shaxs bo‘lishiga yordam beradi;
Tarix fanini o‘qitish bosqichlari, o‘quv fani bo‘yicha ta’lim mazmuni va malaka talablari me’yorlari aniqlashtiriladi.
17
MAKTAB BITIRUVCHILARIDA TARIX FANLARI BO‘YICHA RIVOJLANTIRILADIGAN UMUMIY KOMPETENSIYALAR
(umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablar)
Dunyo xalqlarining madaniyati, ma’naviyati hamda dunyoviy va diniy qadriyatlarini tarixiy tasavvur qilgan holda mohiyatini tushunish, tahlil qilish va xulosa chiqarish
|
O‘zbekiston va dunyo xalqlarining o‘tmish va bugungi kundagi ma’naviy-madaniy qadriyatlarini biladi va mohiyatini anglaydi.
|
O‘zbekiston va jahon ilm-fan yutuqlari tarixini biladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |