O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlari


O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim


Download 1.71 Mb.
bet2/3
Sana21.05.2020
Hajmi1.71 Mb.
#108531
1   2   3
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li


O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim

maktablarining o‘quv rejasi

T\r



Yoquv fanlari

Sinflar





Hafta- lik umumiy

soat

Jami yil-

lik soat

lar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11







Davlat ixtiyoridagi soatlar

20

22

24

24

30

32

33

34

35

33

33

320

10860

1.

Ona tili va adabiyot

8

8

10

10

9

7

5

5

5

4

4

75

2542

2.

Yozbek tili/rus tili




2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

20

680

3.

Xorijiy til













3

3

3

3

3

2

2

19

646

4.

Tarix













2

2

3

3

3

3

3

19

646

5.

Davlat va huquq asoslari






















1

1

1

1

4

136

6.

Inson va jamiyat































1

1

34

7.

Iqtisodiy bilim asoslari






















1

1

1

1

4

136

8.

Matematika

5

5

5

5

5

5

5

5

5

4

4

53

1797

9.

Informatika






















1

2

2

2

7

238

10.

Fizika, astronomiya
















2

2

2

2

4

4

16

544

11.

Kimyo



















2

2

2

2

2

10

340

12.

Biologiya













1

2

2

2

2

1

2

12

408

13.

Tabiiyot va geografiya

1

1

1

1

1

2

2

2

2

2




15

509

14.

Odobnoma

1

1

1

1






















4

135

15.

Vatan tuyg‘usi













1

1
















2

68

16.

Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari



















1

1

1







3

102

17.

Musiqa madaniyati

1

1

1

1

1

1

1













7

237

18.

Tasviriy san’at

1

1

1

1

1

1

1













7

237

19.

Chizmachilik






















1

1







2

68

20.

Mehnat

1

1

1

1

2

2

2

1

1

1

1

14

475

21.

Jismoniy tarbiya

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

22

746

22.

Chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash




























2

2

4

136




Maktab ixtiyoridagi soatlar

2

2

2

2

2

2

2

2

2

6

6

30

1018




Umumiy soatlar

22

24

26

26

32

34

35

36

37

39

39

350

11878




Amaliy mehnat mashg‘uloti (kun hisobida)













6

6

10

16




20










Ona tili fanidan Davlat ta’lim standarti

(1–4 sinflar)

  1. Boshlang‘ich ta’limda ona tili fanining maqsad va vazifalari

Ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi.

Ona tili ta’limi standarti ko‘rsatkichlari bolani fikrlay olish, ifodalangan fikrni anglash va o‘z fikrini savodli, mantiqiy izchillikda bayon eta olishga o‘rgatish nuqtai nazaridan belgilanadi.

Boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning ona tili ta’limi bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar quyidagi uch parametrli standart mezon orqali aks ettiriladi: o‘qish texnikasi, o‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.

Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi murakkab jarayon bo‘lib, ona tili ta’limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi va o‘quvchi tomonidan yaratilgan matnda aks etadi. Bu parametr bo‘yicha ta’lim sifatining natijasini baholashda o‘qituvchi tomonidan quyidagi ko‘nikmalarning darajasi aniqlanadi:

- fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;

- mavzuning murakkablik darajasi (sodda, murakkab, aniq va h.k.);

- tavsifning mavzuga muvofiq va mukammal bo‘lishi;

- tavsifda tilning ifoda vositalaridan foydalana bilishi;

- imloviy (yozma) savodxon bo‘lishi.

II. Ta’lim mazmunini belgilovchi ko‘rsatkichlar

Boshlang‘ich ta’limda ona tili ta’limi mazmunining negizi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

nutq va gap, nutq tovushlari, ona tilining fonetik tizimi: tovushlar va harflar, unli tovushlar va harflar, undosh tovushlar va harflar, jarangli va jarangsiz undoshlar, alifbo, bosh va kichik harflar, tutuq belgisi (fonetik tahlil);

bo‘g‘in va bo‘g‘in tuzilishi, so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish;

so‘z va so‘z ma’nolari (lug‘aviy tahlil - bir ma’noli so‘zlar, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, ko‘p ma’noli so‘zlar);

so‘z tarkibi: o‘zak va qo‘shimcha (turlovchi va yasovchi), o‘zaklarda tovush o‘zgarishi, o‘zak va qo‘shimchalar imlosi;

so‘z nomlarini mazmuniga ko‘ra guruhlash: predmetlar nomini bildiruvchi so‘zlar, predmetlarning harakatini, belgisini, sanog‘ini bildiruvchi so‘zlar, predmetga ishorani ifodalovchi so‘zlar (shaxsga nisbatan–kishilik olmoshi);

gap, gapning fikr bildirish maqsadiga ko‘ra turlari (darak, so‘roq, buyruq va his-hayajonni bildiruvchi gaplar), gapda tinish belgilarining ishlatilishi (nuqta, so‘roq, undov va h.k.), yozma nutqda ishlatiladigan muhim (ayrim) belgilar : vergul, qavs, ikki nuqta, ko‘p nuqta;

gapning tuzilishi: gapning asosiy mazmunini bildiruvchi bo‘laklar (ega va kesim), gapning asosiy mazmunini to‘ldiruvchi bo‘laklar (ikkinchi darajali bo‘laklar – ularning turi va nomlaridan mustasno);



  • gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi, so‘z birikmasi, gapning uyushiq bo‘laklari, ularning o‘zaro bog‘lanishi (ohang, bog‘lovchi so‘z yordamida);

gap va matn, matnning tuzilishi: mavzu, voqea tafsiloti, asosiy fikr bayoni, xulosa chiqarish, reja tuzish, sarlavha, xat boshi, dialog, monolog gaplar, bayon, kichik insho;

xabarnoma, xat, maqola, tabriknoma, taklifnoma, e’lon, ro‘yxat tuzish.



3. O‘quvchining o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
I sinf

O‘quv yili yakunida 1- sinf o‘quvchisining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar:

Bilim:

Nutq. Og‘zaki va yozma nutq; gap, so‘z va bo‘g‘in; tovush va harf, ularning belgilari; unli va undosh tovushlar; alifbo; so‘z ma’nosi (shaxs, narsa, belgi, harakat, miqdor bildiruvchi so‘zlar); gap va matn; o‘zbek tilidagi 30 ta tovush, 29 ta harf va 3 ta harf birikmasi borligini bilish.



Ko‘nikma:

Tovush va harfni farqlay olish; harflarni to‘g‘ri yoza bilish; tinish belgilarini o‘rinli qo‘llay olish; so‘zlar orasidagi oraliqni to‘g‘ri belgilay olish; so‘z ma’nolarini farqlash va ularga so‘roq bera olish; shaxslarga, joylarga, hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlarni bosh harfda yoza bilish; gaplarni amaliy ifoda mazmuniga ko‘ra farqlay olish; gaplarni ohangga rioya qilib o‘qiy olish; diktant turlari: ta’limiy diktant; lug‘at diktant, izohli diktant, rasmli diktant, saylanma diktant va nazorat diktantlarini farqlay bilish; so‘zga ma’nodosh, qarama-qarshi ma’noli

so‘zlarni topa olish; so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolarini farqlay olish; taklifnoma, tabriknoma, e’lon yoza olish.

Malaka:

15-20 so‘zdan iborat diktant yozish; matnni husnixat qoidalariga amal qilib yozish;o‘rganilgan bilimlar doirasida imlo xatolarga yo‘l qo‘ymaslik; 2-3 gapdan iborat sodda matn (fikr bayon qilish ehtiyoji bilan bog‘liq mavzu asosida) yaratish; o‘quvchiga tanish bo‘lgan va ko‘z oldiga keltira oladigan buyum, manzara, voqea-hodisalar tasviri; ruxsat so‘rash, iltimos, minnatdorchilik kabi nutq madaniyatiga doir murojaat qoidalarini bilish.



O‘quvchining o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar

II sinf

Bilim:

Tovush va harf, ularning belgilari; unli va undosh tovushlar; jarangli va jarangsiz undoshlar;ketma-ket kelgan bir xil unli va undoshlar; so‘z oxirida tushib qoladigan undoshlar; bo‘g‘in; gap; so‘z (shaxs, narsa, belgi, harakat, sanoq va tartibni bildiruvchi so‘zlar).



Ko‘nikma:

Tinish belgilarini o‘rinli qo‘llay bilish; ketma-ket kelgan bir xil unlilar imlosini farqlay olish; ketma-ket kelgan bir xil undoshlar imlosini ajrata bilish; so‘z oxirida talaffuzda tushib qoladigan undoshlarni qo‘llay olish; so‘z ma’nolarini farqlash va ularga so‘roq bera olish; qarama-qarshi ma’noli, shakldosh, uyadosh so‘zlar guruhini tuza olish; so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolarini farqlay olish; salom xat, tushuntirish xati yoza olish; alifbo tartibida ro‘yxat tuza olish.



Malaka:

30-40 so‘zdan iborat matn asosida diktant va bayon yozish; o‘zlashtirilgan

bilimlar doirasida imlo xatolariga yo‘l qo‘ymaslik; ijodiy matnning mantiqiy izchilligiga rioya qilish; o‘quvchiga tanish bo‘lgan narsa, buyumlarni tasvirlash; iltimos, uzr, minnatdorchilik, ruxsat so‘rash kabi nutq madaniyatiga doir so‘zlarni bilish.

O‘quvchining o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar

III sinf

Bilim:

Gap, darak gap, so‘roq gap, buyruq gap, undov gap; gap bo‘laklari; bosh bo‘laklar: ega va kesim; ikkinchi darajali bo‘laklar: to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol; so‘z tarkibi; o‘zak, o‘zakdosh so‘zlar; qo‘shimcha: so‘z yasovchi qo‘shimcha, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimcha; so‘z turkumlari: ot, sifat, son, fe’l; ot, otlarda birlik va ko‘plik; sifat, sifatning ma’no turlari; son, sanoq son va tartib son; fe’l, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’l.



Ko‘nikma:

So‘z va iboralarni to‘g‘ri yoza olish; gaplarni ifoda mazmuniga ko‘ra farqlay bilish; gaplarni ohangga rioya qilib o‘qiy olish; gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarini ajrata olish; gapni ikkinchi darajali bo‘laklar qo‘shib kengaytira olish; gapda so‘zlarni o‘rinli qo‘llay bilish; matnda so‘zlarni takrorlashdan saqlanish va sinonimlarni qo‘llay olish; diktant turlari: ta’limiy diktant va nazorat diktantini farqlay olish; ma’nodosh, qarama-qarshi ma’noli, shakldosh so‘zlar guruhini tuza bilish; xabarnoma, xat, alifbo tartibida ro‘yxat tuza bilish.


Malaka:

50-60 so‘zdan iborat diktantni matn asosida to‘g‘ri yozish; xabar, tasvir; ijodiy matnning mantiqiy izchilligiga rioya qilish; diktant turlarini farqlay olish: saylanma diktant, lug‘at diktant, ta’kidiy diktant, yoddan yozuv diktanti, nazorat diktanti, izohli diktant, ko‘rsatish diktantlarni yozish; taklif qilish, tabriklash kabi nutq madaniyatiga doir murojaat qoidalariga rioya qilish.



O‘quvchining o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar

IV sinf

Bilim:

Uyushiq bo‘laklar; undalma; so‘z turkumlari: ot, otlarning turlanishi, egalik qo‘shimchalari, kelishik qo‘shimchalari; fe’l, fe’l zamonlari, fe’llarda shaxs-son qo‘shimchalari; sifat, sifat darajalari; son, sanoq son, tartib son.



Ko‘nikma:

Ketma-ket kelgan bir xil unlilar imlosini ajrata olish; ketma-ket kelgan bir xil undoshlar imlosini farqlay olish; so‘z oxirida talaffuzda tushib qoladigan undoshlar imlosini farqlay olish; so‘z ma’nolarini farqlash va ularga so‘roq bera olish; so‘z va iboralarni to‘g‘ri yoza olish; gaplarni ifoda mazmuniga ko‘ra farqlay olish; gaplarni ohangga rioya qilib o‘qish va yozma to‘g‘ri shakllantira olish; gap tarkibida tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘ya olish; gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarini farqlay olish; gapni ikkinchi darajali bo‘laklar qo‘shib kengaytira olish; gapda so‘zlarni o‘rinli qo‘llay bilish; egalik va kelishik qo‘shimchalarining

imlosini farqlay bilish; fe’l zamonlari, shaxs-son qo‘shimchalarining imlosini ajrata olish; sifat darajalarini to‘g‘ri qo‘llay olish; sanoq son, tartib sonlarning imlosini bilish; matndagi gaplarning mazmunan o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi, ko‘rsatilgan mavzu doirasida birlashishini anglay olish; tasvirda tilning ifoda vositalaridan foydalana olish; matnda so‘zlarni takrorlashdan saqlanish va sinonimlarni qo‘llay olish; diktant turlari: ta’limiy va nazorat diktantlarini

farqlay olish; ma’nodosh, qarama-qarshi ma’noli, shakldosh, uyadosh so‘zlar

guruhini tuza olish; so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolarini farqlay bilish;

xabarnoma, xat, tabriknoma, taklifnoma, e’lon yoza olish, ro‘yxat tuza

bilish.

Malaka:

75-80 so‘zdan iborat diktantni to‘g‘ri yozish; grammatik tahlil qilish

(fonetik, so‘z tarkibi, morfologik va sintaktik tahlil); xabar, tasvir,

muhokama elementli matn yaratish; ijodiy matnning mantiqiy izchilligiga

rioya qilish; diktant turlarini: saylanma diktant, lug‘at, izohli diktant;

ko‘rsatish, nazorat diktantlarini yozish; matndagi gaplarning mazmunan

o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini anglash; bayon va insho yozish; iltimos,

minnatdorchilik, uzr so‘rash, taklif qilish, tabrik kabi nutq madaniyatiga

doir murojaat qoidalarini bilish.

Ona tili fanidan o‘quv dasturi


Uqtirish xati

Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ta’limning ravnaqi, uning insonparvarligi, ta’lim va tarbiya tizimining uzluksizligi, ilmiyligi va dunyoviyligi, ta’limda umuminsoniy va ilmiy qadriyatlarning ustuvorligi, davlat ta’lim standartlari doirasida hammaning bilim olishi uchun imkoniyat yaratilishi ta’kidlab ko‘rsatilgan.


Uzluksiz ta’lim tizimida boshlang‘ich ta’lim muhim bosqich hisoblanadi va unda ona tilini o‘qitish asosiy o‘rin egallaydi. Ona tili dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:

1. Savod o‘rgatish, nutq o‘stirish.

2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish.

Boshlang‘ich sinflar ona tili ta’limi o‘quvchilarda nutq faoliyatining asosiy turlarini o‘stirish bilan bir qatorda, quyidagi muhim masalalarni hal etishni ko‘zda tutadi:

Boshlang‘ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmunini o‘zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi, so‘zlarning o‘zgarishi va gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi, so‘zlarning morfemik tarkibi va so‘z yasalishi, so‘zlarning leksik – semantik guruhi haqidagi, o‘zbek tilining to‘g‘ri yozuv qoidalari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi bilimlar tashkil etadi. Berilgan bu bilimlar o‘quvchilar nutqini o‘stirishga xizmat qiladi.

Ona tili o‘qitishning mazmuni va metodlari o‘quvchilarga dastur talab qilgan hajmda puxta bilim berish, ko‘nikma va malakalar hosil qilishga ko‘maklashishi lozim.



Maktabni bitirib chiqqan yoshlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning rang – barang jabhalarida, muloqot va munosabatning barcha turlarida o‘zbek tilidan bemalol – erkin, samarali va to‘g‘ri foydalana olish, uning cheksiz imkoniyatlaridan to‘laqonli bahramand bo‘lish, zaruriy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari kerak.

«Ona tili» darslarida o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‘naltirish lozim. Shuning uchun ushbu dastur va u asosida yaratilajak darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatishdan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, dars va mashg‘ulotlarni o‘quvchilarning nutqiy malakasini yuzaga keltirishga qaratish maqsad qilib olindi.

Ona tili ta’limi oldida quyidagi bosh maqsad turadi: ona tili mashg‘ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq vaziyatiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilishi lozim. Savod o‘rgatish, sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish

Savod o‘rgatish davri sentabrdan dekabrgacha davom etadi. Savod o‘rgatish jarayoni ikki davrni: alifbogacha tayyorlov davri va alifbo (asosiy) davriga ajratiladi. Tayyorlov davri ikki bosqichga bo‘linadi:


  1. Tovush – harf o‘rganilmaydigan bosqich;

  2. Unli tovushlar va harflar o‘rganiladigan bosqich.

Alifbo davri o‘rganiladigan tovush va harflar, so‘zlarning va bo‘g‘inlarning tuzilishi, murakkablik darajasiga ko‘ra 3 bosqichga bo‘linadi.

Bu davrda bolalarning fonematik eshitish qobiliyatlari o‘stiriladi, o‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari boyitiladi.

Savod o‘rgatish darslari o‘quvchilarning umumiy kamolotiga, ularda do‘stlik, o‘rtoqlik kabi xislatlarni milliy qadriyatlarni shakllantirish, jamoa ichida o‘zini boshqarish, mehnatsevarlik, halollik, rostgo‘ylik, o‘qishga ongli munosabatda bo‘lish kabi ijobiy xususiyatlarni tarbiyalashga ko‘maklashuvi lozim.

Boshlang‘ich ta’limda o‘qish va yozishga o‘rgatish tilshunoslik, pedagogika, adabiyotshunoslik va metodika sohasida erishilgan yutuqlarga asoslangan, takomillashgan hozirgi zamon analitik-sintetik tovush metodi vositasida amalga oshiriladi hamda o‘quvchilar nutqini rivojlantirishni nazarda tutadi. Darsda o‘quvchilar gapni so‘zlarga, so‘zni bo‘g‘inlarga, bo‘g‘inni tovushlarga ajratadilar, so‘zdagi tovushlarni tartibi bilan aytishni o‘rganadilar, o‘rganilgan tovushlarni o‘zaro bog‘lab so‘z tuzish va o‘qish yuzasidan mashq qiladilar. Bolalar tovushlarni yozuvda harf bilan ifodalash, harflardan bo‘g‘in va so‘z tuzishga, ularni o‘qishga o‘rganadilar. Gap va bog‘lanishli matnni ongli, to‘g‘ri, bo‘g‘inlab ravon o‘qish, so‘ngra so‘zni butunicha sidirg‘a o‘qish malakasini egallaydilar.

O‘quvchilarni o‘qish va yozishga o‘rgatish baravar olib boriladi. Yozuvda tovushlarni harflar bilan belgilashga, harflar va bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga, so‘z va gaplarni yozma to‘g‘ri shakllantirishga, talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan so‘zlarni va qisqa gaplarni eshitib yozishga, gapning birinchi so‘zini, kishilarning ismini, shahar, qishloq, ko‘cha nomlarini, ayrim hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlarni bosh harf bilan yozishni bilib oladilar.

Savod o‘rgatish darslarida o‘quvchilarning boshqalar nutqini diqqat bilan tinglash va nima haqida gapirayotganini tushunib olish ko‘nikmalari o‘stiriladi. Bolalar sinfdoshlari oldida gapirishga, o‘qituvchining savollariga javob berishga, topshiriqlarni mustaqil bajarishga, bilmagan va o‘zlari qiziqqan narsalar to‘g‘risida so‘rab bilib olishga, o‘qiganlarini qayta hikoyalashga, o‘zlari kuzatgan, ko‘rgan kinofilmlar hamda eshitgan va o‘qigan hikoya, ertaklari, kuzatgan rasmlari haqida hikoya qilib berishga o‘rganadilar.

Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar olgan bilim va hosil qilingan ko‘nikmalar birgalikda o‘qish jarayonida maxsus sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirishga tatbiq etiladi. Savod o‘rgatish davrida sinfdan tashqari o‘qish haftada bir marta o‘tkaziladi va unga o‘qish darslarining ikkinchi qismidan 15- 20 daqiqa ajratiladi. O‘qish va yozishga o‘rgatish darslarida bolalar ruhiyatini hisobga olgan holda ish turlarini mukammallashtirish talab etiladi, dam olish mashqlari o‘tkaziladi. “Alifbe”, kartoteka va metodik qo‘llanmalarda berilgan didaktik o‘yinlardan foydalanib, bir turidan boshqa turiga o‘tiladi va o‘quvchilar toliqishining oldi oladi.

Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida tabiatdagi o‘zgarishlar, kishilarning turli mavsumda bajaradigan mehnatlarini kuzatadilar va shular asosida hikoya tuzishni o‘rganadilar. Bu davrda olib boriladigan barcha ishlarda oila va maktab hamkorligining uzviyligi, o‘zaro muomala madaniyati alohida ahamiyat kasb etadi.



O‘quv dasturining mazmuni

I-sinf

Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish

(128 soat)

Savod o‘rgatish davri 2 sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha bo‘lgan muddatni, ya’ni 2 o‘quv choragini qamrab oladi. Savodga o‘rgatish jarayoni tayyorgarlik va Alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va Alifbe davrida ta’lim savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko‘ra matndan gap, gapdan so‘z, so‘zdan bo‘g‘in va tovush, yoki aksincha, tovush → bo‘g‘in → so‘z → gap → matn uzviy aloqada butundan bo‘lakka, bo‘lakdan butunga qarab tahlil va tarkib qilinadi. Bu esa, o‘quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi.

Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga o‘rgatish davridanoq, o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi.

“Alifbe” darsligida berilgan: yangi so‘zlar, matn, kichik hikoya va she’rlardan foydalanib, o‘quvchilarni so‘z ma’nosi bilan atroflicha tanishtirishda, she’riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e’tibor beriladi. Sinfdan tashqari o‘qish darslari o‘quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borishga, ularni mustaqil o‘qishga, ota-onalar va o‘qituvchilar yordamida badiiy o‘qishga qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi.



Tayyorgarlik davri

( 8 soat)

1. Tayyorgarlik davrida o‘qish darslari (4 soat)

O‘quvchilarni darslik va qo‘shimcha ko‘rgazmali rasmlar, o‘quv materiallari (rasmlar, fil’moskop, buyumlarning asl nusxasi va darslikdagi rasm-illyustratsiyalar) vositasida maktab ta’limiga moslashtirishga, o‘quvchilar qo‘lini yozuvga tayyorlash, gapdan so‘z, bo‘g‘in va tovushni turli harakatlar (oyoq, qo‘l harakati, o‘yin elementlari) asosida o‘rgatishga e’tibor beriladi.

Bu davrda o‘quvchilar, asosan, quyidagi tushuncha, malaka va ko‘nikmalarni egallaydilar: O‘quv predmeti mazmuni asosida tashkil etiladigan dars haqidagi amaliy ko‘nikma; darsning muayyan vaqt oralig‘ida davom etishi; dars jarayonida o‘quvchining tutgan pozitsiyasi haqida tushuncha; rasm mazmunini anglash, rasm mazmuni asosida mantiqiy izchillikka ega bo‘lgan matn tuzish; - darslik bilan ishlash, og‘zaki nutq haqida tushuncha; - yozma nutq, gap haqida tushuncha; so‘z va bo‘g‘in haqida tushuncha; unli va undosh tovush haqida tushuncha; maktab partasida to‘g‘ri o‘tirish; darslikdan foydalanishga oid ilk o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirish.

2. Tayyorgarlik davrida yozuv darslari (4 soat)

Yozuv darslari o‘qish darslari bilan uzviy bog‘langan holda, biri ikkinchisiga bevosita aloqadorlikda olib boriladi. Yozuv darslarining ilk bosqichida o‘quvchilarda yozuv qoidalarga oid ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi. O‘quvchilar ruchkani to‘g‘ri ushlash, yozuv holatida bosh va yelkani mutanosib tutish, daftar qiyaligini to‘g‘ri chamalashga o‘rgatiladi. (daftar parta ustiga belgilangan 75є qiyalikda qo‘yiladi).

Qo‘lni yozuvga tayyorlash, qo‘l panjalari va mayda muskullar harakatini rivojlantirishga oid boshlang‘ich yozuv mashg‘ulotlari va jismoniy qo‘l harakati mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Tayyorgarlik davri yozuv darslarida o‘quvchilar yozuv daftaridan to‘g‘ri foydalanish, yozuv mashg‘ulotlari gigiyenasiga oid ilk ko‘nikma va malakalarni egallaydilar.

Bu davrda “Alifbe” darsligi va yozuv daftarida ko‘rsatilgan yozuv yo‘li bo‘ylab chamalash mashqlari (bayroqchalar chizish, bir xil masofada nuqtalar qo‘yish, ilgakchalar, tayoqchalar, kabilar) asosida mashg‘ulot o‘tkaziladi.

Tayyorgarlik davri yozuv darslarida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan tushuncha va ko‘nikmalar quyidagilardan iborat: Yozuv daftari bilan o‘quvchi oralig‘ida muayyan masofani saqlash; yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish; parta ustiga daftarni to‘g‘ri qo‘yish; yozayotganda gavdani to‘g‘ri tutish va tirsaklarni to‘g‘ri harakat qildirish; yozuv elementlarini to‘g‘ri idrok etish (qayerdan boshlash, qayerda to‘xtalish, o‘ngga, chapga burilish, yoza boshlash va h.k.)

Alifbegacha (tayyorgarlik) davrida yuqoridagi tushuncha va ko‘nikmalarning shakllantirilishi alifbe davrida darsni yanada samarali olib borish uchun imkoniyat yaratadi.

Alifbe davri

(120 soat)

1. O‘qishga o‘rgatish (60 soat)


  • Unli va undosh tovushlar, ularning talaffuzidagi farqlanish haqida ma’lumot berish.

  • Harf va tovush munosabatiga oid tushunchalar bilan o‘quvchilarni tanishtirish.

  • Kesma harf va bo‘g‘inlar asosida so‘z hosil qilish, tuzilgan so‘zlarni to‘g‘ri o‘qish.

  • So‘zlarni avval bo‘g‘inlab, so‘ngra bo‘g‘inlab ravon o‘qishga o‘rgatish.

  • Tinish belgilariga rioya qilib, ifodali o‘qishga o‘rgatish.

  • O‘qish jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan gigiyena qoidalariga rioya qilishga o‘rgatish.

2. Yozuvga o‘rgatish (60 soat)

  • Unli va undosh harflarning bosh va kichik shakllarini yozish. O‘quvchida yozuv sifatini, ya’ni: harflarni to‘g‘ri bog‘lab yozish; harflarni belgilangan qiyalikda yozish; har bir qatorda harflarning bir xil balandlikda bo‘lishiga erishish; harf unsurlari, harflar va so‘zlar orasidagi masofalarni bir xilda saqlash kabilarni shakllantirish.

  • Har bir harf yoki harflarning bog‘lanishi, og‘zaki yoki doskaga tushuntirish orqali, qo‘lni qayerga qo‘yish, qayerda bu harakatni burish yoki uzish kerakligi, harflarning yozuv chizig‘i bo‘ylab joylashishi haqida nazariy va amaliy tushuncha va malakalarni rivojlantirish.

  • Avval nuqtalar bilan ifodalangan harflar ustidan qo‘lni yurgizib, so‘ng namunaga qarab yozishga o‘rgatish.

  • Harflarning shaklini tasavvur orqali yozdirish asosida yozuvga o‘rgatish.

  • Bir va undan ortiq bo‘g‘inlardan tashkil topgan talaffuzi va yozilishi bir xil so‘zlarni, 2-3 so‘zdan tuzilgan gaplarni eshitib yozish.

  • So‘z va gapni to‘g‘ri yozish. (Gapning birinchi so‘zini bosh harf bilan yozish, so‘ngiga tinish belgisini ( nuqta) qo‘yish).

  • Eshituv va ko‘ruv xotirasiga asoslangan kichik diktantlar yozish.

Bog‘lanishli nutq (matn) ustida ishlash

Og‘zaki nutq madaniyatini egallash, unga xos xususiyatlarni bilish; o‘quvchilarni gap va nutqni grammatik, orfografik, stilistik jihatdan adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda tuzishga o‘rgatish. Og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun o‘quvchilar lug‘at boyligini izchil oshirib borish, gapning sintaktik tuzilishiga oid bilimlarni amaliy jihatdan egallash, nutq birliklari o‘rtasidagi mantiqiy uyg‘unlikni ta’minlashga oid malakalarni rivojlantirish, yangi harf-tovushga bog‘lab tavsiya etilgan so‘zlar ma’nosini o‘quvchilar to‘liq anglashiga erishish, rasm asosida o‘zaro bog‘langan kichik hikoyalar tuzishga o‘rgatish.

O‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirishga oid ta’limiy ishlarni amalga oshirish: O‘quvchilar bilan rasmlar asosida hikoya tuzish; rasm mazmuniga mos sarlavha topish; alifbe darsligi va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘rganilgan o‘quv materiallarini qayta hikoyalash; savollarga to‘liq va ravon javob berish; adabiy nutq me’yorlarini amaliy jihatdan o‘rgatishga e’tibor qaratish (bu sohada o‘qituvchi nutqi o‘quvchilar uchun namuna bo‘lishi kerak); topishmoq, maqol, hikmatli so‘zlar ustida ishlash (darslik materiallari va sinfdan tashqari o‘qish uchun tanlangan o‘quv materiallari asosida); kichik guruhlar bilan ishlashda sinf o‘quvchilarini tez ajratish, guruhlarga bog‘lanishli matn tuzishga oid muammoli topshiriqlar berish, guruhlar javobini sharhlash asosida g‘olib guruhni rag‘batlantirish; yakka tartibda (individual) ishlarda o‘quvchida o‘z nutqini rivojlantirib borishga ishtiyoq uyg‘otish (lug‘at daftari, yangi she’r, hikoya, ertak mutolaasi asosida); so‘zlarni yaxlit, gaplarni ifoda mazmuniga (darak, buyruq, so‘roq) mos ohangda o‘qishga erishish; qahramon xarakterini ohang orqali ifodalash; matn ichida qo‘llanilgan tinish belgilariga rioya qilish malakasini shakllantirish; 4 va 8 misrali she’rlarni yod oldirish.

Lug‘at ustida ishlash. O‘quvchilar nutqini boyitish, ular nutqida kam qo‘llaniladigan so‘zlarni alohida yozdirib borish, dars jarayonida lug‘at daftaridagi so‘zlarning ishlatilishiga e’tibor berish bilan qo‘shib olib borilish.

Sinfdan tashqari o‘qish uchun hajm va mazmun jihatidan 1-sinf Alifbe davri uchun mos ertak, hikoya, masal kabilarni to‘g‘ri tanlash va o‘qish. O‘qigan asarlaridagi qahramonlar xatti-harakatini, she’r, topishmoq, maqol, tez aytishlarni elementar baholay olishi lozim. Har bir haftaning oxirgi o‘qish darsidan 20 daqiqasi sinfdan tashqari o‘qish uchun ajratiladi. Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari uchun sinf kutubxonasini tashkil qilish lozim.

O‘quvchilarni sinfdan tashqari o‘quv materiali bilan tanishtirishda ifodali, jonli nutq sharoiti, pedagogik mahorat va artistlik ko‘maklarini uyg‘un qo‘llash lozim.

Sinfdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning ota-ona yoki o‘qituvchi ko‘magida o‘rgangan she’r, hikoya va ertaklaridan namuna aytib berishlari, uyda bolani kitobga havas uyg‘otuvchi muhit yaratishga erishish.

Fonetika, grammatika, to‘g‘ri yozuv

va nutq o‘stirish

Boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘rgatishdan asosiy maqsad bolalarning yosh xususiyati va yozma nutqini, tafakkurni o‘stirish, ularda bilim olishga qiziqishni o‘stirish, faollik, mustaqillik, mehnatsevarlik, qiyinchiliklarni yenga olish qobiliyatlarini o‘stirish hisoblanadi. Bolalarning aqliy va nutqiy qobiliyatlarini muvaffaqiyatli o‘stirish kelgusida fanlarni puxta o‘zlashtirishga imkoniyat yaratadi.

Boshlang‘ich sinflarda fonetika, grammatika, to‘g‘ri yozish va nutq o‘stirishdan beriladigan boshlang‘ich ma’lumotlar o‘rta maktablarda o‘qitiladigan ona tili va adabiyot sistematik kurslarining materiallari bilan bog‘lanadi va o‘zbek tilining turli tomonlariga oid keng tushunchalarni qamrab oladi. O‘quvchilar boshlang‘ich sinflarda so‘zlarning fonetik tarkibi bilan, so‘zlarni bo‘g‘inlarga va ma’noli qismlarga bo‘lish bilan, so‘z turkumlari va gap turlari, gap bo‘laklari bilan bir qator to‘g‘ri yozuvni yozish qoidalari bilan tanishadilar. Dasturga ko‘ra, o‘quvchilarni so‘zning leksik ma’nolari bilan, ya’ni sinonim, antonim va ko‘p ma’noli so‘zlar bilan tanishtirish ham ko‘zda tutiladi.

Fonetika, leksika, grammatika, to‘g‘ri yozuvdan boshlang‘ich bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida bolalarning fikrlash qobiliyatlari o‘sadi; ular til hodisalarini tahlil qilishga, qiyoslashga, umumlashtirishga va guruhlashga, o‘z nutqlarida til birliklari – so‘z va gaplarni to‘g‘ri qo‘llashga o‘rganadilar.

Boshlang‘ich sinflar “Fonetika, grammatika, to‘g‘ri yozuv va nutq o‘stirish” dasturi bosqichli izchillik tamoyili asosida tuzilgan bo‘lib, fonetika, grammatika, imlodan beriladigan boshlang‘ich ma’lumotlar yuqori sinflarda o‘qitiladigan ona tili va adabiyot materiallari bilan uzviy bog‘lanadi. Ushbu dastur “Tovushlar va harflar”, “So‘z”, “Gap”, “Bog‘lanishli nutq” va “Husnixat” bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. Dastur oxirida o‘quv yili davomida o‘rganiladigan imlosi qiyin so‘zlar alifbo tartibida beriladi.

Tovushlar va harflar. Tovushlar va harflarga oid asosiy bilimlar o‘quvchilarning savod o‘rgatish jarayonida o‘rgangan amaliy bilimlariga asoslangan holda, 1-2-sinflarda beriladi, ularga oid ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi. Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, ularning harfiy ifodasi; bo‘g‘in, jarangli va jarangsiz undosh tovushlar haqida tushuncha beriladi. Bolalar shu bilimlar asosida aytilishi va yozilishida farq qiladigan so‘zlar; a va o, u va i tovushli so‘zlarning aytilishi va yozilishi; so‘z oxirida kelgan jarangli b va d undoshlarning jarangsiz jufti p va t undoshi eshitilsa ham, b va d harfining yozilishi; ayrim so‘zlar oxirida kelgan d va t undoshlarining talaffuzda tushib qolishi, ammo yozuvda saqlanishi; yonma-yon kelgan ikki bir xil undoshli so‘zlarning aytilishi va yozilishini bilib oladilar.

3 va 4-sinflarda esa tovushlar va harflarga oid bilimlar, mustahkamlanadi. So‘zlarni tovush, harf tahlil qilish takomillashadi, bolalarda nutqni eshita olish qobiliyatini o‘stirishga e’tibor kuchaytiriladi. Bular o‘z navbatida, o‘quvchilar savodxonligini oshiradi, xatosiz ko‘chirib yozish, eshitib yozish, yozganlarini mustaqil tekshirish ko‘nikmalarini o‘stiradi.

Tovushlar va harflar yuzasidan olib boriladigan ishlar kichik yoshdagi o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq madaniyatini o‘stirish va takomillashtirishga yo‘naltiriladi.

So‘z. Boshlang‘ich sinflarda so‘z leksik-grammatik tomondan o‘rganiladi. Lug‘at ustida ishlashga katta e’tibor beriladi. Lug‘aviy mashqlar grammatika va to‘g‘ri yozishni o‘rganish bilan bog‘liq holda olib boriladi (Leksikadan nazariy bilim berilmaydi). O‘quvchilar o‘qish, grammatika, yozuv imlo materiallarni o‘rganish bilan bog‘liq holda, so‘zlar shaxs va narsalarning nomini, harakatini, belgisini, sanog‘i va tartibini ifodalashi, yaqin va qarama-qarshi (zid) ma’noni bildirish, matnlarda har xil ma’noda ishlatishni bilib oladilar; ular o‘z fikrlarini to‘g‘ri va aniq ifodalashga, fikrga mos so‘zlar tanlay olishga o‘rgatib boriladi.

So‘z turkumlariga o‘quvchilar ikkinchi sinfda tayyorlanadilar. Ular kim? (kimlar?), nima? (nimalar?) so‘rog‘iga javob bo‘lgan, shaxs va narsalar nomini, qanday?, qanaqa?, qaysi? so‘roqlariga javob bo‘lgan, shaxs va narsalarning belgisini, nechta?, qancha?, nechanchi? so‘roqlarga javob bo‘lgan so‘zlar sanog‘i va tartibini, nima qildi?, nima qiladi?, nima qilyapti? so‘rog‘iga javob bo‘lgan, narsa va shaxslar harakatini ifodalashni bilib oladilar; ularni ma’lum so‘zlarga so‘roq bera olishga, u yoki bu so‘roqqa javob bo‘lgan so‘z nimani ifodalashini aytib berishga o‘rgatiladi.

3-sinfda o‘quvchilar o‘zak va o‘zakdosh so‘zlar bilan tanishtiriladi. So‘zning tarkibi: o‘zak, so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar o‘rganiladi. Oddiy so‘z yasalishi, ko‘p ishlatiladigan –chi, -la, -siz, -li, -zor, -kor kabi qo‘shimchalar ma’nosi o‘zlashtiriladi.

O‘quvchilar “so‘z turkumi” termini bilan 3-sinfda tanishtiriladi. Ular ot, otning ma’nosi (shaxs, narsalarning nomini bildirishi), so‘roqlari, birlik va ko‘plikda qo‘llanishi; sifat, uning ma’nosi (narsalarning belgilarini bildirishi), so‘roqlari; son, uning ma’nosi (narsa va narsalarning sanog‘i va tartibini bildirishi), so‘roqlari; fe’l, uning ma’nosi (narsaning harakatini bildirishi), so‘roqlari; bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llarni o‘rganadilar.

4-sinfda o‘quvchilar otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishi va asosiy so‘roqlariga qarab ularning bir-biridan farqlanishi, kelishik qo‘shimchalarining yozilishini; sifat yuzasidan o‘rganilganlar takrorlanib, qip-qizil, yum-yumaloq kabi sifatlarning yozilishini; son, uning ma’nosi, sanoq va tartib sonlar, ularning so‘roqlari, tartib sonlarning yozilishini; kishilik olmoshlari, ularning uch shaxsda, birlik va ko‘plik sonda qo‘llanishini, kelishiklar bilan turlanishini o‘rganadilar. Bu sinfda o‘quvchilarga fel zamonlari: fe’llarning tuslanishi (shaxs-son qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi) haqida tushuncha beriladi, uch zamonda: o‘tgan, hozirgi, kelasi zamonda qo‘llanishi, o‘tgan zamon qo‘shimchasi (-di)ning aytilishi va yozilishi o‘rgatiladi.

Dasturning «Gap» bo‘limi materiallarini o‘rganishga bolalarni tayyorlash maqsadida ular nutqida ko‘proq ishlatiladigan bog‘lovchilar bilan amaliy tanishtiriladi.

So‘zning tarkibi va so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida turli so‘z turkumlariga oid so‘zlarning xilma-xil ma’nolarda qo‘llanilishi, so‘zni gapda, so‘z birikmasida to‘g‘ri, o‘rinli, aniq ishlatishni bilib olishga yordam beradigan leksik mashqlar, shuningdek, o‘quv yili davomida o‘rganiladigan imlosi qiyin so‘zlarning yozilishini bilib olishga ko‘maklashadigan lug‘aviy-imloviy mashqlar o‘tkaziladi. O‘quvchilar darslikda berilgan lug‘atdan, boshlang‘ich sinflar uchun nashr etilgan imlo lug‘atidan foydalanishga o‘rgatiladi.

Gap. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga gap haqida: gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari (darak, so‘roq, buyruq gap) haqida, his-hayajon bilan aytilgan gaplar; gapning mazmuniga ko‘ra oxiriga nuqta, so‘roq va undov belgisining qo‘yilishi haqida; gap bo‘laklari, gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqida, gaplar so‘z birikmalariga ajratilishi haqida dastlabki ma’lumotlar to‘rt o‘quv yili davomida izchillik bilan berib boriladi.

Birinchi sinfda o‘quvchilar nutqdan gapni ajratib olishga, gapni alohida so‘zdan farqlashga, gapni o‘qiganda ohangiga rioya qilishga, ma’lum tayyorgarlikdan so‘ng, gapning birinchi so‘zini bosh harf bilan boshlab yozishga va oxiriga nuqta qo‘yishga o‘rganadilar.

Ikkinchi sinfda esa oldingi sinfda berilgan bilimlar yangi til materiallari asosida mustahkamlanadi, o‘quvchilar gapning oxirida nuqtadan tashqari so‘roq belgisi va undov belgisining ishlatilishi bilan tanishadilar va oxiriga qo‘yilgan tinish belgisiga mos ohangda gapni o‘qishga o‘rganadilar.

O‘quvchilar gap bo‘laklarini o‘rganishga ikkinchi sinfda tayyorlanadilar, ular gap kim (kimlar) yoki nima (nimalar) haqida aytilishini bildirgan so‘zni (egani) hamda ular haqida nimalar deyilganini bildirgan so‘zni (kesimni) topishga, o‘rgatiladi (ega va kesim atamalari berilmaydi). Bu mavzularni o‘rganish jarayonida gapda o‘zaro bog‘langan so‘zlarni aniqlashga oid mashqlar o‘tkazib boriladi.

Uchinchi sinfda gapning turlari (darak, so‘roq, buyruq gap), o‘rgatiladi. Ularni ohangiga ko‘ra talaffuz qilish tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘ya bilish haqida tushuncha beriladi, og‘zaki va yozma nutqda qo‘llashga o‘rgatiladi. Bu sinfda gap bo‘laklari: ega, kesim va ikkinchi darajali bo‘laklar mavzulari ham o‘rganiladi (Ikkinchi darajali bo‘laklar turlarga ajratilmaydi). O‘quvchilar so‘z birikmalari bilan amaliy tanishtiriladi.

To‘rtinchi sinfda va, ammo, lekin, bog‘lovchilari yordamida bog‘langan va bog‘lovchilarsiz qo‘llangan uyushiq bo‘lakli gaplar o‘rganiladi. O‘quvchilar uyushiq bo‘lakli gaplarni sanash ohangida o‘qishga; va, ammo, lekin, bog‘lovchilari bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklarda shu bog’lovchilardan oldin vergul qo‘yib yozishga, uyushiq bo‘lakli gaplardan og‘zaki va yozma nutqda foydalanishga o‘rganadilar.

Fonetika va grammatikadan berilgan bilimlar imlo qoidalarini o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi. O‘rganilgan imlo qoidalarini amaliyotga tadbiq etishga oid mashqlar izchillik bilan o‘tkazib borilishi, bolalar yozganlarini o‘zlari tekshirib, xato va kamchiliklarini o‘zlari topa olishga va ularni to‘g‘rilay bilishga odatlanishlari lozim.

Bog‘lanishli nutq. Boshlang‘ich sinflarda olib boriladigan ta’limiy ishlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, muomala odobini shakllantirish hisoblanadi.

O‘quvchilar nutqini o‘stirish ustida ishlash savod o‘rgatishning birinchi kunlaridanoq, o‘qish va ona tili darslari, atrofimizdagi olam, matematika va boshqa fanlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar bilan bog‘liq holda izchillik bilan davom ettiriladi. Nutqiy mashqlardan bog‘lanishli nutqqa oid og‘zaki va yozma mashqlarga alohida ahamiyat beriladi. «Sinfda, sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish» dasturiga ko‘ra o‘qilgan matnni qayta hikoyalash (og‘zaki bayon), o‘qiganlari, ko‘rgan-bilganlari, eshitganlari asosida og‘zaki hikoya tuzish(insho)ga oid og‘zaki mashqlar o‘tkaziladi; «Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish» dasturiga ko‘ra kichik yoshdagi o‘quvchilarning yoshlariga mos ravishda namuna asosida matn tuzishga va uni lug‘aviy-imloviy tayyorgarlikdan so‘ng, o‘qituvchi yordamida yozish(bayon)ga doir ko‘rgan bilganlari, o‘qiganlari, kuzatishlari asosida matn tuzishlariga, ya’ni inshoga oid mashqlarni bajarishga o‘rgatib boriladi.

Boshlang‘ich sinflarda bayon va insho ta’limiy xarakterda bo‘ladi. Bayon ham, insho ham kichik hikoya shaklida bo‘lishi zarur.

Tabiatni kuzatishga, qatnashuvchi shaxslarning tashqi ko‘rinishini tasvirlashga oid hikoyaga nega?, nima uchun? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladigan muhokamaga oid bir-ikki gap qo‘shib boriladi. Buning uchun o‘quvchilar avval tabiat hodisalari, kishilar mehnat va narsalarni tasvirlab, ikki-uch gapni og‘zaki tuzishga, ma’lum tayyorgarlikdan so‘ng ularni yozishga o‘rgatilishi kerak. Bog‘lanishli nutq mashqlarini o‘tkazishga dasturda maxsus soatlar ajratilmaydi. Boshlang‘ich sinflarda lug‘aviy-imloviy tayyorgarlikdan so‘ng bayon yozdirishga, hikoyani og‘zaki tuzdirish (insho) va berilgan savollarga javob yozdirishga 10-15 kunda bir dars ajratish tavsiya etiladi.



Husnixatga o‘rgatish. Yozuvga husnixatga o‘rgatishning vazifasi harf, so‘z, gap va matnni to‘g‘ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir. Yozuvni o‘rganish jarayonida o‘quvchi tovushning belgisi bo‘lgan harfni, so‘z va gapni kitobdan va doskadan to‘g‘ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko‘chirib yozish, yozganlarini tekshira olish va yo‘l qo‘ygan kamchilik hamda xatolarini o‘qituvchi rahbarligida yoki o‘zi tuzata olishi kerak.

1-sinfda o‘quv yilining yarmidan boshlab husnixat malakalarini takomillashtirib boriladi. 2-4-sinflarda esa har bir ona tili darsining 8-10 daqiqasini husnixat mashqlariga ajratish tavsiya etiladi.

2-sinfda qo‘l muskullari harakatini va ko‘z bilan chamalashni rivojlantirish uchun ayrim harflar, harf birikmalari, harflar guruhini yozishni murakkablashib borishiga qarab husnixat mashqlari o‘tkazib boriladi. O‘quvchilar harflardan tashqari so‘zlarni, gaplarni, ko‘chirib yozishni, eshitib yozishni mashq qiladilar.

3-4-sinflarda grafik mashqlar hisobiga yozilishi murakkab bo‘lgan harflar va ularni boshqa harflarga bog‘lab yozish mashqlaridan keng foydalaniladi, matn ko‘chirib, eshitib va mustaqil yozishni o‘rganadilar.

Husnixatga oid kamchiliklarni (harflarning qiyaligiga yetarli e’tibor bermaslik, balandlik va kenglik o‘lchamini, shaklini buzib yozish kabi), shuningdek, har qaysi bolaning yozuviga xos bo‘lgan boshqa xatolarni tuzatish yuzasidan ayrim guruh o‘quvchilari bilan birgalikda va yakkama-yakka mashqlar ham o‘tkazib boriladi. Shu maqsadda yozuv namunalarini ko‘rsatib berish bilan birga, 1-2-sinf barcha o‘quvchilarning daftarlarini har kuni tekshirib borish, chiroyli va savodli yozishga oid mashqlar yordami bilan ham ona tilidan o‘rganilgan bilimlarni mustahkamlab borish tavsiya etiladi.

Doimiy tekshirish va baholash berilgan bilimlarning mustahkamlashni ta’minlovchi ta’limiy shartlardan biridir. Ona tilidan o‘rganilgan bilimlarni o‘quvchilar qanday o‘zlashtirganini aniqlashda yozma ish mashqlarning asosiy turlari bo‘lgan ko‘chirib yozish, ta’limiy (ta’kidiy, izohli, rasm, lug‘at, ijodiy, erkin) va tekshirish diktantlari hamda ta’limiy bayon va insholardan foydalaniladi.

Tekshirish maqsadida o‘tkaziladigan yozma ishlar lug‘at diktanti uchun taxminiy so‘z soni: 1-sinfda savod o‘rgatishdan so‘ng 8-10 so‘z, 2-sinfda 10-12 so‘z, 3-sinfda 14-16 so‘z, 4-sinfda 18-20 so‘z; tekshirish diktanti uchun tanlanadigan matndagi so‘z soni: o‘quv yilining oxiriga kelib 1-sinfda 15-20 so‘z, 2-sinfda 30-40 so‘z, 3-sinfda 50-60 so‘z, 4-sinfda 75-80 so‘z.

Bayon: 2-sinfda 35-40 so‘zli matn yuzasidan so‘roq gaplardan tuzilgan tayyor reja asosida bayon yozish; 3-sinfda 55-60 so‘zli va 4-sinfda 70-80 so‘zli matn yuzasidan birgalikda tuzilgan reja asosida so‘ngra esa mustaqil ravishda tuzilgan reja asosida bayon yozish.

O‘quvchilarni har bir darsda kitob bilan ishlashga (o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni tezda topishga, mashq topshiriqlarini tartibi bilan izchil bajarishga) bajarilayotgan mashqning maqsadini (nimaga o‘rgatishini) tushunishga o‘rgatish kerak.

O‘quvchilarda bilish jarayonini faollashtirish va ona tilidan beriladigan bilimlarni puxta o‘zlashtirish uchun ta’limiy o‘yinlar qatnashadigan turli qiziqarli mashqlar, boshqotirma krossvord – kataklarni harflar bilan to‘ldirib, o‘ylangan so‘zlarni topishga oid topishmoq mustaqil ma’noga ega bo‘lgan bir necha so‘zdan tuzilgan so‘zni topish (belbog‘, gultojixo‘roz); so‘z yoki gapni shakl, harf, belgilar bilan ifodalaydigan topishmoq; har xil ko‘rgazmali qurollar, texnik vositalardan foydalanish va darsda ish orqali bolalarning toliqishining oldini olishga hamda dasturda tavsiya etilgan ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni birgalikda hal etishga erishish zarur.



Ona tili

I-sinf

Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish

(68 soat)

1. Tovushlar va harflar ( 28 soat)

Tovushlar va harflar. Unli tovushlar va harflar; a va o, i va u, o va o‘ unlilarning talaffuzi va imlosi. Undosh tovushlar va ularni ifodalovchi harflar. Ayrim undosh tovushlarning talaffuzi va imlosi ( d-t , b-p, z-s undoshlarining talaffuzi va imlosi), so‘z oxirida, talaffuzda tushib qoladigan d, t undoshlari. Harf birikmalari: sh,ch, ng. Alifbo: Harflarning nomi. Harflarning bosh va kichik shakllari. So‘zlarni alifbo tartibida yozish.

Tutuq belgisi (,), uni so‘z tarkibida to‘g‘ri shakllantirish. Tutuq belgisining so‘zdagi vazifasi: o‘zidan oldingi unlining cho‘ziq aytilishiga, oldingi bo‘g‘inni keyingi bo‘g‘indan ajratib talaffuz qilinishiga xizmat qilishi.

Bo‘g‘in. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish. Bo‘g‘in ko‘chirilishi, bir unlidan iborat bo‘g‘inli so‘zlarning bo‘g‘inlab ko‘chirilishi, tutuq belgili so‘zlarni, ketma – ket kelgan bir xil undoshli so‘zlarni bir yo‘ldan keyingi yo‘lga bo‘g‘inlab ko‘chirish. Harf birikmasi (sh,ch , ng) qatnashgan so‘zlarning bir yo‘ldan ikkinchi yo‘lga ko‘chirilishi.



2. So‘z ma’nosi ( 23 soat )

Shaxs va narsalar nomini bildirgan so‘zlar, ularning kim?, nima?, kimlar?, nimalar? so‘roqlariga javob bo‘lishi, ism va familiyalarning, respublika, shahar, ko‘cha, qishloq, daryo nomlarining bosh harf bilan yozilishi.

Shaxs-narsa harakatini bildirgan so‘zlar, uning nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so‘roqlariga javob bo‘lishi. Shaxs-narsaning belgisini bildirgan so‘zlar, ularning qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lishi. Shaxs va narsaning miqdorini bildirgan so‘zlar.

Darslikda berilgan lug‘atdan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.



3. Nutq va gap (12 soat)

Nutq. Nutqning og‘zaki va yozma shakllari.

Matnning gaplardan tuzilishi.

Gap. Gapning bosh harf bilan yozilishi va uning oxiriga nuqta, so‘roq, undov belgilarining qo‘yilishi; gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so‘zni aniqlash; rasmlarga qarab gap tuzish va yozish; savol-javob gaplar; savol-javob tuzilishidagi matnlarning yozilishi; nutq odobi.



4. Yil davomida o‘tilganlarni takrorlash ( 5 soat)

Husnixat

Yozuvga oid malakalarni shakllantirish; yozish jarayonida partada to‘g‘ri o‘tirish, daftarni belgilangan qiyalikda qo‘yish; ruchkani to‘g‘ri ushlash; yozuv chiziqlarini farqlash, harflarni yozuv chiziqlari orasida to‘g‘ri joylashtirish; harflarning qiyaligi, ulanishi hamda so‘zlar orasini bir xil tenglikda chamalash.

Kichik va bosh harflarni savod o‘rgatish jarayonidagi kabi tartibda husnixat bilan yozishni mashq qilish.

O‘quv yili davomida o‘rganiladigan imlosi qiyin so‘zlar: ajdar, arg‘imchoq, achchiq, bodring, boyqush, bog‘bon, bog‘cha, burgut, daraxt, eshik, garaj, harf, havo, holva, jahl, jahon, jajji, kombayn, kuch, mag‘rur, mehmon, oyoq, og‘a-ini, pishloq, pochta, qaldirg‘och, qarindosh, qarz, qasr, qirg‘ovul, qishloq, quruvchi, quzg‘un, qo‘shiq, qo‘g‘irchoq, qo‘zichoq, sanchqi, sanoat, savatcha, sirk, siyoh, sochiq, Toshkent, uloqcha, urishqoq, uchrashmoq, xirmon, xontaxta, yong‘oq, zinapoya, yashnamoq, o‘rik, o‘yinchoq, o‘quvchi, o‘q, shaftoli, shahar, shamol, sholg‘om, shudring, sho‘rva, chaqaloq, chinni, chiroyli, chumchuq, chuchuk, chuchvara, chopmoq, chorraha, choynak.

II sinf

fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish


(136 soat)

1. Birinchi sinfda o‘tilganlar yuzasidan takrorlash (6 soat)

2. Tovushlar va harflar (56 soat)

Unli va undosh tovushlar, ularning bir-biridan farqi. Tovushlarni harflar bilan belgilash. Unli tovushlar va harflar. O‘zbek tilidagi olti unli tovushning olti unli harf bilan belgilash. [A] va [o] , [u] va [i] , [ye] , [o‘] unli tovushlarining talaffuzi va undosh tovushlar portlovchi F va p, h va x hamda harf birikmasi bilan ifodalanilgan ng tovushining talaffuzi va imlosi. Tutuq belgisi (,) va uning ishlatilishi. Tutuq belgisining so‘zdagi vazifasi.

Berilgan so‘zni lug‘atdan topa olish. Tavsiya etilgan 3-6 so‘zni alifbo tartibida yozish.

Bo‘g‘in. So‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismini keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chirish. So‘zda nechta unli tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishi. Bo‘g‘in tarkibi unli tovushdan, bir unli va bir undosh tovushdan tuzilishi.

Bo‘g‘in ko‘chirish. So‘zning bir yo‘ldan keyingi yo‘lga bo‘g‘inlab ko‘chirilishi. Bo‘g‘in hosil qilgan bir unli harfni oldingi yo‘lda qoldirib yoki keyingi yo‘lga ko‘chirib bo‘lmasligi. Bir bo‘g‘inli so‘zlar, ona, ahil, o‘rik, elak kabi ikki bo‘g‘inli so‘zlarni ko‘chirish uchun bo‘linmasligi. Tutuq belgisi qo‘yib yoziladigan so‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirish uchun bo‘linishi, tutuq belgisining oldingi bo‘g‘inda qoldirilishi (va’-da, mash’- al, ta’-lim). Harf birikmali so‘zlarning bo‘g‘inlab ko‘chirilishi (si-ngil, ko‘-ngil, tong-gi kabi), yonma-yon kelgan bir xil undoshli so‘zlarning bo‘g‘inlab ko‘chirilishi (ik-ki, kat-ta, is-siq kabi). Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, ularning imlosi, bunday so‘zlarning yozilishini so‘z oxiriga unli tovush qo‘shib aytib tekshirish (maktabim – maktab, kitobim-kitob, maqsadim – maqsad, umidim – umid kabi). Aytilishda tushib qoladigan undoshlar. (Farzand, daraxt, do‘st kabi) ularning imlosi.

3. So‘z ( 54 soat)

So‘zlarning ma’no bildirishi, kishilar va narsalar nomini bildirgan so‘zlar, kishilarning nomini bildirgan so‘zlar (kim?, kimlar?), narsalar nomini bildirgan so‘zlarga nima? nimalar? so‘rog‘ining berilishi. Kishilarning ismi – familiyasi, hayvonlarga berilgan nomlar, shahar, qishloq, ko‘cha va daryoga qo‘yilgan nomlarning bosh harf bilan yozilishi.



Nima qildi?, Nima qilyapti? so‘roqlariga javob bo‘lishi, narsa va shaxslarning harakatini bildirgan so‘zlar. Qanday?, Qanaqa?, so‘roqlariga javob bo‘lishi shaxs va narsalarning belgilarini (rangi, mazasi, shakli, xil- xususiyatini) shaxs va narsalarning sanog‘ini, tartibini bildirgan so‘zlar va ularning so‘roqlari;

Lug‘aviy mashqlar: qarama-qarshi ma’noli so‘zlar: (rohat-azob, oq-qora uyg‘otmoq-uxlatmoq, boshlamoq-tamomlamoq, katta-kichik (kichkina), baland-past) va ma’nodosh so‘zlar, (orzu, istak, havas, tilak; sevinmoq, shodlanmoq; aybsiz, gunohsiz, begunoh kabi) shakldosh so‘zlar, uyadosh so‘zlar va ko‘p ma’noli so‘zlar.



4. Gap (20 soat)

Gaplarning darak, so‘roq, buyruq mazmunini bildirishi hamda so‘zlardan tuzilishi;

Gapda birinchi so‘zning bosh harf bilan yozilishi va oxiriga tinish belgisining qo‘yilishi;

Gapdan kim?, kimlar?, nima?, nimalar? haqida aytilganini bildirgan so‘zlar (ega va kesim atamasi berilmaydi). So‘roqlar yordamida gapdagi o‘zaro bog‘langan so‘zlarni aniqlash.

Nutq va matn

Nutq. Nutqning ahamiyati: Og‘zaki va yozma nutq haqida tushuncha.

Matn. Matnning o‘zaro mazmunan bog‘langan ikki yoki bir necha gaplardan tuzilishi; savollar yordamida uncha katta bo‘lmagan matn asosida bayon yozish; rasmlarga qarab savollar yordamida gaplar tuzish.

Bir mavzuga oid 2-3 ta gap tuza olish: Bolalarning o‘yinlari, kattalar mehnatiga yordami, o‘qishlari, qiziqishlari haqida o‘qituvchi rahbarligida hikoya tuzish va yozish.



Husnixat

Bir chiziqli daftarda o‘xshash unsurli harflarni yozish va harfni bir-biriga to‘g‘ri tutashtirish; o‘xshash unsurli kichik harflar va shu harflardan tuzilgan bo‘g‘inlar va so‘zlarni yozish, o‘xshash unsurli bosh harflar va ularni o‘zidan keyin kelgan kichik harfga tutashtirish.



Ayrim yozuv qoidalari. Daftarlarning past tomonidagi burchagini ko‘krak o‘rtasining qarshisiga to‘g‘ri qo‘yish; daftarni chap qo‘l bilan ushlab turib yozish; boshini bir oz pastga egib, to‘g‘ri o‘tirish; oyoqni bo‘sh tutib, yerga qo‘yib o‘tirish; qo‘lning tirsagini parta ustida tutish. Ruchkani uch barmoq orasida erkin ushlash. Har bir harfni to‘g‘ri tutashtirishga rioya qilgan holda bo‘g‘in va so‘zlarni aniq yozishga harakat qilish; harf va harf birikmalarini to‘g‘ri va aniq shakllantirish; shoshmasdan, chaplashtirmasdan yozish; har bir mashqni uch-to‘rt marta takrorlash.

O‘quv yili davomida imlosi qiyin bo‘lgan quyidagi so‘zlarning talaffuzi va yozilishini bilib olish: avgust, baland, baho, bahor, behi, Buxoro, dars, daftar, do‘st, farzand, fasl, havo, hikoya, jahon, juft, karam, kaft, konki, lavlagi, loviya, lug‘at, mashina, minnatdor, moslama, navbatchi, no‘xat, oktabr, payvand, palto, paxta, qo‘ng‘iroq, quyosh, sabzi, Samarqand, sentabr, sinf, singil, soat, Toshkent, traktor, vazifa, vatan, xalq, xursand, yomg‘ir, yostiq, o‘qituvchi, o‘quvchi, shahar kabi.

Bir chiziqli daftarda chiroyli yozish malakalarini hosil qilish: o‘xshash unsurli kichik va bosh harflarni yozish; harflarni bir-biriga tutashtirish.

O‘xshash unsurli kichik harflar:

1-guruh i, u, n, m, t, l, y

2-guruh h, j, k, f

3-guruh o, o‘, q, a, g, g‘, p

4-guruh e, b, x

5-guruh r, v, s, sh, ch

O‘xshash unsurli bosh harflar:

1-guruh U, L,Z, I

2-guruh M, H, K, N, A

3-guruh O, O‘, Q, X, Ch

4-guruh E, S, Sh, Z

5-guruh V, G, G‘, Y

6-guruh T, F, R, B, P

III sinf

Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish

(170 soat)



1. Takrorlash (24 soat )

Nutq va gap, gap va matn . So‘z.

Gap. Fikr bildirish maqsadiga ko‘ra turlari, gapning kim? yoki nima? haqida ekanligini bildirgan so‘zlar.

So‘z va so‘zlarning nomlanishiga ko‘ra guruhlanishi.

Tovushlar va harflar. Unli va undosh tovushlar va harflar. Bo‘g‘in. So‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish va bo‘g‘inlarga bo‘lib ko‘chirish qoidalari. So‘zlarni bo‘g‘in, tovush va tovush – harf jihatdan tahlil qilish. Tutuq belgisi va uning ishlatilishi. Sh, ch, ng harf birikmalari, ketma-ket kelgan bir xil undoshli so‘zlar va ularning imlosi. So‘z oxirida kelgan, jarangli, jarangsiz jufti bor undoshlar imlosi.

2. Gap (30 soat)

Gap. Gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari: darak gap, so‘roq gap, buyruq gap, istak gap. Gapning his-hayajonning ishtirokiga ko‘ra turlari: Nuqta,(.) so‘roq (?) belgilari, his – hayajon bilan aytilgan gapning oxiriga undov belgisining qo‘yilishi.

Gap bo‘laklari. Gapning bosh bo‘laklari, ikkinchi darajali bo‘laklari (ikkinchi darajali bo‘laklar turlarga ajratilmaydi). Ikkinchi darajali bo‘laklarning so‘roqlari. Ega va kesim mazmunini to‘ldirishda ikkinchi darajali bo‘laklarning ahamiyati. Gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishini so‘roqlar yordamida aniqlash.

O‘rganilganlarni takrorlash va mustahkamlash.



3. So‘z tarkibi (22 soat)

So‘zning tarkibi haqida umumiy tushuncha: O‘zak va o‘zakdosh so‘zlar. So‘z yasovchi qo‘shimchalar, yasovchi qo‘shimchalarning o‘zakdosh (bir xil o‘zakli) so‘zlar hosil qilishi. So‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar.



4. So‘z turkumlari (64 soat)

So‘z turkumlari haqida umumiy tushuncha. So‘zlarning ma’no va vazifasiga ko‘ra guruh-turkumlarga bo‘linishi: ot , sifat, son, fe’l.

Ot. Otlarning shaxs va narsalarning nomini bildirishi va kim?, nima? so‘roqlariga javob bo‘lishi: Otlarning birlik va ko‘plik shaklida qo‘llanilishi, ularning kim? kimlar? nima? nimalar? so‘roqlariga javob bo‘lishi. –lar qo‘shimchasining imlosi. Ot yasovchi qo‘shimchalar: –chi, -dosh, -kor, -zo‘r, -loq va ularning imlosi.

Sifat. Sifatning shaxs va narsalar belgisini bildirishi va qanday? qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lishi. Sifatning ot (keng dala)ga bog‘lanishi. Sifatning ma’no turlari.

Sifat yasovchi qo‘shimchalar: - li, -siz, -dor, ularning imlosi.

Son. Sonning shaxs va narsalarning sanog‘ini, tartibini bildiruvchi va nechta?, qancha?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lishi. Nechta? qancha? shaxs va narsalar miqdorini, nechanchi? so‘rog‘i, ularning joylashish tartibini bildirishi: Sonlarning otlarga bog‘lanib kelishi (o‘n kun, oltita qalam, uchinchi sinf). Sanoqni bildirgan sonlarga -ta qo‘shimchasining qo‘shilishi (to‘rtta, mingta); -nchi (-inchi) qo‘shimchalarining qo‘shilib (yettinchi ,beshinchi) tartib sonlarni hosil qilishi. Sonlarning so‘z va raqam bilan ifodalanishi (6-qavat, oltinchi qavat) va ularning imlosi.

Fe’l. Fe’lning shaxs va narsalar harakatini bildirishi, nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? so‘roqlari, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, nima qilmaydi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan bo‘lishsiz fe’llar (aytmaydi) va -ma qo‘shimchasining aytilishi va imlosi. Fe’l yasovchi qo‘shimchalar.

5. Yil davomida o‘tilganlarni takrorlash. Bog‘lanishli nutqni o‘stirish (30 soat)

Yozma nutq va uning matn shaklida namoyon bo‘lishi. Matnni mazmunan tugallangan qismlarga bo‘lish;

Matn qismlariga sarlavha tanlash; matn qismlarini va har bir qismdagi gaplarning o‘zaro bog‘liqligi; matnning tuzilishi: kirish qismi, asosiy fikr, oxirgi xulosa qismi va ularni belgilash.

Xabar (hikoya), harakat haqidagi matnni berilgan yoki o‘quvchi o‘zi tuzgan reja asosida qayta bayon qilish; bir mavzudagi bir necha rasm, mazmunli rasm asosida, shuningdek, o‘quvchilarning hayotiga yaqin bo‘lgan voqealar (o‘yinlar, tabiatni kuzatish, sayohatlar) haqida matn tuzish; birgalikdagi tayyorgarlikdan so‘ng og‘zaki yoki yozma ifodalash; bayon va inshoga asta-sekin tasvirlash va muhokama elementli 2-3 gapni qo‘shib borish, o‘z ishlari haqida xat yozish.

Nutq madaniyati. Og‘zaki va yozma nutqda taklif, tabrik, iltimos kabilarni ifodalaydigan so‘zlardan foydalanish; bog‘lanishli nutqqa oid mashqlar dastur materiallarini o‘rganish jarayonida unga bog‘liq holda o‘tkaziladi.

Lug‘aviy mashqlar va grammatik materiallarni o‘rganish bilan bog‘liq holda o‘tkaziladi. Ma’nodosh so‘zlar, shakldosh so‘zlar, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, ko‘p ma’noli so‘zlar.



Husnixat

Yozuvga oid malakalarni mustahkamlash. Bolalarni bir chiziqli daftarda yozishni mashq qildirish; (harflarning balandlik va kenglik o‘lchamini o‘zlashtirish) o‘quvchilar uchun qiyin bo‘lgan ayrim bosh va kichik harflarni (I, S, H, N, f, q, p, s) yozishga, shuningdek, harflarni to‘g‘ri tutashtirishga rioya qilish, so‘zlar, gaplarni ko‘chirib yozish, eshitib yozish

Bog‘lanishli nutqqa oid mashqlar dastur materiallarini o‘rganish jarayonida unga bog‘liq holda o‘tkaziladi.
IV sinf

fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish

(170 soat)
1. Gap (6 soat)

Takrorlash. Gap, gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari, ularning fikr ifodalashi. Gapni tugallangan ohang bilan, buyruq, tinch va his-hayajon ohangida aytilishi; gap ohangiga ko‘ra tinish belgilarining ishlatilishi (nuqta, so‘roq, undov belgilari); gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi; gapda so‘zlarni o‘rinli qo‘llash, lug‘atdan foydalanish malakasini shakllantirish.
2. Gap bo‘laklari ( 7 soat)

Gap. Bosh bo‘laklar: Ega va kesim, ularning so‘roqlari, ikkinchi darajali bo‘laklar, ularning so‘roqlari, gapda so‘zlarning bog‘lanishi; gap bo‘laklarini bog‘lovchi grammatik vositalar; ohang yordamida bog‘lanish (masalan, katta bino, a’lo o‘qing, ikki qadam kabi); so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar yordamida bog‘lanish (masa­lan, hikoyani o‘qimoq, daraxtning bargi, senga aytmoqchiman kabi); so‘zlar yordamida bog‘lanish ( va, hamda, lekin, biroq, ammo).


3. Uyushiq bo‘lakli gap ( 11 soat)

Gapda bir bo‘lakning birdan ortiq qo‘llanishi — uyushiq bo‘laklar. Kesim, ega va ikkinchi darajali bo‘laklarning uyushib kelishi; uyushiq bo‘laklarni sanash ohangi bilan o‘qish; uyushiq bo‘laklarning bog‘lanishi:

sanash ohangi yordamida

va, hamda, ammo, lekin, biroq so‘zlari yordamida

Uyushiq bo‘lakli gaplarda vergulning ishlatilishi;


  1. Undalma (6 soat)

Undalma so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs ekanligi; undalmaning bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanishi; uning o‘ziga xos xususiyati, gap tarkibida gap bo‘lagi vazifasini bajarmasligi; gapda boshqa bo‘laklar bilan bog‘lanmasligi; o‘ziga xos undash; chaqirish ohangi bilan aytilishi; gapning boshida, oxirida, o‘rtasida qo‘llanishi; undalma qatnashgan gaplarda undash yoki chaqirish ohangining kuchli yoki kuchsizligiga qarab, undalmadan so‘ng vergul yoki undov belgisining qo‘yilishi.

6. Nutq. Matn ( 5 soat)

Matnning gapdan farqi, matnlarni mazmunan qismlarga bo‘lish va matn qismlariga sarlaha qo‘yish, matnning tuzilishi; bir kishining nutqi, ikki va undan ortiq kishining nutqi. Matnning o‘ziga xos xususiyatlari. Sarlavha. Matnni ifodali o‘qish va savodli yozish; tayyor matnni o‘qish va qayta hikoyalash. Bayon haqida tushuncha.


7. Tovushlar va harflar (10 soat)

Unli va undosh tovushlar, ularning harfiy ifodasi; talaffuzi va yozilishi farq qiladigan unli tovushli so‘zlarning talaffuzi va imlosi; jarangli va jarangsiz undoshlarning talaffuzi va imlosi; bir xil qo‘sh undoshli so‘zlar va ularning imlosi; so‘z oxirida qator kelgan undoshli so‘zlar va ularning imlosi, x-h tovushli so‘zlar va ularning imlosi, tutuq belgili so‘zlarning talaffuzi va imlosi, tutuq belgisining so‘z ma’nolarini farqlashi.



Bo‘g‘in. So‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish; unli tovushlarning bo‘g‘in hosil qilishi; so‘zlarni bir satrdan ikkinchi satrga bo‘g‘inlab ko‘chirish; so‘zlarni bo‘g‘in, tovush va harf jihatdan tahlil qilish.

Alifbo. So‘zlarni alifbo tartibida qayta tuzish. Alifboning ahamiyati.

8. So‘z va so‘z tarkibi (5 soat)

So‘z, uning tarkibiy qismi, o‘zak va qo‘shimchalar, qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra turlarini, so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar, so‘z tarkibini aniqlashga oid mashqlar, o‘zak va qo‘shimchalarni aniqlash va belgilash. Matndan o‘zakdosh so‘zlarni ajrata olish; bir xil o‘zakli so‘zlar hosil qilish; so‘z yasovchi qo‘shimchalarni qo‘shib, o‘zakdosh so‘zlarni hosil qilish; tilning rivojlanib, boyib borishi haqida tushunchani shakllantirish.

9. So‘z turkumlari (3 soat)

Ot. Otning ma’no turlari, shaxs otlari, narsa otlari, joy otlari. Kim?, nima?, qaer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘lishi; otlarning bosh va kichik harflar bilan yozilishi; otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi; otlarning bosh va ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi.

Sifat. Sifatning ma’no turlari va so‘roqlari (qanday?, qanaqa?). Sifatlarning otga bog‘lanishi, ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi.

Son. Sonning necha?,qancha?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lishi; sonning otga bog‘lanishi, kishilik olmoshlari, ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi.

Fe’l. Fe’lning harakat bildirishi va so‘roqlari (nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi?).Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar; fe’lning kesim vazifasida kelishi; ot, sifat va fe’lga doir o‘zakdosh so‘zlar tizimini tuzish.

Shu so‘z turkumlari ichida uchraydigan ma’nodosh, qarama-qarshi ma’noli, bir xil shaklli, ko‘p ma’noli so‘zlar ustida ishlash. O‘rganilgan yasovchilar yordamida bir turkumdan ikkinchi turkumga oid so‘zlar hosil qilish.

10. Ot (40 soat)

Otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi.

Nutqda otlarning egalik qo‘shimchalarini olgan va olmagan holda qo‘llanishi; egalik qo‘shimchalarining unli va undoshdan keyin qo‘shiladigan shakllari; egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan otlarning talaffuzi va imlosi.

Otning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi; matnda va nutqda otlarning bir kelishikda bo‘lishi; kelishik qo‘shimchali otlarning talaffuzi va imlosi; kelishik qo‘shimchali otlarni birikma tarzida yozish; kelishik qo‘shimchalarining otni otga, otni fe’lga bog‘lashi.

Egalik va kelishik qo‘shimchalarini chizmalarda belgilash (kitobning varag‘i).

Ot yasovchi qo‘shimchalar. Leksik mashqlar va ular yordamida o‘quvchilar nutqini otlar bilan boyitish.

11. Sifat (17 soat)

Shaxs va narsaning rangini, shaklini, hajmini, mazasini, hidini, xususiyatini bildirishi, sifatlarning ot bilan ohang yordamida bog‘lanishi; sifatlarning gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi; ko‘m-ko‘k, oppoq, sap-sariq, och sariq, to‘q qizil kabi sifat­larning talaffuzi, yozilishi; sifatning belgi ifodalashi (amaliy tushuncha).

Sifatlarning yasalishi; leksik mashqlar va ular yordamida o‘quvchilar nutqini sifatlar bilan boyi­tish.
12. Son (11 soat)

Sonning shaxs va narsaning sanog‘ini (miqdorini) va tartibini bildirishi; tartib sonlarning imlosi; sonlarning otga bog‘lanib kelishi; sonlarning otga ohang yordamida bog‘lanishi; sonlarning gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi; sonlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birikma tarzida yozish; sonlarning yozuvda harfiy ifoda, arab, rim raqamlari bilan ifodalanishi.

Sonlarning yozilishi (sakkiz, sakkizinchi, 8 mart, 2010 yil).

Sonlarning metr, gramm kabi so‘zlar bilan kelganda bitta so‘roqqa javob bo‘lishi (amaliy), ikkov, o‘ntacha, beshtadan kabi sonlarning yozilishi (amaliy).

13. Kishilik olmoshlari (11 soat)

Kishilik olmoshlari, ularning uch shaxsni ifodalashi; 3-shaxs (birlik va ko‘plik) kishilik olmoshlarining ot o‘rnida qo‘llanishi; kishilik olmoshlarining kim? so‘rog‘iga javob bo‘lishi; kishilik olmoshlarining kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, imlosi; olmoshlarning bosh va ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi. Kishilik olmoshlaridan nutqda o‘rinli foydalana olish.

14. Fe’l (28 soat)

Fe’l, uning kesim vazifasida kelishi; fe’l zamonlari, ularning harakatni uch zamonning birida bajarilishini bildirishi; o‘tgan, hozirgi, kelasi zamon fe’llari, qo‘shimchalari; uch zamondagi fe’llarning talaffuzi va imlosi. Fe’llarning shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanishi; shaxs-son qo‘shimchalarining so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar ekani; shaxs-son qo‘shimchalari harakatni uch shaxsning biri tomonidan bajarilishini bildirishi; shaxs-son qo‘shimchalarining -yap, -di zamon qo‘shimchalaridan so‘ng qo‘shiladigan shakllari (amaliy); shaxs-son qo‘shimchali fe’llarning talaffuzi va imlosi. Fe’l yasovchi qo‘shimchalar. Leksik mashqlar va ular yordamida o‘quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish;

15. O‘quv yili oxiridagi takrorlash (10 soat)

O‘quv yili oxiridagi takrorlash, o‘rganilgan bilimlarni eslatish orqali tizimga solish va umumlashtirish maqsadida o‘tkaziladi. O‘quvchilar bir darsda bir necha turdagi mujassam topshiriqlarni bajaradilar. Takrorlash darslari matn, gap, gap bo‘laklari, tovush va harflar, tovushlarning turlari, bo‘g‘in, alifbo, o‘zak, so‘z yasov­chi, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimcha, so‘z turkumlari bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘quvchilar nutqi va yozuvidagi kamchiliklar hisobga olinadi. Bu o‘qituvchining boshqa sinflarda ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etishini ta’minlaydi.



O‘quvchilar bilan o‘quv yili davomida imlosi ustida ishlanadigan ayrim so‘zlar darslik oxiridagi lug‘atda berilgan.

Darslikda so‘zlar ma’nosi berilgan bo‘lib, o‘quvchilardan ularni o‘zlashtirishlari talab qilinmaydi.
Bog‘lanishli nutq.

Nutq, matn va gapni farqlash; og‘zaki va yozma nutqni to‘g‘ri shakllantirish; matn mazmunini qayta hikoyalatish; matndagi asosiy fikrni aniqlay olish; matnning tuzilishini aniqlash, uni qismlarga ajratish; ular orasidagi bog‘lanishni izohlay olish; matnga sarlavha topish.

Ta’limiy bayon. Berilgan matn asosida hikoya yozish; muhokama va tasvir janri elementlari qatnashgan bayon yozish; matnni qisqartirib, ijodiy qayta hikoyalash asosida bayon yozish; tanlab qayta hikoyalash asosida bayon yozish.

Ta’limiy insho. Qismli (qismlarga ajratib berilgan) rasmlar va mavzular bitta rasmda ifoda etilgan ko‘rinish asosida, shuningdek, o‘qilgan, kuzatilgan, eshitilgan, ko‘rilgan voqea va hodisalar asosida material to‘plash, reja va shu asosida insho yozish; bayon va insho rejalarini tuzishda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘llash.

Husnixat.

Chiroyli yozish malakalari takomillashtiriladi. Bo‘g‘in, so‘z, gap, matnni husnixat qoidalariga rioya qilgan holda ko‘chirib yozish; eshitib yozish va mustaqil yozish; matnni yozishda sarlavhaning yozilishiga, xat boshidan boshlash; agarda, so‘zlar orasidagi masofaning bir xilligiga, harflarning to‘g‘ri va aniq yozilishiga, tutashtirilishiga diqqqat qaratiladi, hoshiyaga rioya qilish, o‘zining va o‘zgalarning yozuvini grafik tahlil qila olish.

O‘quv yili davomida o‘rganiladigan imlosi qiyin so‘zlar: agronom, akvarium, antenna, artist, astoydil, atele, avtomobil, avtonazoratchi, bashariyat, binafsha, boychechak, brigada, daromad, dastyor, dastlab, dehqon, depo, drijyor, dollar, domino, do‘kon, ehtiyoj, ehtiyot, ekskavator, eskalator, ezozlamoq, fabrika, faoliyat, faxrlanmoq, ferma, festival, firma, fonarcha, futbol, gavjum, giyoh, gramm, go‘sht, hadya etmoq, handalak, haqiqat, harbiy, hayvonot, hasharot, hikoya, hofiz, hudud (chegara), hunarmand, hunarmandchilik, hurriyat, ikkita, ilm-ma’rifat, istedodli, ishonch, jarroh, jahon, jayron, jonivor, kasseta, kilogramm, kilovatt, kofe, kolleksiya, kosmonavt, kungaboqar, ko‘hna (qadimgi), lal (qimmatbaho tosh), leytenant, madhiya, majmua, masjid, mavsum, mayyor, mehnatsevar, mehribon, mehr-oqibat, metall, metro, memor, militsioner, muhandis, murojaat qilmoq, muvaffaqiyat, mo‘jiza, namatak, nemat, nomzod, nota, ohangrabo, oromgoh, parashyut, patent, payvandlamoq, piyola, pomidor, portfel, projektor, pulemyot, qahramon, qandil (lyustra), qimmatbaho, qumursqa, rassom (musavvir), rostgo‘y, ruhlanmoq, sabzavot, samolyot, samovar, sellofan, sentner, seyalka, sport, suxandon (diktor), tabiat, tanaffus, tashakkur, taassurot, telefon, tennis, termos, tramvay, transport, trolleybus, ufq, urf-odat, vagon, velosiped, vokzal, voleybol, xursand, xayrlashmoq, xiyobon, xizmatchi, xohlamoq, xokkey, yelpig‘ich, yiroq (uzoq), yop-yorug‘, zehnli, ziyrak, zog‘orabaliq, zag‘cha, o‘qariq, o‘chirg‘ich, g‘amxo‘r, g‘ijjak, g‘ilof, g‘o‘zapoya, shaxmatchi, shifer, charm, choyshab, cho‘tka. (Bu xildagi so‘zlar darslikning oxirida lug‘at sifatida berilgan).
O‘qish fanidan o‘quv dasturi

Uqtirish xati



Sinfda, sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish

Dasturning bu bo‘limi “Savod o‘rgatish”ning davomi hisoblanadi. “Alifbe” ona tilidan beriladigan bilim o‘quvchilarning o‘quv-biluv ko‘nikma va malakalari qat’iy hisobga olgan holda tuziladi.

1-sinfda savod o‘rgatish yakunlangach, o‘qish darslari boshlanadi va 2 – 4-sinflarda izchil davom ettiriladi.

Sinfda va sinfdan tashqari o‘qish dasturining mazmuni kichik yoshdagi o‘quvchilarda ona – vatanga muhabbat uyg‘otish maqsadlariga xizmat qiladi. O‘qish bolalarning nutq boyligini o‘stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatishning muhim omilidir. Shuning uchun ham boshlang‘ich ta’lim tizimida muhim o‘quv predmeti ta’lim berish, kamol toptirish va tarbiyalash vositasi hisoblanadi.

O‘qishga o‘rgatishning muhim vazifalari quyidagilardan iborat:


  • boshlang‘ich o‘qish malakalarini (to‘g‘ri va ifodali o‘qishni) takomillashtirish;

  • bolalarni o‘qigan asarlarining adabiy- estetik xususiyatlarini chuqur idrok etish, ularda tasvirlangan voqea-hodisalarning mohiyatini anglash va undan muayyan xulosalar chiqarishga tayyorlash;

  • bolalarda yuksak axloqiy qarashlar va nafosat tuyg‘usini tarbiyalash;

  • o‘quvchilarni matn ustida ishlashga o‘rgatish;

  • o‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish.

Bu vazifalar dasturda berilgan badiiy, adabiy asarlar, jumladan, xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida amalga oshiriladi. Har bir sinf o‘qish dasturi quyidagi bilimlarni o‘z ichiga oladi:

  • o‘qish mavzulari va yod olish uchun asarlar

  • o‘qish ko‘nikmasi va malakalari

  • matn va bog‘lanishli og‘zaki nutq ustida ishlash

  • sinfdan tashqari o‘qish

O‘qish mavzulari. O‘qish dasturini tuzishda g‘oyaviy- estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar hisobga olinadi. Shunday qilib, o‘quv materiallari bolalarga ta’lim berish, ularni tarbiyalashda muhim bo‘lgan borliq haqidagi bilimlar va insoniy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilarni badiiy, adabiy asarlar bilan tanishtirish orqali kitobxonlik madaniyatini tarkib toptirish o‘qish dasturlarining tub mohiyatini tashkil etadi.

O‘tmishda xalqimiz boshidan kechirgan muhim voqea-hodisalar aks ettirilgan asarlarni o‘qish orqali o‘quvchilarda tarixiy bilimlar shakllana boradi.

Ona yurt daxlsizligi yo‘lida ajdodlarimiz olib borgan mardonavor kurashlar tarixi haqida hikoya qilingan asarlar bolalarda vatanga muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalaydi.

Boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturidan o‘rin olgan vatan mavzusidagi asarlar o‘quvchilarni mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy madaniy - ma’rifiy hayoti va xalqimizning bunyodkorlik yo‘lidagi olib borayotgan ishlari bilan tanishtirishga yordam beradi. Dasturning vatanga, inson e’tiqodi va ma’naviyatiga bag‘ishlangan mavzularini o‘rganish o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tuyg‘ularni tarbiyalashda alohida o‘rin tutadi.

Istiqlol tufayli erishgan yutuqlarimiz haqidagi asarlar milliy g‘urur tuyg‘ularini tarbiyalashga xizmat qiladi.

1-sinfning o‘quv yili oxirida bolalar vatan va uning tabiati, insoniy qadriyatlari haqida kichik-kichik asarlarni o‘qiydilar.

2-sinfda shakl va mazmun jihatdan uncha murakkab bo‘lmagan vatan, ona tabiat, istiqlol, kishilarning hayoti va mehnati, axloqiy munosabatlar haqidagi asarlar bilan tanishadilar.

3 va 4-sinflar o‘qish dasturida mavzular ko‘lami ancha kengaydi. Bu sinflarda o‘qish darslarining kattagina qismi asarni o‘qish va matn ustida ishlashga qaratiladi. Suhbatlar, hikoya qilishlar, dastlabki o‘qishlar o‘qilgan matnlar mazmuni bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi, mavzuga qiziqish uyg‘otishi, o‘quvchilarni his-hayajon bilan o‘qishga tayyorlashi va asarni to‘g‘ri tushunishga yordam berishi zarur.

Darsda o‘quvchilarning faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan usullardan foydalanish, asarlarni janr mazmunidan kelib chiqib, rollarga bo‘lib o‘qitish, qahramonlar nomidan qayta hikoya qilish, qahramonning taqdiri haqidagi hikoyani davom ettirish, qiziqarli mavzularda og‘zaki hikoya tuzdirish kabi ijobiy topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

O‘qish darslari oldiga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi darsda badiiy asar matni ustida ishlash bilangina bog‘liq bo‘lib qolmay, balki bolalarni qurshab olgan hayot, tabiatdagi turfa o‘zgarishlar, ekologik vaziyat, ijtimoiy foydali mehnat bilan ham o‘zaro bog‘liq bo‘lishi lozim.

Bolalarni o‘qishga o‘rgatishda hayot tajribalariga tayanib ish ko‘riladi. Buning uchun o‘quvchi madaniy-maishiy va boshqa sohadagi turli korxonalarga sayohatlar uyushtiradi, tabiat hodisalari yuzasidan kuzatishlarni tashkil etadi.

O‘qish darslarini bolalarda go‘zallikka muhabbat uyg‘otadigan, poklik tuyg‘ulariga ozuqa beradigan, hissiyotni o‘tkirlashtiradigan, aqlni, fahm-farosatni charxlaydigan, tasavvurlarni boyitadigan, estetik didni o‘stiradigan musiqa va tasviriy san’at fanlari bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak. O‘qish, musiqa va tasviriy san’at darslarini o‘zaro bog‘lab uyushtirish bolalarda san’at asarlarini to‘g‘ri tushunish va qadrlash ko‘nikmalarini o‘stiradi, o‘quvchilarning shaxs sifatida ma’naviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.



Sinfdan tashqari o‘qish. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qishga o‘quvchilarni ona tilini puxta o‘zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonida ularni axloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi, kichik yoshdagi o‘quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tarkib toptirishdir.

Sinfdan tashqari o‘qish dasturning mazmuniga ko‘ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo‘limga ajratiladi: Birinchi bosqichda o‘qish doirasi, ya’ni o‘qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o‘qish bilan tanishtirish yuzasidan o‘quvchilarga ko‘rsatma beriladi. Ikkinchi bosqichda shu o‘quv materiallar asosida bilim, ko‘nima va malakalar shakllantiriladi.

O‘quvchilar kitob va ularning mualliflari haqidagi bilimlarni bevosita amaliy faoliyatlari, ya’ni kitob ustida ishlash jaryonida egallaydilar.

Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari o‘qish darslari bilan bog‘lab olib boriladi. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsalar, keyinroq bolalar yozuvchilarning asarlari bilan tanishadilar, so‘ngra bolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o‘tadilar.

1-sinfda sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida savod o‘rgatish darslarida hosil qilingan ko‘nikma va malakalar asosida bolalarning ona – Vatan, milliy qadriyatlar haqidagi tasavvur tushunchalari kengaytirilib, boyitiladi.

2-sinfda o‘quvchilar kichik hajmdagi asarlarni o‘qituvchining topshirig‘i va yordami asosida mustaqil o‘qishga o‘tadilar.

3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari uchun kishilarning hayoti yorqin tasvirlangan, ularning ma’naviy-axloqiy turmush tarzi aks ettirilgan badiiy adabiy asarlar tavsiya etiladi. Jumladan, o‘quv materiali sifati sarguzashtlarga boy asarlar, ona tabiat saxovati, kishilarning o‘zaro mehr-muhabbati tarannum etilgan, buyuk ajdodlarimizning olamshumul faoliyatlari ko‘rsatilgan axloqiy-ma’rifiy hikoyalar, istiqlol to‘g‘risidagi asarlar bilan tanishtirishga ahamiyat berilgan.

O‘quvchilarning bolalar kitobi, gazetasi va jurnallari bilan mustaqil ishlashda sinf va maktab kutubxonasi bilan hamkorlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarining samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Birinchi sinf o‘quvchilarining kitob bilan mustaqil faoliyatini shakllantirish uchun sinf kutubxonasi tashkil etiladi.

Ikkinchi sinfda esa kitoblar ko‘rgazmasi mavzular asosida tashkil etiladi. Masalan, Vatan, istiqlol, tabiat, axloqiy-ma’naviy qadriyatlar, buyuk ajdodlarimizning qahramonona jasoratlari kabi mavzular shular jumlasidandir. Bunday kitob ko‘rgazmalari hamda tavsiya etilayotgan kitoblar ro‘yxati o‘quvchilar saviyalariga mos asarlarni tanlab o‘qishlariga yordam berishi kerak.

Uchinchi sinf kitoblar ko‘rgazmasida kitoblar mualliflariga qarab tartiblanadi. Masalan, Q.Muhammadiy, Q.Hikmat, P.Mo‘min, G‘.G‘ulom, Z.Diyor, A.Obidjon, T.Yo‘ldosh kabi shoirlarning asarlari tavsiya etilgan kitoblar ro‘yxati va kitob ustida mustaqil ishlash uchun mavzular bo‘yicha kartotekalar mavjud bo‘ladi.

To‘rtinchi sinfda sinf va maktab kutubxonasidagi mavjud badiiy, tarixiy adabiyotlar, bolalar gazetasi va jurnalida bosilgan, o‘quvchilar o‘qishi uchun tavsiya etilgan maqolalarning “Nimani o‘qishim kerak?” sarlavhali katalogini (mavzusi yoki muallifi bir xil kitoblar va maqolalarning ma’lum tartibda tuzilgan ro‘yxati) tuzish tavsiya etiladi.

Ikkinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarni shahar va tuman kutubxonalari bilan tanishtirish, sayohatlar uyushtirish tavsiya qilinadi. Uchinchi va to‘rtinchi sinflarda kitobxon o‘quvchilarni tarbiyalashga, ularning kutubxonalardan mustaqil foydalanishlariga yordam beradigan adabiy ertaklar, badiiy o‘qish kabi tadbirlarni o‘tkazish ko‘zda tutildi.

Sinfda va sinfdan tashqari o‘qish boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan barcha fan dasturlarining bo‘limlari bilan bevosita bog‘liq. O‘z navbatida ona tili va to‘g‘ri yozuv, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, tasviriy san’at va musiqani o‘rganishda olingan bilim va hosil qilingan ko‘nikmalar o‘qish darslarida foydalaniladi.



O‘qish ko‘nikmalari. Matn va bog‘lanishli

og‘zaki nutq ustida ishlash

O‘qish mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida o‘quvchilarda nutq faoliyatining asosiy ko‘rinishi bo‘lgan ko‘nikmalari, matn va kitob ustida ishlash, o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, nutq madaniyatini rivojlantirish nazarda tutiladi.

1-sinfda o‘quvchilar matnni ongli, to‘g‘ri va bo‘g‘inlab sidirg‘a o‘qishni o‘rganadilar. Olti-yetti yoshli bolalarning nutqini takomillashtirish uchun uning nutqidagi kamchiliklarni o‘qish darslaridagina emas, balki barcha fan yuzasidan o‘tkaziladigan darslarda hamda darsdan va maktabdan tashqari o‘tkazilgan mashg‘ulotlar jarayonida ham tuzatib borishga alohida ahamiyat berish zarur.

2,3-sinflarning o‘qish darslarida to‘g‘ri, tez o‘qish, ongli, ifodali o‘qish ko‘nikmalarini o‘stirish va takomillashtirish zarur. Bunga asarni va uning qismlarini o‘quvchilarga bir necha marta qayta o‘qitish bilangina erishish mumkin.

Bolalar o‘qilgan asarlar yuzasidan berilgan savollarga javob berishga o‘rganadilar. Matn ustida ishlash o‘qituvchi rahbarligida olib boriladi.

2-sinfda o‘quvchilarda so‘zlarni to‘liq sidirg‘asiga o‘qish malakasi shakllanadi, o‘qishning to‘g‘ri va ifodali bo‘lishiga erishiladi, o‘qish texnikasi tezlashadi. Bu sinfda o‘quvchilar matnning ayrim qismlarini, qisqa hikoyalarni ichda (ovozsiz) mustaqil o‘qishga o‘tadilar. Matn ustida ishlash murakkablashib boradi, bolalar o‘qituvchi rahbarligida asarning asosiy mazmunini aniqlaydilar, qahramonlarning xatti-harakatini ifodalovchi so‘z va iboralarni topishga, voqea-hodisalarni so‘z bilan tasvirlashga o‘rganadilar. Ularda so‘z boyligiga talab ortadi, nutq sofligi va aniqligiga e’tibor kuchayadi, lug‘at boyligi ko‘payadi, faollashadi, nutq sur’ati oshadi va so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llashga, ovozni boshqarishga o‘rganadi.

3-sinfda so‘zlarni butunicha sidirg‘a o‘qish ko‘nikmasi to‘la shakllanadi. Bu esa o‘quvchilarda ongli va ifodali o‘qishga qo‘yilgan talablarni o‘stirish imkoniyatini beradi.

O‘qish darslarida bolalarning matn mazmunini o‘zlashtirish ustida mustaqil ishlashlari, hikoyadagi voqea-hodisalarning izchilligini belgilashlariga, o‘zaro bog‘lanish sabab-natijalarini aniqlashlariga alohida ahamiyat beriladi. Matnning badiiy xususiyatlarini, tasviriy vositalarini aniqlash ustida ishlash davom ettiriladi.

O‘quvchilarni o‘z nutqlarida maqollardan, hikmatli so‘z va iboralardan foydalanishga, so‘zlarni to‘g‘ri tanlashga, gap qurilishidan (so‘zlarning bir-biriga bog‘lanishidan) to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish talab etiladi. O‘qish darslarida o‘quvchilarning so‘zlarni adabiy qoidalarga muvofiq talaffuz etishlari talab etiladi.

4-sinfda o‘quvchilar so‘zlarni bo‘g‘inlamay sidirg‘a o‘qishlari, matnni tez, to‘g‘ri, ongli o‘qiy olishlari kerak. Bu sinfda bo‘g‘inlab o‘qishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Bolalar o‘qilgan matn mazmunini mustaqil ravishda qayta hikoya qilishlari, matn yuzasidan sodda reja tuza olishlari, uning asosiy mazmunini ajrata olishlari, o‘qilgan matnni to‘la, qisqartirib tanlab qayta hikoyalashlari zarur. Ifodali o‘qish va o‘zaro nutqiy faoliyat jarayonida bolalarning adabiy talaffuz me’yorlari shakllanadi. O‘quvchilar nutqining faollashuvi, nutqning grammatik shakllarini to‘g‘ri qo‘llash va to‘g‘ri talaffuz etish bolalar nutqining ravon, ifodali bo‘lishiga yordam beradi.



O‘qish fanidan

Davlat ta’lim standarti

O‘QISh

(1 – 4 sinf)

1. Boshlang‘ich ta’limda o‘qish fanining maqsad va vazifalari

Bola o‘qish texnikasini egallashi uchun, avvalo, uning savodxonlik darajasini oshirish, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, to‘g‘ri talaffuz etishni o‘rgatish lozim.

Dastlab tanish, keyin notanish matn ifodali o‘qitilib, o‘quvchidagi ko‘nikma, malaka aniqlanadi. Bunda miqdoriy ko‘rsatkich – o‘qish tezligi, ravon o‘qiy olish, bir daqiqada nechta so‘z o‘qiy olishi belgilanadi.

Bola matn mazmunini to‘liq uqib olishi, shuningdek, o‘zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi maqsad qilinadi.

O‘quvchining 10 daqiqada 4-5 sahifali matnni o‘qib, qayta so‘zlab bera olishi, o‘zgalar fikrini anglab, uni og‘zaki bayon qila olish darajasi aniqlanadi.

Mazkur standart mezonlarining o‘zaro uzviy bog‘liqligi (integratsiyasi), o‘qish, ona tili ta’limida belgilangan vazifalarning amalga oshishida asosiy omil hisoblanadi.



2. Ta’lim mazmunini belgilovchi ko‘rsatkichlar

Boshlang‘ich ta’limda adabiyot ta’limi tarkibidagi o‘qish mazmunining negizi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:



  • mavzu doirasi: Vatan, vatan o‘tmishi, hozirgi taraqqiyoti, kelajagi buyuk allomalar, tarixiy shaxslar, xalq qahramonlari, tengdoshlari hayoti, ilm- fan, ma’rifat, madaniyat, mavsumiy o‘zgarishlar;

  • janriy xususiyatlari: hikoya, ertak, maqol, topishmoq, doston, tez aytish, she’r, latifa, lof;

  • kitob bilan ishlash;

  • so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish; bo‘g‘inlab o‘qishdan ongli, sidirg‘asiga

(tekis), tez, to‘g‘ri, ravon va ifodali o‘qishga erishish;

  • o‘zbek va xorijiy bolalar yozuvchilari asarlarini o‘qish;

  • yozuvchilarning ismi-sharifi, asarlarining nomlari haqida to‘laroq tushuncha hosil qilish;

  • badiiy asarlarni sharhli, ifodali o‘qish;

  • asar mazmuni va voqealari o‘rtasidagi bog‘lanishni, qahramonlarning fe’l-atvorini aniqlash, qiyosiy tavsiflash;

  • o‘qigan asarlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini og‘zaki va yozma tarzda izchil ifodalash;

  • so‘z boyligini oshira borish va nutqida faol qo‘llash;

  • o‘qigan asarlari yuzasidan mustaqil reja tuzish;

  • badiiy asarlarni estetik tahlil qilish;

  • o‘qigan asarlari yuzasidan savol-topshiriqlar tuzish;

  • nasriy asar mazmunini to‘liq, qisqartirib, shaxsini o‘zgartirib hikoyalash;

  • badiiy asarlarni o‘zaro qiyoslab, tegishli xulosalar chiqarish.


3. O‘quvchining o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
I sinf

O‘quv yili yakunida 1- sinf o‘quvchisining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar:

Bilim:

  • hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish janrlari;

  • badiiy asar mazmunini bilish;

  • asardagi eng qiziqarli lavhalarni bilish

Ko‘nikma:

  • matndagi so‘zlarning ma’nolarini izohlay olish;

  • matn mazmunini ko‘rgazmalar vositasida to‘liq qayta hikoyalay bilish;

  • tayyor reja asosida asarni to‘liq qayta hikoyalay olish;

  • asar qahramonlarining (salbiy va ijobiy) xatti-harakatlarini aniqlash va baholay olish.



Malaka:

  • so‘z tarkibida tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish;

  • so‘zlarni bo‘g‘inlab, so‘ng sidirg‘a (tekis) o‘qish;

  • hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, rivoyat, tez aytish janrlaridagi

asarlarni ifodali o‘qish;

  • bir daqiqada 25-30 so‘zni o‘qish;

  • o‘qigan asari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish;

  • o‘qilgan asar asosida rasm chizish;

  • o‘quv yili yakunida 5 ta she’rni yoddan aytib berish.



II sinf

O‘quv yili yakunida 2- sinf o‘quvchisining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar:



Bilim:

hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, xalq qo‘shiqlarini farqlay olish;



she’riy va nasriy ( hikoyaviy) asarlar

Ko‘nikma:

  • matndagi so‘zlarning ma’nolarini izohlay olish;

  • badiiy asarga o‘qituvchi yordamida reja tuza olish;

  • bolalar yozuvchilarining turli janrdagi asarlarini mustaqil o‘qiy olish;

  • maktab kutubxonasidagi kitoblardan foydalana bilish;

  • badiiy asar mazmuni asosida o‘z fikr va mulohazalarini bayon qila olish;

Malaka:

  • hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, rivoyat, hikoyat, masal, xalq qo‘shiqlarini to‘g‘ri, ongli va ifodali o‘qish;

  • tuzilishi murakkab ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarni bo‘g‘inlab, so‘ng sidirg‘a (tekis) ravon o‘qish;

  • tuzilishi sodda so‘zlarni yaxlit o‘qish;

  • bir daqiqada 40-50 so‘zni o‘qish;

  • asarni janr va mavzusiga ko‘ra ajratish;

  • o‘qituvchi rahbarligida matnni qismlarga bo‘lish va har bir qismga sarlavha o‘ylab topish;

  • reja asosida asarni qayta hikoyalash;

  • matn mazmunini ko‘rgazmalar vositasida hikoyalash;

  • asar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini mustaqil ravishda bayon etish;

  • asar mazmuniga doir rasmlar chizish va nomlash;

  • o‘qigan asar yuzasidan bahs, munozara qilish;

  • o‘quv yili yakunida 10 ta she’rni yoddan aytib berish.

III sinf

O‘quv yili yakunida 3- sinf o‘quvchisining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar:

Bilim:

  • hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, latifa, rivoyat, hikoyat, masal, ibora, afsonani janriga ko‘ra farqlay olish;

  • badiiy asar mazmuniga munosabat bildira olish;

Ko‘nikma:

  • matndagi so‘zlarning ma’nolarini izohlay olish;

  • maktab kutubxonasidagi kitoblardan unumli foydalana bilish;

  • asardagi qahramonlar haqida kichik hikoya tuza olish;

  • bolalar yozuvchilarining turli janrdagi asarlarini mustaqil ravishda

      • tanlab o‘qiy olish.

Malaka:

  • ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, xalq qo‘shiqlari, qissalardan parchalarni to‘g‘ri, ongli, ifodali, sidirg‘a o‘qish;

  • o‘qilgan badiiy asarga reja tuzish;

  • asar mazmunini qayta hikoyalashda o‘xshatish;

  • asar mazmunini qisqartirib, qayta hikoyalash;

  • o‘qigan asari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini erkin bildirish;

  • bir daqiqada 60-70 ta so‘z o‘qish;

  • o‘quv yili yakunida 15 ta she’rni yoddan ifodali aytib berish;

  • mustaqil o‘qish uchun bir mavzu doirasida bir nechta asar tanlay bilish va ifodali o‘qish;

  • o‘qilgan asar asosida kichik sahnalar qo‘yish.

IV sinf

O‘quv yili yakunida 4- sinf o‘quvchisining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar:



Bilim:

  • hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, rivoyat, hikoyat, masal, latifa, lof, ibora, afsona, xalq qo‘shiqlari haqida tushuncha;

  • badiiy asar mazmunining mustaqil tahlili;

Ko‘nikma:

  • matndagi so‘z, ibora, gaplarning ma’nolarini izohlay olish;

  • bolalar yozuvchilarining turli janrdagi asarlarini tanlab, mustaqil o‘qib, ijodiy so‘zlay bilish;

  • maktab kutubxonasidagi kitoblardan unumli foydalana bilish;

  • asardagi qahramonlar haqida kichik hikoya tuza olish;

  • o‘qilgan asar asosida ijodiy ravishda rasmlar chiza bilish;

  • xabar, tabiat tasviri, kuzatgan voqea va hodisalar ishtirok etgan kichik hajmdagi insho yoza olish;

Malaka:

  • hikoya, she’r, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, rivoyat, doston, hikoyat, masal, latifa, lof, ibora, afsona, xalq qo‘shiqlari, doston va qissalardan parchalarni to‘g‘ri, ongli, ifodali, sidirg‘a o‘qish;

  • badiiy asarga mustaqil reja tuzish;

  • bir daqiqada 80-90 so‘zni o‘qish;

  • matn mazmunini reja asosida to‘liq yoki qisqartirib, ijodiy qayta hikoyalash;

  • asar qahramonlarining xatti-harakatini baholash, ularga shaxsiy munosabat bildirish;

  • mustaqil o‘qish uchun bir mavzu doirasida bir nechta asar tanlash va ifodali o‘qib, so‘zlab berish;

  • asar asosida bahs - munozara, mushoira qilish;

  • o‘qilgan asar asosida kichik sahna ko‘rinishlarida faol qatnashish;

  • tuman, shahar kutubxonalariga sayr qilish va a’zo bo‘lish, kitob

  • haftaliklarida faol qatnashish;

  • o‘quv yili yakunida 20 ta she’rni yoddan aytib berish.

O‘quv dasturining mazmuni

1 sinf

O‘qish va nutq o‘stirish

(68 soat)



O‘qish mavzusi :

1. O‘zbekiston – Vatanim manim ( 12 soat )

“O‘zbekiston -Vatanim manim” bo‘limida bolalarga barcha quvonch- shodliklar baxsh etuvchi ona maskanimiz – O‘zbekiston ekani haqida dastlabki tushunchalar beriladi. Tanlangan asarlar o‘quvchilarda ona Vatan-oldidagi burch va masuliyatni anglashlarini ta’minlaydi, Vatanga muhabbat hissini tarbiyalaydi.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

1. Vatan – bu... 2. Buyuklar vatani. 3. O‘zbekiston askarlari. 4. Ota rozi - Vatan rozi. 5. Suv – shifo. 6. Qish. 7. Oy allasi. 8. Charxpalak.



2. Biz – buyuklar avlodi ( 11 soat )

“Biz – buyuklar avlodi” bo‘limida xalqimiz orasidan chiqqan ulug‘ allomalar hayotiga bag‘ishlangan asarlar misolida milliy qadriyatlarimiz yuzasidan tushuncha beriladi. O‘quvchilar xotirasiz kelajakning bo‘lmasligi haqida elementar tasavvurga ega bo‘ladilar.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Amir Temur. 2. Rivoyat. 3.G‘azal mulkining sultoni. 4.Alisherning yoshligi. 5.Non isi. 6.Abu Ali Ibn Sino. 7.Kitobga mehr. 8.Buyuk munajjim. 9.Ulug‘bek bobom. 10.Shoh va shoir. 11.Ona sabog‘i.

3. Ko‘klam –yashnaydi olam (9 soat)

“Ko‘klam – yashnaydi olam” bo‘limida fasllar kelinchagi, yashash-yasharish faslining o‘ziga xos xususiyatlari, inson hayoti va uning tabiatga ta’siri haqida hikoya qilingan asarlar o‘rin olgan.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Bahor. 2.Lola. 3.Ona allasi. 4.Mehribon oyijonim. 5.Bekinmachoq.

6.Qushcha. 7. Quyoshdan erta turib. 8.Navro‘z bayrami. 9.Navro‘z.

4. Ilm – aql chirog‘i ( 9 soat)

“Ilm – aql chirog‘i” bo‘limiga kiritilgan badiiy asarlarni o‘qish bolalarga kitobning inson hayotidagi ahamiyati, ilm olish aqliy tafakkur, ma’naviy kamolot taraqqiyotiga ta’sir qilishi haqida tasavvur hosil qilishlariga yordam beradi.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Maktab – oftob qo‘shig‘i. 2. Kitobni asrang. 3.Kitob - mening do‘stimsan.

4.Kompyuter. 5.Yaxshi niyat. 6.Toshbaqa va quyon.

5. Xalq o‘giti – baxt kaliti (9 soat)

“Xalq o‘giti – baxt kaliti” bo‘limiga bolalar qalbiga ona allasi bilan kirib kelgan og‘zaki ijod namunalari kiritilgan bo‘lib, ezgulik, to‘g‘ri so‘zlik, sofdillik, nafosat, do‘stlik, o‘rtoqlik, ahillik haqida tasavvur hosil qiladi.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Sher va sichqon. 2. Maymun va duradgor. 3. Rostgo‘y bola. 4.Laylak keldi - yoz bo‘ldi. 5.Latifalar.

6. Odob –insonga husn (8 soat)

“Odob – insonga husn” bo‘limiga kiritilgan asarlar fahm-farosat, hayo va odob, qanoat kabilar insonning ma’naviy-axloqiy qiyofasini belgilovchi asosiy omillar ekani yuzasidan ilk tushunchalar berishga mo‘ljallangan.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Oftob va odob. 2. Odob. 3. Kapalak. 4. Maslahat. 5. Ochko‘z sichqon. 6. Dil so‘zlari. 7.Chiroyli salom.

7. Mehnatning tagi – rohat (10 soat)

“Mehnatning tagi-rohat” bo‘limida mehnat tufayli inson baxtga erishishi, ona yerning insonlar mehnati tufayli boylik manbaiga aylanishi haqidagi tushunchalar tarkib toptiriladi.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Aqlli bog‘bon. 2. Soqi bilan onasi. 3. Yer nima der? 4. Tugma. 5. Maqtanchoq g‘oz. 6. Hakka va uning bolalari. 7. Ona yer. 8. Yurak.

O‘qish ko‘nikmasi:

O‘quv yilining ikkinchi yarmidan ongli, to‘g‘ri va bo‘g‘inlab sidirg‘a o‘qishga o‘rgatish; sodda so‘zlarni bo‘g‘inlab tekis o‘qish; gaplarni ohangiga, to‘xtamlariga, tinish belgilariga rioya qilib, qiroat bilan o‘qish.



Matn ustida ishlash. O‘qish darslarining asosiy qismi asarni o‘qish va matn ustida ishlashga ajratiladi. O‘quvchidan asarlar yuzasidan o‘qituvchi bergan savollarga va darslikda berilgan savollarga javob olish, rasmlarga qarab matnlarni qayta hikoya qilish, asarni mavzu doirasini aniqlash, sarlavhani asardagi asosiy fikr bilan taqqoslash, asarning to‘liq mazmunini qayta hikoyalash yoki asar yuzasidan fikr bildirishga o‘rgatish.

Asarni qismlarga ajratish, uning xat boshi bilan aloqadorligi haqida tasavvur hosil qilish. Asar matnini eshitganlari, ko‘rganlari, kuzatganlari asosida to‘ldirish – ijodkorlik sifatlarini tarkib toptirish. Asarda ishtirok etuvchilarni bilib olish, ularga eng oddiy tavsif berish: yaxshi- nima uchun yaxshi, yomon- nima uchun yomon ekanini dalillash.

Asarlarni mavzu doirasiga ko‘ra guruhlash. Asar yuzasidan tuzilgan rejani qayta o‘qish orqali o‘rgatish.

Asardagi ayrim so‘zlarning ma’nolarini izohlashga (gap orqali, sinonimi, antonimini keltirish orqali) o‘rgatish, matndagi ayrim so‘zlarga ma’nodosh, qarama – qarshi ma’noli so‘zlar topishga o‘rgatish.

Shaxslarni, tabiat manzaralarini tasvirlovchi badiiy ifodalarni o‘qituvchi yordamida aniqlash o‘quvchilar nutqiga kiritish, ko‘p ma’noli so‘zlar ishtirokida birikmalar yoki gaplar tuzdirish, diqqatini so‘zning ma’nosiga qaratish, “O‘qish kitobi” mundarijasidan kerakli asarni topish.

Sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish

Sinfdan tashqari o‘qish uchun 8-16 betli kichik hajmdagi asarlardan tuzilgan bolalarbop kitoblar tanlanadi. Sinfdan tashqari o‘qish darsida 1-1,5 betli asardan foydalaniladi. Ular bilan o‘quvchilar o‘qituvchining o‘qib berishi orqali tanishtiriladi. Sinfdan tashqari o‘qish dasturining asosiy vazifasi o‘qish malakalarini takomillashtirish, bilimlarini boyitish, kitob bilan mustaqil ishlashga o‘rgatishdir.

Haftada oxirgi o‘qish darsining 20 daqiqasi sinfdan tashqari o‘qish uchun ajratiladi.

O‘qish mavzusi sinfda o‘qiladigan asarlar mavzusi bilan uyg‘unligiga, ta’lim tarbiya birligida, mavsumiy, bosqichli va bolalar qiziqishiga rioya qilgan holda belgilanadi hamda asarlar tanlanadi. Asosan quyidagi mavzular rejalashtiriladi.

1. Gulla – yashna hur O‘zbekiston.

2. O‘zbekistonning qahramon o‘g‘lonlari.

3. Tabiat – bizning uyimiz.

4. Bola odobi bilan aziz.

5. Bilim ol, hunar o‘rgan.

Sinfdan tashqari o‘qishning asosiy vazifasi bolalarni mustaqil amaliy faoliyatga o‘rgatish, bilimini boyitish va o‘qish ko‘nikmalarini takomillashtirishdir. O‘qituvchilarga sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘qishlari zarur bo‘lgan kitoblar, ular bilan tanishish tartibi yuzasidan ko‘rsatmalar beriladi. Maktab kutubxonasi bilan birgalikda kitob ko‘rgazmalari tashkil etiladi.

Kitob muqovasi tituli, betlarini farqlay olish, asar muallifi, nomlarini, rassomlarni tanib, bilib olish. Rasm asosida asarlarning nima haqida ekanini, mazmunini aniqlashga erishish. O‘quvchilarning o‘qigan kitoblari ro‘yxatini yozib borishga o‘rgatish.

O‘quvchilarda muayyan mavzularda tavsiya etilgan asarlar ichidan kitob tanlash va o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘qigan asari mazmunini qisqacha so‘zlab berishga o‘rgatish.



2 sinf

O‘qish va nutq o‘stirish

(136 soat)

O‘qish mavzulari:



1. Ona yurtim –oltin beshigim (19 soat)

O‘quvchilarga bizning ona yurtimiz–O‘zbekiston Respublikasi, uning poytaxti Toshkent ekanini, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Navoiy kabi viloyatlari borligi uqtiriladi .

Har kim o‘z ona yurtini sevishi, uning tinch, go‘zal bo‘lishi uchun harakat qilishi o‘quvchilarga hayotiy misollar bilan tushuntiriladi .

O‘zbekiston xaritasidan mamlakatimiz hududi va undagi qadimiy shaharlar ota – bobolarimiz o‘z ona ozodligi yo‘lida kurashib kelganliklari, bugungi vatanimiz go‘zalligi, xalq farovonligi yo‘lida o‘qish va mehnat qilish kerakligi haqida o‘qtiriladi.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. O‘zbekiston. 2. O‘zbekiston – mening Vatanim. 3. O‘zbekistonim. 4. Istiqlol. 5. Humo qushi. 6. Toshkent. 7. Toshkent metrosi. 8. O‘lka. 9. Hikoyat. 10. El-yurt uchun fidoyi insonlar. 11. Sohibqiron bobomiz.

12. Vatan. 13. Bobom qurgan ko‘prik. 14. Tilagim.

2. Maktabim – qutlug‘ makonim, kitobim- oftobim (12 soat)

O‘quvchilarga maktab muqaddas dargoh, kitob mo‘tabar ekanligi haqida amaliy tushunchalar beriladi. Ularga o‘qituvchi ustoz-murabbiy ekanligi, u bolalarga bilim chashmalarini ochuvchi ulug‘ va mo‘tabar inson sifatida e’zozlanishi, bilim manbai – kitobni sevish, ardoqlash, asrash o‘quvchilarning burchi ekanligi, kitoblar ularga ko‘p voqea-hodisalar haqida hikoya qilishi, shuning uchun ham ular katta boylik deb ta’riflanishi haqidagi bilimlar singdiriladi. O‘quvchilarga kitob o‘qish qoidalariga rioya qilish eslatiladi.

1. O‘quvchiga esdalik. 2. Kitob. 3. Kitob deydi. 4. Orzular. 5. Mayib kitob.

6. Alisher bilan Bobur. 7. Shoir bilan shoh. 8. Navoiy hikmatlari. 9. Inoqlikda gap katta. 10. Barcha bola do‘st bo‘lsa. 11. Vaqt qadri. 12. Muallimim. 13. Bahs. 14. Maktabdan kelganimda. 15. Kitob. 16. Kitobimni qancha sevsam oz bo‘lur.



3. Mehnat – baxt keltirar (10 soat)

Mazkur bo‘limdagi matnlar o‘quvchilarda mehnat qilishga, hunar o‘rganishga ixlos qo‘yish kabi xislatlarni tarbiyalaydi. O‘quvchilarga mehnatkash ota-bobolarimizning mehnatdan baxt-saodat topganliklari, o‘lkamizda bog‘-rog‘lar, ekinzorlar yaratganliklari, ularning faol mehnatlari haqidagi lavhalar tavsiya etiladi. Ular mehnat haqidagi hikmatli o‘gitlar, maqol va masallar mazmuni bilan tanishtiriladi.

O‘quvchilarga mehnat tufayli to‘q-farovon yashash mumkinligi, bolalarning kattalarga yordami, ular oldida farzandlik burchini bajarishlari, orasta va saranjom- sarishta bo‘lishlari, oila iqtisodi, tejamli bo‘lish haqida tushunchalar beriladi.

O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:


  1. Bilim ol, hunar tanla. 2. Ish ishtaha ochar. 3. Aka-uka. 4. Hunarli kishi xor bo‘lmas. 5. Me’mor bo‘laman. 6. Qaychi. 7. Kiyimlar nimalardan tikiladi?. 8.O‘roq va kombayn. 9. Tejamli bo‘ling.


4. Oltin kuz - hosiling yuz ( 6 soat )

Kuz fasliga doir asarlar. Kuzda insonlar mehnati, ularning tabiatga munosabatlari. Tabiatga sayr va sayohat. Kuz mavzusida insho yozish.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

1. Kuz 2. Olma. 3. Dehqonbobo. 4. Kuz ne’matlari. 5. Bog‘da. 6. Dehqonga ta’zim. 7. Kuzda.



5. Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi (12 soat)

Odob–axloqqa doir fazilatlarni shakllantira borish, ota-bobolarimizning durdona fikrlarini yod olish, ularga amal qilish, ibratli voqea–hodisalar ifodalangan matnlarni o‘qish, ulardagi ma’nolarni tahlil qilish, misollar keltirish. O‘quvchilarda milliy an’analarga mehr uyg‘otish.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Salom. 2. Suhbat odobi. 3. Dangasa o‘g‘il. 4. Iqror bo‘ldi. 5. Yolg‘onchi.

6. Yosh bog‘bonning qo‘llari. 7. Ibn Sino bobo – ulashar davo. 8. Kuy sehri.

9. Oltin tarvuz. 10. Yaxshilikka yomonlik. 11. Kuychi terak. 12. Dadam ishdan kelsalar.



6.Kumush qish – misoli oqqush (12 soat)

Qish tabiati, dala va bog‘larning qishki ko‘rinishi, o‘quvchilarning qishki ta’til kunlari, qishki o‘yinlar. Qorbobo, qorqiz - bolalar mehmoni. Qishda tabiatga sayr va sayohat.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Yil fasllari. 2. Qish manzarasi. 3. Qorboboning sarhisobi. 4. Javdar non. 5. Qish. 6. Musavvir Qorbobo. 7. Qishda. 8. Chumoli bilan chigirtka. 9.Qorbobo. 10. Tabiat. 11. Bayramingiz bo‘lsin muborak.

7. Zumrad bahor – bahri diling ochar (16 soat)

Bahor tabiati, gullar, o‘simliklarning hayoti, kishilarning mehnati, bolalarning o‘yinlari haqidagi asarlar va she’rlar. 8-mart onalarimiz bayrami. Bahorda tabiatga sayr va sayohatlar.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Bahor. 2. Bahor keldi. 3. Nilufar. 4. Bahor. 5. Ko‘klam yomg‘iri. 6. Tomchi haqida ertak. 7. Kuyni sevgan gullar haqida ertak. 8. Jayron bolasi. 9.Bolalar o‘ynasin deb. 10. Shamol botir. 11. Ona hurmati. 12. Ona aziz. 13. Gullar suhbati. 14. Marvaridgul. 15. Xaloskor. 16. Navro‘z – bahor bayrami. 17 .Sumalak

8. Qushlar, hayvonlar - bizning do‘stimiz (5 soat)

Qushlar va hayvonlar haqidagi hikoyalar, she’rlar va ertaklar. Kishilarning jonivorlarga munosabati. Qushlar bayrami, Hayvonot bog‘iga sayohat. Qushlar ona tabiatimizning bir bo‘lagi ekanligi ularni mumkin qadar e’zozlash, ehtiyotlash ularni asrash kerakligi uqtiriladi.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

1. Qushlar – bizning do‘stimiz. 2. Tog‘dagi voqea. 3. Oymoma. 4. Zarg‘aldoq.

5. Turnalar. 6. Kuchukcha bilan uloqcha. 7. Yomg‘ir. 8. Buzoq.

9. Ertaklar – yaxshilikka yetaklar (13 soat).

Ertaklar olamiga sayohat. Nima yaxshi-yu, nima yomonligini ertaklardagi voqea-hodisalar orqali uqib olish. Ertak qahramonlarining holatini so‘zlab berish, voqealarni rasmda ifodalash.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Quyoshbobo nurlari. 2. Maqtanchoq ayiq. 3. Nima totli? 4. Ertaklar.

  1. Mashhur rassom. 6. Baxtli bo‘lish osonmas. 7. Ko‘ngilchan o‘tinchi.

8. Uzun terak. 9. O‘jar baliqchi. 10. Dono dehqonbobo. 11. Quyoncha va ayyor tulki.12. O‘tinchi yigit bilan sher. 13. Urto‘qmoq. 14. Oltin tuyoqli kiyik. 15. Oq ko‘ngil chol va xasis boy. 16. Ko‘p ko‘rgan ko‘p biladi.

10. Yoz – o‘tadi soz ( 8 soat)

Yoz tabiati, pishiqchilik, o‘quvchilarni yozgi ta’til kunlaridagi dam olishlari va mehnatlari haqidagi she’rlar, matnlarni o‘qish hamda yod olish.

Yoz tabiati haqida hikoya tuzish, insho yozish.

Tabiatni kuzatish, sayr-sayohatga borish.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

1.Erka chumolivoy. 2. Ob-havo darakchilari. 3. Yoz.



11. Tabiatni asrang, avaylang ( 6 soat)

Bolalarni tabiatga yaqinlashtirish maqsadida u haqidagi ajdodlarimizning nasihatlari, shoir va yozuvchilarning asarlaridan namunalar, matn mazmuniga mos rasmlar beriladi. Darslikda berilgan asarlar o‘quvchilarni tabiatga ongli munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi.

Atrofimizdagi olam darsi bilan bevosita bog‘lanib, mujassamlashgan savollar berish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.

O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

1.Yashil odam – yaxshi olam. 2. Shudring. 3. Tonggi so‘z. 4. Yulduzlar. 5. Tabiatning jonli bezagi. 6. Momaguldurak. 7. Aziz insonlar xotirasi.



O‘qish ko‘nikmasi. O‘quv yilining birinchi yarmida: ongli, to‘g‘ri butunligicha sidirg‘a o‘qish; o‘quv yilining ikkinchi yarmi: so‘zlarni yaxlit (ayrim ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarni bo‘g‘inlab) to‘g‘ri tushunib va ifodali o‘qish; o‘qish vaqtida vergul va gap oxiridagi tinish belgilariga mos to‘xtam (pauza) hamda ohangga rioya qilish; matnlarni to‘g‘ri, me’yorida, ravon, ongli o‘qish;

Matn ustida ishlash. Og‘zaki bog‘lanishli nutq. Matn mazmuni asosida tuzilgan savollarga javob berish. O‘qilganlarga o‘z munosabatini bildirish. O‘qituvchi savoli yoki darslikda berilgan rasm asosida matn mazmunini qayta hikoyalash. O‘qituvchi yordamida matnni qismlarga bo‘lish, ularga sarlavha tanlash, matnning asosiy mazmunini aniqlash; matnda qatnashuvchi shaxslarni, tabiat manzaralarini tasvirlovchi so‘z va iboralarni tahlil qilish hamda shu so‘zlar ishtirokida og‘zaki hikoya tuzish.

Ertak, she’r, hikoyalarni janriy xususiyatlariga ko‘ra farqlay olish. Darslik mundarijasi bilan ishlay olish.



Sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish (17 soat)

O‘qish materiallari. 8-30 bet hajmdagi bolalarbop badiiy, ilmiy-adabiy kitoblar. O‘quvchi ovozsiz mustaqil o‘qish va tanlab ovoz chiqarib o‘qish uchun 1-5 bet hajmli she’r, ertak va hikoyalar.

O‘qish mavzulari. Ona- Vatan va ota-bobolar jasorati, o‘simliklar, qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlar.

Kitobning muqovasi (tituli), betlarini farqlay olish.

Kitobning nomi, muallifi va rasmlari asosida mazmunini aniqlay olish. Kim yoki nima haqida o‘qidingiz? savoliga javob berish; mazmunini aniqlash. Qahramonlarning xatti-harakatini, xulqini va ular boshidan kechirgan voqea-hodisalarni mustaqil baholay olish.

3 SINF

Sinfda, sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish

(170 soat)

O‘qish mavzulari:



1. Ona bitta, Vatan yagona (19 soat)

Bu bo‘limda o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasining mustaqil mamlakat ekanligi, yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida tushuncha beriladi. Har bir kishi o‘zi tug‘ilib o‘sgan ona – Vatanini sevishi, ona tilini qadrlashi, ozod mamlakatning chin farzandi bo‘lishi, yurt faravonligi, xalq hayoti va mehnati, fidoiy zamondoshlarimiz haqidagi badiiy asarlar berilgan.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

1. Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin. 2. Salom maktab. 3. Vatanni suymak. 4. Vatan mo‘tabardir. 5. Ona – Vatan. 6. Toshkentim – onam. 7. Mustaqillik ahillikdan. 8. Matonatli ustoz. 9. Til qudrati. 10. Ona tilim. 11. Vatan iftixori. 12.O‘qituvchining o‘gitlari.



2. Xalq og‘zaki ijodi (17 soat)

Bu bo‘limda xalq og‘zaki ijodiga oid qo‘shiq, ertak, masal, maqol, latifa, topishmoqlar kiritilgan. Ular orqali o‘quvchilarga xalqning orzu – umidlari, do‘stlik, ahillik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, halollik, fazilatlari ulug‘lanishi, salbiy xislatlarning qoralanishi uqtiriladi.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

1. Qo‘shiq. 2. Botir mergan va chaqimchi. 3. Halollik. 4. Donishmand yigit.

5. Qaysar buzoqcha. 6. Chumoli va tipratikan.

3. Kuz manzarasi va mehnat (14 soat)

Mazkur bo‘limda yurtimizning o‘ziga xos kuzgi tabiat manzarasi, kishilar mehnati, mehnat tufayli shahar-qishloqlarning obod bo‘lishi, mehnat zavqi, milliy urf-odatlarimiz, she’r, hikoya, rivoyatlar aks ettirilgan.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Oltin kuz. 3. Kuz kelganda. 4. So‘nggi axborot. 5. Olma. 6. Mehrjon sayli. 7. Qo‘riqchining sabog‘i. 8. Bebaho boylik. 9. Ilmli ming yashar. 10. Xazonchinak. 11. Qo‘shterak.

4. O‘tmishni o‘rganish – burchimiz (13 soat)

Bo‘limda ona – Vatanimizning buyuk o‘tmishi, ajdodlarimizning Vatan va xalq uchun jon fido qilganliklari haqidagi adabiy – badiiy asarlar: she’r, hikoya, ertak va afsonalar kiritilgan.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

1. Toshkent. 2. Jaloliddin Manguberdi. 3. Mehnatkash qiz. 4. O‘g‘lon. 5. Kitob.6. Bola Alisher. 7. Cho‘pon yigit Shiroq. 8. Oltmish gaz arqon.



5. Kumush qish (6 soat )

Ushbu bo‘limdan qish manzarasi, tabiati, hayvonlarning qishki hayoti, kishilar mehnati, bolalarning qishki o‘yinlari, yangi yil bayrami haqidagi adabiy – badiiy asarlar o‘rin olgan.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

1. Qish. 2. Birinchi qor. 3. Bosh kitob. 4. Qish zavqi. 5. Chana. 6. Ayamajiz.

7. Qish ertagi. 8. Yangi yil archasiga.

6. Vatan himoyachilari (6 soat )

Bo‘limga shoir va yozuvchilarning istiqlol, vatanimiz himoyachilarining vatan oldidagi o‘z burchlarini qanday o‘tayotganliklari, ona yurtga bo‘lgan tengsiz sadoqatlari, Qurolli kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tash har bir o‘g‘il bolaning yuksak yigitlik burchi ekanligi haqidagi adabiy – badiiy asarlar kiritilgan.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

1.O‘zbekiston posbonlari. 2. Bugun bolamiz, ertaga askar bo‘lamiz. 3.Dunyoni saqlar bolalar. 4. Bobonur. 5. Botir askarcha. 6. Istiqlolga sharaf – shon.



7. Orzular qanotida (10 soat )

Bo‘limda o‘zbek shoir va yozuvchilarining kichik yoshdagi tengqurlar hayoti, ularning qiziqishlari, orzu – umidlari, do‘stligi, odob – axloqi, kattalar va biri- birlariga yordamlari, ustoz va shogird munosabatlari yoritilgan, adabiy – badiiy asarlari o‘rin olgan.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Biz – istiqlol farzandlarimiz. 2. Yaxshilik. 3. Kompyuter olami. 4. “Istiqlol” kemasi. 5. Sayyoralar. 6. Sohiba kimdan xafa? 7. Ikki qiz.

8. Barakalla, bo‘tam. 9. Jigarlarga tilaklarim.

8. Ulug‘lardan o‘rganmoq – oqillik (18 soat )

Mazkur bo‘limga o‘quvchilarni o‘tmishda yashab xalqi va Vatani uchun, ma’rifat rivoji uchun xizmat qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan allomalarning bolaliklari, bolalikdagi qiziqishlari, jasoratlari, kasb–hunar, bilim egallash yo‘lidagi sa’y-harakatlari xalqqa ko‘rsatgan g‘amxo‘rliklari, yurt obodonchiligidagi xizmatlari to‘g‘risidagi fikrlar kiritilgan.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Hisob ilmidagi yangilik. 2. Ibn Sinoning shogirdlari. 3. Elim deb, yurtim deb yashagan inson. 4. Sohibqiron Temur bobo. 5. Donolarning donosi. 6. Zahiriddin Muhammad Bobur. 7. Saylda. 8. Hotami toyi.

9. Keldi bahor - gulbahor (11 soat )

Bu bo‘limda bahor tabiati, bu faslning go‘zalligi, kishilar mehnati, Navro‘z bayrami, bahor faslidagi bayramlar, insonlarining tabiat bilan o‘zaro munosabati, jonivorlarning hayoti haqidagi asarlar berilgan.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

1. Erta bahor. 2. Bahor yaqin. 3. Tabiat bilan suhbat. 4. Boychechak. 5. Quyoncha. 6. Bayramingiz muborak. 7. Ko‘klam yomg‘iri. 8. Varrak. 9. Qaldirg‘och. 10. Navro‘z – yurtim bayrami. 11. Yurtim kamoli. 12. Daraxtlarni oqlaganda. 13. Lola.



10. Tabiatni asrang va seving (6 soat)

Ushbu bo‘limdan tabiat va uning insonlarga xizmat qilishi, o‘lkamiz tabiati, ona-yurtimiz, uning boyliklarini asrash, o‘simliklar, dov-daraxtlar, hayvonot olami va parrandalarga g‘amxo‘rlik qilish to‘g‘risidagi asarlar o‘rin olgan.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Ona tabiat. 2. Yer sevarni – el sevar. 3. Suhbat. 4. Non haqida. 5. Soy suvi haqida ertak.

11. Go‘zal fazilat – inson husni (20 soat)

Bu bo‘limdan chidamli, mehrli, g‘ayratli bo‘lish, ota-onalar mehnatini qadrlash, odob, do‘stlik, ahillik hunar egallash, tejamkorlikning foydasi haqidagi asarlar, noahillik, manmanlik hamda shoshqaloqlikning yomon oqibatlarga olib kelishi ifodalangan matnlar joy olgan.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Onani rozi qilish haqida. 2. Ota – onani hurmatlash haqida. 3. Bobur va Humoyun. 4. Ota-ona duosi. 5. Ona mehri. 6. Yordam berdi. 7. Qalamning o‘kinchi. 8. Hassa. 9. Kamtarlik haqida. 10. Chin o‘rtoq. 11. Do‘stlar. 12. Noaqillik oqibati. 13. Bahs. 14. Bobongiz xafa bo‘lsalar maylimi? 15. Yaxshilik yerda qolmas. 16. Hunarni sev.

12. 9 may - Xotira va Qadrlash kuni (4 soat)

Bu bo‘limda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 9 may-Xotira va Qadrlash kuni deb e’lon qilinganligi, ushbu qutlug‘ kunda ustozlar, qarindosh – urug‘lar, yolg‘iz qariyalar holidan xabar olish, ularga uy ishlarida ko‘maklashish, betob insonlarga beminnat yordam berish, xayru saxovatli bo‘lish haqidagi adabiy – badiiy asarlar berilgan.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Eng muqaddas kun. 2. Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor. 3. E’zoz. 4. Mag‘zi shirin.

13. Yoz fasli – soz fasl (6 soat)

Bu bo‘limda yoz manzarasi, yozning noz-ne’matlarga boyligi, yozda kishilarning dala va bog‘larda mehnat qilishi, jonivorlar, qushlar, hasharotlar hayoti, bolalarning ko‘ngilli dam olishi, yozgi o‘yinlari yoritilgan badiiy asarlar kiritilgan.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

1. Yoz. 2. Yo‘lda. 3. O‘ktam avlod. 4. Gulzorda.5. Quvnoq o‘tsin ta’tilingiz.



O‘qish ko‘nikmasi:

So‘zlarni butunicha sidirg‘a o‘qish; matn mazmunini ongli o‘zlashtirish; hikoyadagi voqea – hodisalarining izchilligini belgilashda, o‘zaro bog‘lanish, tasviriy vositalarni matnda qo‘llanishini bilish; maqol va iboralarda so‘zlarni to‘g‘ri tanlay olish; mavzuni adabiy tilda talaffuz etishga o‘rgatish.



Sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish (17 soat)

Sinfdan tashqari o‘qish o‘quv dasturi bilan chambarchas bog‘liq. Shuning uchun o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish talab etiladi. O‘quvchilarda kitobga havas uyg‘otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.

Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari ikki haftada bir marta o‘tkaziladi va o‘qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi. Badiiy – adabiy asarlar mustaqil ravishda va izchil o‘qib borilsa o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi.

Sinfdan tashqari o‘qish tanish bo‘lmagan muallifning kitoblari muqovasi, titul varag‘i, kirish so‘zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning taqvimiy mazmunini aniqlash vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat hislarini uyg‘otish, ularning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, adabiy– estetik tafakkurini yuksaltirish o‘qish darslarining tub mohiyatini tashkil etadi.

4 - SINF

O‘qish va nutq o‘stirish (170 soat)

Sinfda, sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish

O‘qish mavzulari:

1. Istiqlolim - istiqbolim (6 soat)

Taniqli bolalar yozuvchilarining istiqlolga bag‘ishlangan asarlari, ularda xalqimiz hayoti va Vatanimiz taraqqiyotidagi jahonshumul ahamiyati aks ettirilgan asarlar tahlili. «Istiqlol farzandimiz» mavzusida ijodiy suhbat.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

1. Mangulikka tatigulik kun. 2. Iqboli buyuksan. 3. Assalom, Neksiya!



2. O‘zbekiston - Vatanim manim (8 soat)

O‘zbekiston va uning viloyatlari, shahar va qishloqlarida yashovchi har bir kishi uchun Vatanning muqaddasligi, yurt obodligi, farovonligi xalqning kuch-qudrati, saxovatpeshaligi tufayli yuzaga kelgan to‘kin-sochinlik to‘g‘risida tushuncha berish, vatanning yagonaligi va unga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Serquyosh o‘lka. 2. Dehqon bobo va o‘n uch bolakay qissasi.

3.Mardlik va aql yorug‘ligi. 4. Xarita.

3. Oltin kuz (6 soat)

Oltin fasl sifatida e’zozlanadigan kuzning inson va tabiat hayotida tutgan o‘rni to‘g‘risida hikoya qilingan asarlar. Tabiat quchog‘iga sayohat. «O‘lkamiz (qishlog‘imiz, shahrimiz) tabiati» mavzusida ijodiy insho.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

1. Saxovatli fasl. 2. Kuz. 3. Qovun sayli. 4. Dehqon.



4. Ma’naviyat — qalb quyoshi (11 soat)

Inson ma’naviyatini yuksaltirishga, ayniqsa, bolalarni ezgulikka muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan, axloq-odob me’zonlari xususida bahs yuritilgan asarlar, ularda axloq-odob, go‘zal insoniy fazilatlar to‘g‘risida muayyan tasavvur – tushuncha berish.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Salomlashish odobi. 2. Odamdan nima qoladi? 3. Har kim ekkanini o‘rar.

4. Chaqimchiga “Mukofat”. 5. Omonatga xiyonat. 6. Ikki saxiy.

5. Xalq og‘zaki ijodi (28 soat)

Xalqimizning ming yillar mobaynida yaratgan sehrli-fantastik ertaklari, xalq dardi, istak-xohishi, orzu-umidlari ifodalangan qo‘shiqlar, bolalarning quvnoq o‘yin-qo‘shiqlari, hozirjavoblik, topqirlikni taqozo etadigan topishmoqlar, xalqning hayotiy xulosasi tarzida yuzaga kelgan purhikmat maqollar, sehr-jozibaga yo‘g‘rilgan rivoyatlarni o‘qish.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Boychechak. 2. Oftob chiqdi olamga. 3. Xo‘p hayda. 4. Davlat. 5. Ilm afzal.

6. Ko‘zacha bilan tulki. 7. Ochko‘z boy. 8. Hiylagarning jazosi. 9. Ziyrak uch yigit. 10. Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak. 11. Laqma it. 12. Baqa bilan taqa.

6. Vatanimiz o‘tmishidan (9 soat)

Hikoya, rivoyat, she’r va hikmatlarda Vatanimiz tarixi, uning muqaddasligi, Abu Ali ibn Sino, Pahlavon Mahmud, Alisher Navoiy kabi buyuk ajdodlarimiz hayoti, xalqimiz bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘l to‘g‘risida hikoya qilish.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Pahlavon va shoir. 2. Alisherning yoshligi. 3. Shum bola.

  2. Bolalik.

7. Kumush qish (5 soat)

Qish faslida, tabiatda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, qish zavqi tufayli totli tuyg‘ular ifodalangan she’r va hikoyalar, «Bizning qish» mavzusida insho yozish.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Qor- to‘zg‘itar momiq par. 2. Rangin qorlar. 3. Qish. 4. Qor odamning sovg‘asi.

8. Nima yaxshiyu, nima yomon? (22 soat)

Badiiy - adabiy asarlarda insondagi yaxshi va yomon xulqlar, ularning oqibati, odamlar o‘rtasidagi mehr-muhabbat, halollik, poklik, to‘g‘riso‘zlik, samimiyat to‘g‘risida, ularda ma’naviy kamolot inson xulq-atvorida aks etishi, uning obro‘-e’tiborini oshirishi ezgu ishlarga yo‘naltirish, badiiy asarlarni o‘qish.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Odobli bo‘lish osonmi? 2. Sharq hikoyasi. 3. Qodir bilan Sobir. 4. Nurxon bilan Burhon. 5. Xatosini tushungan bola. 6. To‘g‘riso‘z bola.

7. Qo‘rqoq. 8. Yaxshi bo‘ldi. 9. Chumchuq bilan chumoli. 10. Qush tili.

  1. Yomg‘ir.

9. Hayvonot olamida (11 soat)

She’r va hikoyalarda insonlarning eng yaqin do‘sti hayvonlarning va ularning yashash tarzi, o‘ziga xos hayoti, ona tabiat yaratgan mo‘jiza ekanligi, odamlarning ularga munosabatlarini bilish.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Mo‘jiza. 2. Xatarli uchrashuv. 3. Ola buzoq. 4. Tushovli toy. 5. Jo‘ja.

6. Ayiqni yenggan cho‘pon. 7. Ko‘kyo‘l.

10. Zumrad bahor (13 soat)

Fasllar kelinchagi, yashash-yasharish fasli bo‘lgan bahor tabiati, uning kishilar hayotida tutgan o‘rni, dillarga beradigan zavq-shavqi to‘g‘risidagi she’r va hikoyalar, «Assalom, Navro‘z!» mavzusida ijodiy insho.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Bahor ta’rifida. 2. Bahor. 3. Jala darakchisi. 4. Erkacholning o‘rigi.

5. Navro‘z – bahor bayrami. 6. Saxiy bog‘bon. 7. Tut. 8. Buzilmagan uya.

11. Yashasin tinchlik, bor bo‘lsin do‘stlik (6 soat)

Hikoya va she’riy asarlarda insonning baxt-saodati, farovon turmush kechirishi faqat Vatanning kuch-qudrati, ona zamin saxovatiga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, ayni paytda xalqlar o‘rtasida tinchlik-totuvlik, do‘stlik rishtalari haqida so‘z yuritish.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she’r.

  2. Shoira. 3. Do‘stlik. 4. Tinchlik nima?

12. Ajdodlarimiz - faxrimiz (9 soat)

Badiiy – adabiy asarlarda xalqimiz va Vatanimiz shon-shuhratini asrlar osha butun jahonga taratib kelayotgan benazir ajdodlarimizning o‘z e’tiqodlari yo‘lidagi fidoiyliklari, ularda umuminsoniy va milliy g‘urur to‘g‘risida, To‘maris, Najmiddin Kubro, Beruniy va boshqa vatandoshlarimizning vatan daxlsizligi hamda ilm- ma’rifat yo‘lidagi kurashlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. To‘maris. 2. Sulton Mahmud va Beruniy. 3. Tanbeh.

4. Navoiy bobomlar. 5. Rivoyat.

13. Jahon bolalar adabiyoti (9 soat)

Jahon bolalar adabiyotining G.Andersen, J.Svift, aka – uka Grimmlar, Ch.Aytmatov singari adabiyot namoyondalarining sehrli sarguzashtlarga boy, dunyodagi juda ko‘p tillarga tarjima qilingan asarlari va ularda bolalarga xos xususiyatlarning aks etishi.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Bolalar gurungi. 2. Bir xurmacha shavla. 3. Rustam. 4. Gulliverning sayohatlari. 5. Jimjiloq.

14. Yoz — o‘tadi soz (9 soat)

Bolalarning ta’til davomida ona-tabiat bilan yaqindan tanishadigan yoz faslining o‘ziga xos xususiyatlari, kishilarning yozdagi mehnatlari tasvirlangan she’r va hikoyalarni o‘qish.



O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:

  1. Yoz. 2. Non qaerdan keladi? 2. Oydin kecha. 3. Bobomning sovg‘asi.

4. Nihollarning nolasi. 5. Suv bilan suhbat. 6. Quyosh sevgan yurt.

O‘qish ko‘nikmasi:

Adabiy til talaffuzi qoidalariga rioya qilgan holda ongli, to‘g‘ri o‘qish; sinfda o‘qilgan asar yoki asardan parchani mustaqil tarzda ifodali o‘qish; o‘sha asar yoki parcha qanday mavzuga bag‘ishlanganini aniqlash; unda ishtirok etuvchi qahramonlarga munosabat bildirish; qahramonlarning fe’l-atvori, xatti-harakatlariga qarab ovoz ohangini o‘zgartirish; matndagi urg‘u tushadigan so‘zlarni aniqlash; to‘xtam o‘rinlarini ajratish; o‘quvchilarda mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.



Matn ustida ishlash

Asarda voqealarning bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda asta-sekin rivojlanib borishini, matn qismlarining mazmunan bog‘liqligini mustaqil belgilay olish; asar tahlilida matndan misollar tanlay olish; asar qahramonlarining xatti-harakatlarini baholash; ularga o‘z munosabatini bildirish; murakkab bo‘lmagan asardan asosiy fikr (g‘oya)ni ajrata olish; o‘qishga bog‘liq holda nutq ko‘nikmalarining shakllanishini ta’minlash.

Badiiy matndagi so‘z ma’nolarini farqlash. Tanlab o‘qish, matndan asar qahramonlari, tabiat manzarasini ifodalash uchun zarur bo‘lgan so‘z va iboralarni topa olish. Nasriy asar mazmunini to‘liq, qisqartirib, shaxsini o‘zgartirib hikoya qilish. Ijodiy hikoyalar tuzish va ularga mos sarlavha topib qo‘yish, o‘qigan asarlari muallifi va nomlarini ayta olish, badiiy asarlarni bir-biri bilan taqqoslash, muayyan xulosalar chiqarish, darslikdagi savol va topshiriqlar ustida mustaqil ishlash, mundarijadan foydalanish, rasmlar asosida og‘zaki va yozma hikoyalar tuzish.

Sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish (17 soat)

Sinfdan tashqari o‘qish o‘quv dasturi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, unda ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish talab etiladi. O‘quvchilarda kitobga havas uyg‘otishda har bir bolaga yakka tartibda yondoshish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.

Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari ikki haftada bir marta o‘tkaziladi va o‘qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi. Badiiy – adabiy asarlar mustaqil ravishda va izchil o‘qib borilsa, o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi.

Sinfdan tashqari o‘qish, tanish bo‘lmagan muallifning kitoblari ham muqovasi, titul varag‘i, kirish so‘zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning taqvimiy mazmunini aniqlash vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Bolalarga ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg‘otish, bog‘lanishli nutqini o‘stirish, adabiy– estetik tafakkurini yuksaltirish o‘qish darslarining tub mohiyatini tashkil etadi.

Matematika fanidan davlat ta’lim standarti


  1. Boshlang‘ich ta’limda matematika fanining maqsad va vazifalari

Boshlang‘ich maktabda matematika ta’limi o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o‘z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarini ijtimoiy faoliyatlarida qo‘llash hamda ta’limning ikkinchi bosqichida o‘qishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Matematika bo‘yicha standart ko‘rsatkichlari o‘quvchilardaa 1 000 000 gacha bo‘lgan sonlar qatori va nol soni to‘g‘risida tasavvurni shakllantirish, puxta hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilish, amaliy masalalarni yechishda natural sonlar va ular ustida arifmetik amallarni qo‘llay olishga o‘rgatish, eng sodda geometrik shakllar, ularni tekislikda tasvirlash xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lish hamda og‘zaki hisoblash va matematik munosabatlar belgilaridan foydalana olish malakasini hosil qilish nuqtai nazaridan izohlanadi.



2. Boshlang‘ich ta’limda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimumi

Mazkur mazvularni o‘zlashtirish boshlang‘ich ta’lim bitiruvchisiga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

Sonlar va hisoblashlar:

  • Narsalarni sanash. 1 dan 1 000 000 gacha ketma-ket kelgan sonlar qatori va nol soni, ularning nomi va yozilishi. Sinflar va xona birliklari.

  • Sonlar uchun “teng” , “katta” va “kichik” munosabatlari va ularning mos belgilar bilan yozilishi;

  • Sonlarni qo‘shish va ayirish amallari va ularga mos belgilar;

  • Qo‘shish jadvali, “... Ta ortiq”, “... Ta kam” munosabatlari;

  • Sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish amali hamda ularga mos belgilar.

  • Ko‘paytirish (karra) jadvali. “... Marta ortiq” va “... Marta kam”. Qoldiqli bo‘lish;

  • Nol ustida amallar;

  • Sonli ifodalarda amallarni bajarish tartibi. Qavs qatnashgan va qavs qatnashmagan sonli ifodalarning qiymatini topish;

  • Qo‘shishda qo‘shiluvchilar o‘rnini almashtirish. Ko‘paytirishda ko‘paytuvchilar o‘rnini almashtirish;

  • Qo‘shishda qo‘shiluvchilarni guruhlash. Ko‘paytirishda ko‘paytuvchilarni guruhlash. Yig‘indini songa va sonni yig‘indiga ko‘paytirish. Yig‘indini songa bo‘lish.

  • Sonlar ustida og‘zaki va yozma hisoblashlar. Hisoblashlarni bajarishda arifmetik amallarning xossalaridan foydalanish. Arifmetik amallarning noma’lum ikkinchi komponenti (tashkil etuvchisi)ni topish. Hisoblashlarning to‘g‘riligini tekshirish;

  • Sodda tenglamalar va ularning yechimi. Tenglamalarni yechish;

  • Uzunlik, massa va sig‘im kabi xususiyatlariga ko‘ra narsalarni taqqoslash va tartibga solish; uzunlik o‘lchov birliklari (millimetr, santimetr, ditsemetr, metr, kilometr). Massa o‘lchov birliklari (gramm, kilogramm, sentner, tonna). Sig‘im o‘lchov birligi (litr). Vaqt o‘lchov birliklari (sekund, minut, soat, hafta, oy, yil, asr);

  • Harakat (bosib o‘tilgan yo‘l, vaqt, tezlik); ish (butun ishning hajmi, vaqt, mehnat unumdorligi); savdo-sotiq (tovar miqdori, uning narxi va umumiy qiymati) jarayonlarini aniqlaydigan kattaliklar orasidagi bog‘lanishlar;

  • “…va…”, “... Yoki...”, “agar… bo‘lsa, u holda … bo‘ladi” ko‘rinishidagi eng sodda mantiqiy ifodalar;

  • Turli sxemalar, jadvallar, qisqa yozuvlar va boshqa modellar asosida berilgan matnli masalalarni arifmetik usul bilan echish;

Fazoviy joylashishga doir munosabatlar.

  • yuqori – past, chap – o‘ng, usti – osti, yaqin – uzoq, oldida – orqasida, oldin-keyin, orasida va h.k. fazoviy munosabatlar;

Geometrik shaklllar

  • geometrik shakllar: nuqta, to‘g‘ri chiziq, kesma, burchak, ko‘pburchaklar, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchaklar. aylana va doira, kub va shar. kesma uzunligini o‘lchash va berilgan uzunlikdagi kesmani yasash.

  • ko‘pburchak perimetrini hisoblash. geometrik shakl yuzi. yuz o‘lchov birliklari (santimetr kvadrat, ditsemetr kvadrat, metr kvadrat). to‘g‘ri to‘rtburchak yuzini hisoblash.


3. Boshlang‘ich maktab bitiruvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar

Matematikani o‘rganish natijasida har bir o‘quvchi quyidagilarni

bilishi va tushunishi zarur:

  • 1 dan 1 000 000 gacha bo‘lgan ketma-ket kelgan sonlar qatori haqida tasavvurga ega bo‘lish;

  • bir xonali sonlarni qo‘shish va mos ayirish jadvallarini yoddan bilish;

  • bir xonali sonlarni ko‘paytirish va mos bo‘lish jadvallarini yoddan bilish;

  • sonli ifodalarda amallarni ketma-ket bajarish qoidalarini bilish;

Bajara olishi zarur:

  • 1 dan 1 000 000 gacha bo‘lgan sonlarni va nol sonini o‘qish, yozish va taqqoslash;

  • sonni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash;

  • o‘rganilgan matematik atamalardan o‘rnida foydalanish;

  • 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida amallarni og‘zaki bajarish;

  • 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida amallarni bajarishga keltiriladigan ko‘p xonali sonlar ustida amallarni og‘zaki bajarish;

  • 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida qoldiqli bo‘lishni bajarish;

  • ko‘p xonali sonlarni yozma qo‘shish va ayirish;

  • ko‘p xonali sonlarni bir va ikki xonali songa yozma ko‘paytirish va bo‘lish;

  • nol bilan hisoblashlarni bajarish;

  • 2-3 amalli sonli (qavsli va qavssiz) ifodalarning qiymatini topish;

  • bajarilgan hisoblashlar to‘g‘riligini tekshira olish;

  • sodda tenglamalarni yechish;

  • matnli (ikkitadan ko‘p bo‘lmagan amallarni bajarish bilan yechiladigan) masalalarni yechish;

  • berilgan uzunlikka ega bo‘lgan kesmani chizg‘ich yordamida chizish, berilgan kesma uzunligini o‘lchash;

  • o‘rganilgan geometrik shakllarni tanish va ularni (chizg‘ich yordamida yoki qo‘lda) katakli qog‘ozga chizish;

  • to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadratning perimetrini hisoblash;

  • kattaliklarni ularning son qiymatlariga ko‘ra taqqoslash va ularni turli o‘lchov birliklarida ifodalash;

Orttirilgan bilim va ko‘nikmalardan amaliy faoliyatda va kundalik turmushda (quyidagi holatlarda) foydalanishi zarur:

  • o‘rab turgan atrof muhitida mo‘ljal (orientr) olish (manzilga yetib borish marshrutini rejalashtirish, harakatlanish yo‘lini tanlash va hokazo);

  • narsalarni turli xususiyatlari: uzunligi, yuzi, massasi, sig‘imi bo‘yicha taqqoslash va tartibga solish:

  • soat yordamida vaqtni aniqlash (soat va minutlarda);

  • kundalik turmush vaziyatlari (xarid, uzunliklarni o‘lchash, massani tortish va hokazo)ga oid masalalarni yechish;

  • buyumlarning o‘lchamlarini ko‘z bilan “chamalab” baholash;

  • turli geometrik shakllardan foydalanib mustaqil kichik konstruktorlik faoliyati elementlarini bajarish.

4. Boshlang‘ich ta’lim davlat talim standartining sinflar bo‘yicha mazmuni

1- sinfda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimumi

O‘quv yili yakuniga kelib mazkur mazvularni o‘zlashtirish 1-sinf bitiruvchisiga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

Umumiy tushunchalar:

  • Narsalarning xossalari: rangi, shakli, o‘lchamlari, nimaga mo‘ljallanganligi, nimadan yasalganligi, umumiy nomlanishi;

  • Narsalar guruhidan berilgan xossaga egalarini ajratish va o‘zaro taqqoslash. Narsalarni berilgan xossani qanoatlantiruvchi guruhlarga (sinflarga) taqsimlash.

Sonlar va hisoblashlar:

  • Sonlarning sanash va o‘lchash natijasida hosil bo‘lganligi. 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar.

  • Songa 1 ni qo‘shish natijasida sondan oldin keluvchi sonning, 1 ni ayirish natijasida sondan keyin keluvchi sonning hosil bo‘lishi;

  • Arab raqamlari. 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni raqamlash, ularning o‘qilishi, yozilishi va hosil qilinishi;

  • Birliklar va o‘nliklar xonasi va ularning o‘rni;

  • 0 sonining mohiyati va uning kiritilishi;

  • Rim raqamlari. 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarning yozilishi.

  • Narsalar guruhlarini biror xususiyatlariga qarab birlashtirish (qo‘shish amali). Qo‘shish amali belgisi. Birlashtirilgan narsalar orasidan biror xususiyatiga ko‘ra narsalar guruhini ajratish (ayirish amali). Ayirish amali belgisi.

  • 1 dan 20 gacha bo‘lgan sonlar. 1 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarning yozilishi va o‘qilishi. 1 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirish.

  • Qo‘shish amalining tashkil etuvchilari (komponentlari), natijasi va ularning mos ravishda nomlanishi: birinchi qo‘shiluvchi, ikkinchi qo‘shiluvchi va yig‘indi.

  • Ayirish amalining tashkil etuvchilari (komponentlari), natijasi va ularning mos ravishda nomlanishi: kamayuvchi, ayriluvchi, ayirma;

  • 1 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarni o‘zaro taqqoslash va ular orasidagi munosabatlarining yozilishi;

  • O‘nliklar xonasi. O‘nliklar bilan hisoblashlar. 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar, ularning yozilishi va o‘qilishi.

  • 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirish.

  • Qo‘shish va ayirish amallari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar;

  • Qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasi. Sonlarni qo‘shish va ayirish usullari;

  • Bir xonali sonlarni qo‘shish jadvali;

  • “...ta orttirish”, “...ta kamaytirish”, “...ta ko‘p”, “...ta kam” tushunchalari;

  • Tenglik va tengsizlik. «=», «<», «>» ishoralari. Sonli ifodalar. Sonli ifodalarni o‘qish, yozish va ularning qiymatini topish. Ikki amalli ifodalarda amallarni bajarish tartibi.

Kattaliklar va ularni o‘lchash:

  • Uzunlik, massa, sig‘im kattaliklari va ularni o‘lchash;

  • Kattaliklarning o‘lchov birliklari: santimetr, ditsemetr, kilogramm, litr. Bir xil kattaliklarni qo‘shish va ayirish;

  • Masala va uning tuzilishi. Sodda matnli masalalar. Qo‘shish va ayirish amallari mohiyatini ochuvchi matnli masalalar. “...ta ortiq” va “...ta kam” tushunchalariga doir masalalar.

Geometriya elementlari.

  • Tekislik va fazoda o‘rin aniqlash (orientatsiya): “ustida”, “tagida”, “yuqorida”, “pastda”, “o‘ngda”, “chapda”, “o‘rtasida” va hokazo.

  • Nuqta. Chiziqlar: to‘g‘ri chiziq, egri chiziq. Aylana. Kesma. Siniq chiziq. Burchak. To‘g‘ri burchak. Uchburchak. To‘rtburchak. To‘g‘ri to‘rtburchak. Kvadrat.

  • Siniq chiziq uzunligi uni tashkil qiluvchi qismlari yig‘indisi sifatida. To‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat tomonlari yig‘indisini topish.

Qiziqarli va nostandart masalalar

  • Sonli boshqotirmalar va arifmetik rebuslar. Umumiy qonuniyatni topishga va tasniflashga (guruhlarga ajratish) doir mantiqiy masalalar.

  • Qirqishga doir masalalar. Qirqimlardan shakl tuzish. Sanoq cho‘plariga doir masalalar.

1-sinf o‘quvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar

O‘quv yili oxiriga kelib 1- sinf o‘quvchisi quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak:

Sonlar va hisoblashlar bo‘yicha:

Bilim:

- 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ketma-ketligi va ularning nomlanishi bilish;

  • Sonlar ustida qo‘shish va ayirish amallarining nomlari va belgilari bilish;

  • Bir xonali sonlarni qo‘shish va mos ayirish jadvallarini yoddan bilish;

  • Uzunlik, massa va sig‘im o‘lchov birliklari: santimetr, ditsemetr, litr va kilogrammni bilish.

Ko‘nikmalar:

  • Narsalarni xossalari: rangi, shakli, o‘lchamlari, nimaga mo‘ljallanganligi, nimadan yasalganligiga qarab guruhlarga ajrata olish;

  • Bir xonali sonlarni og‘zaki qo‘shish va ayirish;

  • 0 dan 100 gacha sonlarni o‘qish, yozish va taqqoslay olish;

  • 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida qo‘shish va ayirish amallarini bajarish;

  • Qo‘shish va ayirish amali qatnashgan (qavsli va qavssiz) sonli ifodalar qiymatini hisoblash;

  • Qo‘shish va ayirish amallari mohiyatini ochuvchi sodda masalalarni yechish;

  • “...ta ortiq” va “...ta kam” tushunchalariga doir masalalarni yechish;

  • Sodda geometrik shakllar: nuqta, kesma, to‘g‘ri chiziq, egri chiziq, aylana, kesma, siniq chiziq, burchak, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadratni taniy olish;

  • Kesma uzunligini chizg‘ich yordamida o‘lchay olish;

  • Bir xil o‘lchamli kattaliklarni qo‘shish va ayirish;

2- sinfda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimumi

O‘quv yili yakunida mazkur mazvularni o‘zlashtirish 2-sinf o‘quvchisiga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

Sonlar va hisoblashlar:

  • 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar qatorining tuzilishi;

  • 20 ichida sonlarni qo‘shish va ayirish usullari;

  • 100 ichida o‘nlikdan o‘tmasdan sonlarni og‘zaki qo‘shish va ayirish usullari;

  • Birliklar va o‘nliklar xonasi va ularda raqamlarning o‘rni va qiymati;

  • 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirish usullari hamda algoritmi. Sonlarni qulay usulda qo‘shish va ayirish.

  • 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni o‘zaro taqqoslash va ular orasidagi munosabatlarining yozilishi;

  • Qo‘shish va ayirish amallari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar. Qo‘shish va ayirish amallarining to‘g‘ri bajarilganligini tekshirish;

  • ikki amalli sonli ifodalarning qiymatini topish;

  • ikki xonali sonlarni qo‘shish va ayirishni yozma hisoblash;

  • Bir nechta bir xil qo‘shiluvchilar yig‘indisini topish. Sonni bir xil qo‘shiluvchilar yig‘indisi sifatida ifodalash. Ko‘paytirish amali. Ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasi;

  • Bo‘lish amali. Ko‘paytirish va bo‘lish amallarining o‘zaro bog‘liqligi.

  • Jadvalli ko‘paytirish va bo‘lish. Bir xonali sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish jadvallari.

  • Sonlarni 0 va 1 ga ko‘paytirish va bo‘lish. 0 ga bo‘lishning mumkin emasligi.

  • “...marta orttirish”, “...marta kamaytirish”, “...marta ko‘p”, “...marta kam” tushunchalari;

  • Sonlarni 10 ga ko‘paytirish va bo‘lish.

  • 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida ko‘paytirish va bo‘lish usullari hamda va algoritmlari;

  • amallardan biri ko‘paytirish yoki bo‘lish bo‘lgan ikki amalli masalalarni yechish;

  • sonli ifoda va harfiy ifoda tushunchalari;

  • eng sodda sonli ifodalarning qiymatlarini topish;

  • tenglama tushunchasi va x + 3 = 9, 6 – x = 2, x – 5 = 4, x • 6 = 42, 12 : x = 4, x : 2 = 6 tenglamalarga o‘xshash eng sodda tenglamalarni yechish;

  • sonli eng sodda tengsizliklar;

  • Butun va ulushlar. Yarim va chorak tushunchalari. Sonning qismi;

  • 1 – 2 amalli matnli masalalarni yechish;

Kattaliklar va ularni o‘lchash:

  • Uzunlik o‘lchov birligi – metr. Uzunlik o‘lchov birliklari orasidagi munosabatlar. Bir o‘lchov birligidan ikkinchi o‘lchov birligiga o‘tkazish;

  • Aralash o‘lchov birliklarida berilgan kattaliklarni bir xil o‘lchov birligiga keltirish.

  • Kattaliklarni qo‘shish, ayirish va taqqoslash. Kattaliklarni songa ko‘paytirish va bo‘lish;

  • Tovarning narxi, miqdori va umumiy bahosi.

  • Vaqt. Vaqt o‘lchov birligi – soat.

  • Sodda matnli masalalar. Qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallari mohiyatini ochuvchi matnli masalalar. “...ta ortiq” , “...ta kam”, “...marta ortiq”, “...marta kam” tushunchalariga doir masalalar.

  • Turli xil o‘lchov birliklarida berilgan kattaliklarni qo‘shish va ayirish;

  • uzunlik o‘lchov birligi – metr va millimetr;

  • yuz o‘lchov birligi – kvadrat santimetr;

Geometriya elementlari.

  • Geometrik shakllar – tevarak- atrofdagi narsalarining tasviri sifatida;

  • Tekislik. Yassi shakllar. Fazoviy jismlar. Geometrik shakllarni harflar bilan belgilash.

  • Geometrik shakllar: burchak, o‘tkir va o‘tmas burchaklar, to‘g‘ri to‘rtburchak, aylana, doira va ularning ba’zi xossalari;

  • To‘g‘ri to‘rtburchak perimetri. Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak perimetrini hisoblash;

  • Geometrik shaklning yuzi haqida tushuncha.

  • Aylana va doira. sirkul yordamida aylana chizish. Aylana radiusi. Doirani qismlarga bo‘lish.

  • Yassi shakllarni ularning qismlaridan foydalanib tiklash. Yassi shakllarni qismlarga bo‘lish.

Qiziqarli va nostandart masalalar

  • Sonli boshqotirmalar va arifmetik rebuslar. Umumiy qonuniyatni topishga va tasniflashga (guruhlarga ajratish) doir mantiqiy masalalar.

  • Qirqishga doir masalalar. Qirqimlardan shakl tuzish. Sanoq cho‘plariga doir masalalar.

2-sinf o‘quvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar

O‘quv yili oxiriga kelib 2- sinf o‘quvchisi quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak:

Sonlar va hisoblashlar bo‘yicha:

Bilim:

  • 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida qo‘shish va ayirishni bilish;

  • Bir xonali sonlarni qo‘shish va mos ayirish jadvallarini yoddan bilish;

  • Ko‘paytirish amali, uning komponentlari va natijasi, belgilari va asosiy xossalarini bilish;

  • Bo‘lish amali, uning komponentlari va natijasi, belgilari va asosiy xossalarini bilish;

  • arifmetik amallar orasidagi o‘zaro bog‘lanish haqida tassavvurga ega bo‘lish;

  • Ko‘paytirish va mos bo‘lish jadvallarini yoddan bilish;

  • sonli va harfiy ifodalarni bilish va ular orasidagi farqlarni ajrata olish;

  • Eng sodda tenglama va uni yechish haqida tushunchaga ega bo‘lish;

  • butun va ulushlar: yarim, chorak va sonning qismlari haqida tushunchaga ega bo‘lish;

  • Uzunlik yangi o‘lchov birliklari: metr va millimetrni bilish.

Ko‘nikmalar:

  • 100 ichida o‘rganilgan usullar asosida sonlarni og‘zaki qo‘shish va ayirish amallarini bajara olish;

  • 100 ichida sonlarni ustun shaklidagi qo‘shish va ayirishni amalga oshira bilish;

  • ko‘paytirishning asosiy xossasini hisoblashlarda qo‘llay olish;

  • a + 5 , a – 6 , 4 – s , 4 . a , a : 3, 8 : s kabi harfli ifoda qiymatini harfning berilgan qiymatlarida hisoblay olish;

  • sodda tenglamalarni noma’lumning berilgan qiymatlari orasidan tanlash yo‘li bilan yechish;

  • sodda tenglamalarni qo‘shish va ayirish hamda ko‘paytirish va bo‘lish amallari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar yordamida yechish;

  • qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallari mohiyatini ochuvchi matnli masalalar. “...ta ortiq” , “...ta kam”, “...marta ortiq”, “...marta kam” tushunchalariga doir sodda 1 yoki 2 amalli masalalarni yechish;

  • Berilgan sonning yarmi, choragini va qismini topa olish;

  • Uzunlik o‘lchov birliklari: metr, santimetr, ditsemetr va millimetr bilan ishlay olish.

  • Turli o‘lchov birliklarida berilgan kattaliklarni qo‘shish va ayirish;

  • Hisoblashlarda qo‘shish va mos ayirish jadvallarini yoddan qo‘llay bilish;

  • Hisoblashlarda ko‘paytirish va mos bo‘lish jadvallarini yoddan qo‘llay bilish;

  • Tovarning narxi, miqdori va umumiy bahosiga doir masalalarni yechish;

  • Vaqtni soatga qarab chamalab aniqlash;



3- sinfda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimumi

Mazkur mazvularni o‘zlashtirish 3-sinf bitiruvchisiga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

Sonlar va hisoblashlar:

  • 1 dan 1000 gacha bo‘lgan sonlar qatori;

  • 1 dan 1000 gacha bo‘lgan sonlarning o‘nli sanoq sistemasida yozish qoidalari;

  • 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni rim raqamlari bilan raqamlash;

  • 1 dan 1000 gacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirishning yozma (xona birliklaridan chiqadigan hollarda) va og‘zaki usullari;

  • 1 dan 1000 gacha bo‘lgan sonlarni bir xonali sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish usullari. Ko‘paytirish va bo‘lishning to‘g‘ri bajarilganligini tekshirish usullari.

  • Sonni ko‘paytmaga bo‘lish. Yig‘indini songa ko‘paytirish. Sonni yig‘indiga ko‘paytirish. Yig‘indini songa bo‘lish.

  • Nol bilan tugaydigan sonlarni bir xonali sonlarga, o‘nliklarga va yuzliklarga ko‘paytirish va bo‘lish usullari;

  • Sonlarni qoldiqli bo‘lish;

  • Sonning ulushlarini va ulushlari bo‘yicha sonni o‘zini topish usullari;

  • 2 – 3 amalni o‘z ichiga olgan (qavsli va qavssiz) ifodalarda amallarning bajarilish tartibi;

  • x + 123 = 140 , x – 436 = 152, x • 4 = 140, x : 9 = 810 , 630 : x = 70, 810 – x=135 kabi tenglamalarni arifmetik amallar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar asosida yechish;

  • 1–3 amalli matnli masalalarni arifmetik, tenglama tuzish, ifoda tuzish usuli bilan yechish;

  • Massa birliklari: tonna, sentner, kilogramm, gramm orasidagi munosabatlar;

  • Vaqt birliklari: soat, minut, sutka, yil, oy, hafta, sekund, asr orasidagi munosabatlar;

Fazoviy munosabatlar. Geometrik shakllar. Kattaliklar:

  • Atrof-borliq tasviri bo‘lgan yangi geometrik shakllar;

  • Uzunlik o‘lchovi birligi kilometr va uning belgilanishi;

  • uzunlik o‘lchovi birliklari: kilometr, metr, detsimetr, santimetr va millimetrlar orasidagi munosabatlar;

  • Massa o‘lchov birliklari: kilogramm, gramm, tonna va sentner, ularning belgilanishi hamda ular orasidagi munosabatlar;

  • Vaqt o‘lchov birliklari: sutka, hafta, oy, yil va ular orasidagi munosabatlar;

  • Yuz o‘lchovi birligi kvadrat detsimetr va uning belgilanishi;

  • Paletka bilan ishlash;

  • Shakllarning perimetrlari va yuzlarini o‘lchashlar, kataklarni sanash va paletka yordamida hisoblash usullari;

3-sinf o‘quvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar

3-sinf yakunida matematikani o‘rganish natijasida har bir o‘quvchi quyidagilarni

bilishi va tushunishi zarur:

  • 1 dan 1 000 gacha bo‘lgan ketma-ket kelgan sonlar qatori;

  • 1 dan 1 000 gacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirish;

  • sonlarni bir xonali sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish;

  • sonli ifodalarda amallarni ketma-ket bajarish qoidalarini bilish;

  • uzunlik o‘lchovi birligi kilometr va uning belgilanishi (km) haqida tasavvurga ega bo‘lish;

  • uzunlik o‘lchovi birliklari orasidagi munosabatlar;

  • yuz o‘lchovi birligi kvadrat detsimetr va uning belgilanish (kv. dm) haqida tasavvurga ega bo‘lish;

Bajara olishi zarur:

  • 1 dan 1 000 gacha bo‘lgan sonlarni o‘qish, yozish va taqqoslash,

  • Sonni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash;

  • O‘rganilgan matematik atamalardan o‘rnida to‘g‘ri foydalanish;

  • 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida amallarni og‘zaki bajarish;

  • 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida qoldiqli bo‘lishni bajarish;

  • 1 dan 1 000 gacha bo‘lgan sonlarni yozma qo‘shish va ayirish va natijani tekshirish;

  • 3 xonali sonlarni bir xonali songa yozma ko‘paytirish va bo‘lish va natijani tekshirish;

  • 1 000 gacha bo‘lgan sonlarni bir xonali songa yozma bo‘lish va natijani tekshirish;

  • Sonni ko‘paytmaga bo‘lish, yig‘indini songa ko‘paytirish va sonni yig‘indiga ko‘paytirish hamda yig‘indini songa bo‘lish usullarini bilish;

  • Nol bilan hisoblashlarni bajarish;

  • 2-3 amalli sonli (qavsli va qavssiz) ifodalarning qiymatini topish;

  • Bajarilgan hisoblashlar to‘g‘riligini tekshirish;

  • Matnli (ikkitadan ko‘p bo‘lmagan amallarni bajarish bilan yechiladigan) masalalarni yechish;

  • O‘rganilgan geometrik shakllarni tanish va ularni (chizg‘ich yordamida yoki qo‘lda) katakli qog‘ozga chizish;

  • Kattaliklarni ularning son qiymatlariga ko‘ra taqqoslash va ularni turli o‘lchov birliklarida ifodalash;

  • 1–2 amalli masalalarni (shakllar bo‘yicha, reja bo‘yicha, ifoda tuzib) yechish.

Orttirilgan bilim va ko‘nikmalardan amaliy faoliyatda va kundalik turmushda (quyidagi holatlarda) foydalana olishi zarur:

  • o‘rab turgan atrof muhitida mo‘ljal olish (manzilga yetib borish marshrutini rejalashtirish, harakatlanish yo‘lini tanlash va hokazo);

  • narsalarning turli xususiyatlari: uzunligi, yuzi, massasi, sig‘imi bo‘yicha taqqoslash va tartibga solish:

  • soat yordamida vaqtni aniqlash (soat va minutlarda);

  • kundalik turmush vaziyatlari (xarid, o‘lchash, og‘irliklarni tortish va hokazo)ga oid masalalarni yechish;

  • buyumlarning o‘lchamlarini ko‘z bilan “chamalab” baholash;

  • o‘rganilgan geometrik shakllardan foydalanib mustaqil kichik konstruktorlik faoliyati elementlarini bajarish.

4- sinfda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimumi

4-sinf yakunida mazkur mazvularni o‘zlashtirish o‘quvchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

Sonlar va hisoblashlar:

  • 1 dan 1 000 000 gacha ketma-ket kelgan sonlar qatori, ularning nomi va yozilishi. birlar va minglar sinfi va ularning xona birliklari.

  • sonlarni xona birliklari yig‘indisi shaklida yozish;

  • 1 dan 1 000 000 gacha bo‘lgan sonlarni ustun shaklida qo‘shish va ayirish;

  • bir necha sonni ustun usulida qo‘shish;

  • sonlarni 10, 100 marta orttirish va kamaytirish;

  • sonlarni ustun shaklida bir va ikki xonali songa ko‘paytirish va bo‘lish.

  • sonli ifodalarda amallarni bajarish tartibi. qavs qatnashgan va qavs qatnashmagan sonli ifodalarning qiymatini topish;

  • qo‘shishda qo‘shiluvchilar o‘rnini almashtirish qoidasi. ko‘paytirishda ko‘paytuvchilar o‘rnini almashtirish qoidasi;

  • Qo‘shishda qo‘shiluvchilarni guruhlash qoidasi. Ko‘paytirishda ko‘paytuvchilarni guruhlash qoidasi. Yig‘indini songa va sonni yig‘indiga ko‘paytirish. yig‘indini songa bo‘lish.

  • sonlar ustida og‘zaki va yozma hisoblashlar. hisoblashlarni bajarishda arifmetik amallarning xossalaridan foydalanish. arifmetik amallarning noma’lum ikkinchi komponenti (tashkil etuvchisi)ni topish. Hisoblashlarning to‘g‘riligini tekshirish;

  • sodda tenglamalar va ularning yechimi. tenglamalarni yechish;

  • uzunlik o‘lchov birliklari (millimetr, santimetr, detsimetr, metr, kilometr);

  • massa o‘lchov birliklari (gramm, kilogramm, sentner, tonna). sig‘im o‘lchov birligi (litr). vaqt o‘lchov birliklari (sekund, minut, soat, hafta, oy, yil, asr);

  • harakat (bosib o‘tilgan yo‘l, vaqt, tezlik); ish (butun ishning hajmi, vaqt, mehnat unumdorligi); savdo-sotiq (tovar miqdori, uning narxi va umumiy qiymati) jarayonlarini aniqlaydigan kattaliklar orasidagi bog‘lanishlar;

  • “…va…”, “... yoki...”, “agar… bo‘lsa, u holda … bo‘ladi” ko‘rinishidagi eng sodda mantiqiy ifodalar;

  • turli sxemalar, jadvallar, qisqa yozuvlar va boshqa modellar asosida berilgan matnli masalalarni arifmetik usul bilan echish;

Geometrik shaklllar

  • geometrik shakllar: nuqta, to‘g‘ri chiziq, kesma, burchak, ko‘pburchaklar, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchaklar, aylana va doira, kub va shar, kesma uzunligini o‘lchash va berilgan uzunlikdagi kesmani yasash.

  • ko‘pburchak perimetrini hisoblash. geometrik shakl yuzi, yuz o‘lchov birliklari (santimetr, kvadrat, detsimetr, kvadrat, metr kvadrat,)

Boshlang‘ich maktab 4-sinf bitiruvchisining matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan minimal talablar

4-sinf yakunida matematikani o‘rganish natijasida har bir o‘quvchi quyidagilarni

bilishi va tushunishi zarur:

  • 1 dan 1 000 000 gacha bo‘lgan ketma-ket kelgan sonlar qatori haqida tasavvurga ega bo‘lish;

  • bir xonali sonlarni qo‘shish va mos ayirish jadvallarini yoddan bilish;

  • bir xonali sonlarni ko‘paytirish va mos bo‘lish jadvallarini yoddan bilish;

  • sonli ifodalarda amallarni ketma-ket bajarish qoidalarini bilish;

  • sonlarni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi shaklida yozish;

Bajara olishi zarur:

  • 1 dan 1 000 000 gacha bo‘lgan sonlarni va nol sonini o‘qish, yozish va taqqoslash,

  • sonni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash;

  • o‘rganilgan matematik atamalardan o‘rnida foydalanish;

  • 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida amallarni og‘zaki bajarish;

  • 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida amallarni bajarishga keltiriladigan ko‘p xonali sonlar ustida amallarni og‘zaki bajarish;

  • 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ustida qoldiqli bo‘lishni bajarish;

  • 100 gacha bo‘lgan sonlarni ustun shaklida yozma qo‘shish va ayirish;

  • nol bilan tugaydigan songa ko‘paytirish va bo‘lish;

  • 100 gacha bo‘lgan sonlarni ustun shaklida ikki va uch xonali songa yozma ko‘paytirish va bo‘lish;

  • 2-3 amalli sonli (qavsli va qavssiz) ifodalarning qiymatini topish;

  • bajarilgan hisoblashlar to‘g‘riligini tekshirish;

  • sonli ifodalarda amallarni bajarish tartibiga ko‘ra qavs qatnashgan va qavs qatnashmagan sonli ifodalarning qiymatini topish;

  • sodda tenglamalar: noma’lum qo‘shiluvchi, noma’lum ayriluvchi, noma’lum kamayuvchi, noma’lum ko‘paytuvchi, noma’lum bo‘linuvchi va noma’lum bo‘luvchini topishga doir tenglamalarni yechish;

  • matnli (ikkitadan ko‘p bo‘lmagan amallarni bajarish bilan yechiladigan) masalalarni yechish;

  • o‘rganilgan geometrik shakllarni tanish va ularni (chizg‘ich yordamida yoki qo‘lda) katakli qog‘ozga chizish;

  • to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadratning perimetrini hisoblash;

  • kattaliklarni ularning son qiymatlariga ko‘ra taqqoslash va ularni turli o‘lchov birliklarida ifodalash;

  • aralash o‘lchov birliklarida berilgan kattaliklarni qo‘shish va ayirish hamda ularni songa ko‘paytirish va bo‘lish;

  • “…va…”, “... yoki...”, “agar… bo‘lsa, u holda … bo‘ladi” ko‘rinishidagi eng sodda mantiqiy ifodalarni to‘g‘ri tuza olish;

Orttirilgan bilim va ko‘nikmalardan amaliy faoliyatda va kundalik turmushda (quyidagi holatlarda) foydalanishi zarur:

  • o‘rab turgan atrof muhitida mo‘ljal (oriyentr) olish (manzilga yetib borish marshrutini rejalashtirish, harakatlanish yo‘lini tanlash va hokazo);

  • narsalarni turli xususiyatlari: uzunligi, yuzi, massasi, sig‘imi bo‘yicha taqqoslash va tartibga solish:

  • soat yordamida vaqtni aniqlash (soat va minutlarda);

  • kundalik turmush vaziyatlari (xarid, uzunliklarni o‘lchash, massani tortish va hokazo)ga oid masalalarni yechishda o‘zlashtirilgan bilimlarni qo‘llash;

  • harakat (bosib o‘tilgan yo‘l, vaqt, tezlik); ish (butun ishning hajmi, vaqt, mehnat unumdorligi); savdo-sotiq (tovar miqdori, uning narxi va umumiy qiymati) jarayonlarini aniqlaydigan kattaliklar orasidagi bog‘lanishlarga doir masalalarni yechish;

  • buyumlarning o‘lchamlarini ko‘z bilan “chamalab” baholash;

  • turli geometrik shakllardan foydalanib mustaqil kichik konstruktorlik faoliyati elementlarini bajarish.

Matematikadan o‘quv dasturi

(1 – 4- SINF)

Uqtirish xati

Boshlang‘ich matematika kursining asosini natural son va nol, butun musbat sonlar ustida to‘rt arifmetik amal hamda ularning asosiy xossalari haqidagi aniq tasavvurlar va bu bilimlarga asoslangan og‘zaki va yozma hisoblash usullarini ongli va puxta o‘zlashtirishni tashkil etishi kerak. Jadval hollaridagi hisoblash malakalarini avtomatik darajasida yetkazilishi lozim.

Matematika kursi asosiy kattaliklar va geometriya elementlari bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Ular imkoniyat darajasiga ko‘ra o‘quvchilarning son, arifmetik amallar va matematik munosabatlar haqi­dagi tushunchalarni yuqori darajada o‘zlashtirilishiga yordam bera borib, arifmetik bilimlar tizimiga qo‘shiladi.

Dastur matematik tushunchalarning hayotiy materiallar asosida o‘zlashtirilishini ko‘zda tutadi. Bu esa darsda o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan tushuncha va qoidalar amaliyotiga xizmat qilishini, hayotiy ehtiyojlar natijasida vujudga kelganligini o‘quvchilarga yetkazib berish imkonini beradi hamda fan va amaliyot orasidagi aloqalarni to‘g‘ri tushunishga asos yaratadi.

Matematika bolalarda tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish, kuzatuvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi. Shuningdek, matematika o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini oshirish, ularning o‘z fikrlarini aniq, to‘g‘ri va tushunarli bayon etishi uchun zamin hozirlaydi. O‘qituvchining vazifasi - bolalarga matematikani o‘qitishda bu imkoniyatlardan samarali foydalana olishdan iborat.

1-4 sinflarda matematikani o‘qitishga haftasiga 5 soatdan vaqt ajratiladi. O‘quv materialini sinflarda taqsimlashda o‘rganilayotgan sonlar va ular bilan arifmetik amallarni bajarish doirasi asta-sekin kengaytirilib borishi nazarda tutiladi: 1-sinfda— «0 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar. Raqamlash. 100 ichida sonlarni xonadan o‘tmasdan qo‘shish va ayirish». 2-sinfda — «0 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar. 100 ichida sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish va ayirish. Jadval ichida ko‘paytirish va bo‘lish. 3-sinfda — «1 dan 1000 gacha bo‘lgan sonlar, jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish. To‘rt arifmetik amal», 4-sinfda «Ko‘p xonali sonlar. To‘rt arifmetik amal» kabi mavzular qaraladi.

Birinchi sinfda o‘quvchilar ikki o‘nlik ichidagi, ya’ni, 1 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarning nomlari (atalishlari) bilan tanishadilar. Bu esa, xususan, o‘quvchilarda narsalarni sanash malakasini hosil qilish uchun qo‘llaniladi.

Raqamlarning yozilishi bilan tanishtirish shu sonlarning hosil bo‘lishini o‘rgatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Shu sababli 1-darsdanoq o‘quvchilar 1 soni bilan tanishadilar va 1 raqamini daftarlariga yozadilar.

Shu bilan birga o‘qitishning birinchi kunidan boshlaboq bolalarda ba’zi muhim umumlashmalar shakllana boshlaydi (birinchi o‘nlik sonlari misolida natural qatorning har bir keyin keladigan soni qanday bo‘lishi oydinlashtiriladi, qatorning soni va undan oldin yoki keyin keladigan hamma sonlari orasidagi bog‘lanish o‘rgatiladi va hokazo), o‘quvchilar sonlarni taqqoslash usullari bilan (oldin narsalarning mos to‘plamlari ustida amallar bajarish asosida, keyin esa taqqoslanayotgan sonlarning qatorida egallagan o‘rinlari bo‘yicha) tanishadilar: ular ikki son yig‘indisini topishni o‘rganadilar (oldin narsalarning to‘plamlarini birlashtirish va hosil bo‘lgan to‘plamlar elementlari sonini sanash asosida topish, keyin esa bittalab yoki guruhlab qo‘shib sanash va boshqa usullardan foydalanib topish).

Birinchi yarim yillikda o‘quvchilar matematik amallar nomlari, tarkibiy qismlari, ular hosil etadigan natijalar nomlari bilan tanishadilar. Bundan tashqari o‘quvchilar matematik belgilarning ba’zi elementlari— amal ishoralari (plyus — qo‘shish, minus—ayirish), munosabat belgilari (katta, kichik, teng) bilan tanishishlari hamda 2 + 6 (2 va 6 sonlari yig‘indisi), 9 - 2 (9 va 2 sonlari ayirmasi) va boshqa shunga o‘xshash eng sodda matematik ifodalarni o‘qish va yozishni o‘rganib olishlari kerak.

3 + 3 va 7 + 3, 6 + 3 va 6 - 3 ko‘rinishdagi ifodalarni taqqoslashga doir mashqlarni bajarishda bolalar bu ifodalar orasidagi o‘xshash va farqli xususiyatlarni ko‘radilar va shu asosda ularning qiymatlari teng yoki teng emasligi, agar teng bo‘lmasa, u holda berilgan ifodalardan qaysinisining qiymati katta (kichik) degan savollarni hal qiladilar. Chiqarilgan xulosa har doim asoslanishi, so‘ngra hisoblashlar yordamida tekshirilishi kerak. Birinchi sinfda matematika o‘qitishda o‘quvchilarda og‘zaki hisoblashlarning puxta ko‘nikmalarini shakllantirishga katta ahamiyat beriladi.



Shu munosabat bilan dasturda arifmetik amallarning ba’zi muhim xulosalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar (yig‘indining o‘rin almashtirish xossasi. Yig‘indining guruhlash xossasi va hokazo) bilan tanishtirish kiritilgan, bular bilan bolalar amaliy asosda tanishadilar.

Dasturda 10 gacha, 100 gacha bo‘lgan sonlar bilan qo‘shish va ayirish amallarini bajarish o‘rtasida uzviy aloqa o‘rnatilgan. 10 ichida raqamlash hamda qo‘shish va ayirishni o‘rgangandan keyin 11 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni raqamlashga, 100 ichida sonlarni xonadan o‘tmasdan qo‘shish va ayirishga to‘xtab o‘tish nazarda tutiladi. Shu munosabat bilan o‘qituvchi bolalarga nafaqat jadvalni eslab qolishlari uchun o‘z vaqtida ko‘rsatma beribgina qolmay, balki, uni o‘zlashtirishlari uchun zaruriy kundalik tayyorgarlik ishlarini ham olib boradi.



100 ichida sonlarni qo‘shish va ayirishda oldin sonni yig‘indiga, so‘ngra yig‘indini songa qo‘shishning har xil usullari qaraladi. Shundan keyin esa yig‘indini yig‘indiga qo‘shish va yig‘indidan yig‘indini ayirish qaraladi. O‘quvchilar yig‘indi va ayirmaning asosiy xossalaridan kelib chiqadigan qoidalar bilan tanishadilar. Bu qoidalardan foydalanib, ular og‘zaki hisoblash, undan keyin esa yozma hisoblashning har xil usullarini ongli, tushunib o‘zlashtiradilar, yechishning eng maqbul yo‘llarini izlashni o‘rganadilar.

Hisoblashlarning ravon va tez bo‘lishiga katta e’tibor berilishi kerak. Shu bois qo‘shish va ayirishga doir u yoki bu misolning echilishini mufassal tushuntirishdan o‘quvchi yo‘l qo‘ygan xatoliklarni tushuntirishda zarur bo‘lib qolganda foydalanish kerak.



Tez hisoblash malakalarini shakllantirish uchun yechishni mufassal tushuntirishdan og‘zaki, qisqa va lo‘nda tushuntirishlarga o‘z vaqtida o‘tishni ta’minlash muhimdir.

Ko‘paytirish va bo‘lishni o‘rganishga tayyorgarlik ishlari 2-sinfda, birinchi yarim yillikda boshlanadi. Bir xil qo‘shiluvchilar yig‘indisini topish va sonni bir xil qo‘shiluvchilarga yoyish bo‘yicha dasturda nazarda tutilgan mashqlarni turli shakllarda (misollar) va matnli masalalar yechish, narsalar to‘plamlari bilan amaliy ishlarni o‘tkazish foydali. Bu mashqlarning hammasi ko‘rsatmalilik asosida bajarilishi kerak. Bir xil qo‘shiluvchilar yig‘indisini topishga qanday son qo‘shiluvchi bo‘lib takrorlanayotganini va necha marta takrorlanayotganini aniqlash muhimdir. Sonni bir xil qo‘shiluvchilarga ajratishga doir mashqlar didaktik mate-riallar bilan amaliy ishlar bajarish shaklida og‘zaki o‘tkaziladi, shuningdek, quyidagi ko‘rinishdagi topshiriqlar shaklida ham o‘tkaziladi: «12 sonini ikkita bir xil qo‘shiluvchi shaklida ifodalang» va hokazo.

Ko‘paytirish jadvalini tuzishga qadar ko‘paytirish bilan bo‘lish orasidagi bog‘lanish ochib beriladi, teng qismlarga bo‘lish va mazmuniga ko‘ra bo‘lish o‘rganiladi, ko‘paytirish va bo‘lish amallarining tarkibiy qismlari va ular hosil etadigan natijalarning nomlari kiritildi. O‘quvchilar jadvallarni o‘rganishga qadar ko‘paytirish va bo‘lish amallarining noma’lum tarkibiy qismlarini topish bilan ham, ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasi bilan ham tanishadilar. Bu xildagi tayyorgarlik ishi tufayli bitta ko‘paytirish jadvalini tuzish va eslab qolish, so‘ngra esa ko‘paytuvchilarning o‘rinlarini almashtirish natijasida hosil bo‘lgan misollarni yechish, shuningdek, bo‘lishga oid misollarni yechishda bu jadvaldan foydalanish mumkin bo‘ladi. Jadvallarni o‘rganishda o‘quvchilarning umumiy qonuniyatlarga doir ilgari egallagan bilimlariga tayanilgan holda ularning ko‘paytirish jadvalini puxta o‘zlashtirishlarini hamda bo‘lishga doir misollarni yechishda talab qilinadigan tezlikni egallashlarini ta’minlovchi barcha choralarni ko‘rish kerak.

Shunday qilib, ikkinchi sinfda matematikani o‘qitishning muhim vazifasi bolalarning bir xonali sonlarni ko‘paytirish jadvalini bilishlarini avtomatik darajasiga etkazishdan iboratdir.

Hisoblash ko‘nikmalarining shakllanishi uchun zarur bo‘lgan topshiriqlardan tashqari dasturda shunday mashqlar ham borki, ular hisoblashlar bilan bog‘liq bo‘lsada, biroq, qo‘shimcha mazmunga ham egadir.

Dastur matnida turli ifodalarni taqqoslash bilan bog‘liq shunday mashq namunalari berilgan: masalan, bolalar a • 4 va 4 • a, 26 + 5 va 26 + 4 kabi ifodalarni taqqoslash, ular orasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlaydilar va shu asosda bu ifodalarning qiymati teng emasligini, agar teng bo‘lmasa, u holda qaysi ifodaning qiymati katta (kichik)ligini topadilar. Aytilgan fikr har doim asoslanishi, so‘ngra hisoblashlar bilan tekshirilishi kerak.

Agar taqqoslanayotgan ifodalarning qiymatlarini oldindan baholash uchun egallangan bilimlar va to‘plangan tajriba yetarli bo‘lmasa, u holda masala hisoblashlar yordamida (topilgan sonlarni taqqoslash bilan) hal etilishi mumkin.

Bolalar o‘rganilayotgan amallar (masalan, 6-3 va 6-2+6 ko‘rinishdagi ifodalarni taqqoslash), o‘rganilgan amallarning xossalari (masalan, 9 4 + 3 • 4 va 12 4 ko‘rinishdagi ifodalarni taqqoslash) va amallar orasidagi bog‘lanishlarning (masalan, 3 + 3 + 3 +3 va 34 ko‘rinishdagi ifodalarni taqqoslash) ma’nosini chuqur tushunib olishlari uchun bundan keyin turli ifodalarni taqqoslashdan foydalaniladi.

Dastur matnida bu xildagi misol namunalari keltirilgan bo‘lib, o‘qitish jarayonida tobora murakkablashib boruvchi ifodalarni taqqoslashlar bilan bog‘liq turli topshiriqlardan ham foydalanish lozim. Bu xil mashqlarni bajarish o‘quvchilarda matematik mashqlarga qiziqishni uyg‘otish, ularda kuzatuvchanlikni, mulohazalarning asoslangan bo‘lishi va o‘z-o‘zini tekshirish malakasini hosil etish imkonini beradi.

Shu bilan birga bunday mashqlarni bajarish jarayonida o‘quvchilarning arifmetik amallarni bajarishga oid nazariy bilimlari chuqurlashadi.

Yig‘indini songa ko‘paytirish (bo‘lish) va sonni yig‘indiga ko‘paytirish (yig‘indiga nisbatan ko‘paytirish va bo‘lishning taqsimot qonuni) qoidalarini dastlabki o‘rganish asosida jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish usullari ko‘rib chiqiladi.

Dasturda arifmetik amallarning asosiy xossalari va ulardan kelib chiqadigan xulosalar (yig‘indini songa ko‘paytirish va bo‘lish kabilar) bilan tanishtiruvchi materiallar kiritilgan.

3-sinfda 1000 ichida sonlarni qo‘shish va ayirishni o‘rganishda o‘quvchilar oldin yig‘indini songa va sonni yig‘indiga qo‘shishning (530 + 200, 530 + 20 ko‘rinishdagi misollar), sondan yig‘indini ayirish va yig‘indidan sonni ayirish (450-30, 580-250 ko‘rinishidagi misollar) turli usullarni qo‘llab, og‘zaki hisoblash usullari bilan tanishadilar; boshqa hollarda ular yig‘indini-yig‘indiga qo‘shish va yig‘indidan-yig‘indini ayirish (350 + 280, 270 + 530, 600 - 370 ko‘rinishdagi misollar) usullaridan foydalanadilar. Bu mashqlarni bajarib, bolalar oldin og‘zaki hisoblashlarning, so‘ngra yozma hisoblashlarning turli usullarini ongli o‘zlashtiradilar.

Shundan so‘ng bolalar 1000 ichida sonlarni yozma qo‘shish va ayirish usullari bilan tanishishga kirishadilar. Og‘zaki hisoblashlar bilan bir qatorda dasturda yozma hisoblashlarga o‘rgatishga ham katta e’tibor beriladi. 1000 ichida sonlarni to‘g‘ri va tez yozma qo‘shish va ayirish malakalari avtomatizm darajasiga etkazilishi kerak (bunga o‘quvchilar zarur hollarda bajarilayotgan amalni tushuntirib bera oladigan bo‘lishlari kerak).

Yozma hisoblashlar ustida ish olib borish bilan bir vaqtda bolalarning arifmetik amallar haqidagi, bu amallar orasidagi amal tarkibiy qismlari va natijalari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar, amal tarkibiy qismlaridan birining o‘zgarishi bilan natijaning o‘zgarishi haqidagi bilimlari chuqurlashtiriladi va umumlashtiriladi. Amallarning xossalari bilan tanishtirish davom ettiriladi: sonni ko‘paytmaga ko‘paytirish va bo‘lish xossasi ko‘rib chiqiladi. Bu bilimlar ratsional hisoblash usullarini egallash hamda masalalar yechishda qo‘llaniladi.

4-sinf dasturi 1 000 000 ichida sonlar bilan to‘rt arifmetik amalni bajarishni, ko‘p xonali sonlarni milliard ichida raqamlashni o‘rganishni, sonlar doirasini kengaytirishni nazarda tutadi.

Raqamlashni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda og‘zaki hisoblashlarda, keyinchalik esa hisoblashlarda qo‘llaniladigan sonlarni o‘qish va yozish, sonlar tarkibini bilish ko‘nikmalari shakllanishi lozim.

Xonalar va sinflar (birliklar, mingliklar va hokazo)ning tuzilishi bilan tanishtirish o‘quvchilarning o‘nli sanoq sistemasining tuzilish prinsiplarini to‘la anglab yetishlari uchun asos yaratadi.



«Raqamlash mavzusini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar ilgari egallagan o‘lchov birliklari haqida bilimlarini umumlashtirishlari, uzunlik, massa, vaqt birliklari jadvalini yodda saqlab qolish ustida mashq qilishlari», ularni puxta o‘zlashtirish ustida ishlashlari kerak. Ularda o‘lchov birliklari haqidagi aniq tasavvurlarni shakllantirishga alohida e’tibor berib, u yoki bu narsani o‘lchash uchun qanday birliklardan foydalanish qulayligini so‘rash muhimdir.

O‘quv yili mobaynida darsdan-darsga qadar o‘quvchilarda yozma va og‘zaki hisoblash malakalarini shakllantirishga oid ishlar muntazam ravishda olib borilishi lozim.

Har qaysi dars uchun mashqlar tanlashda quyidagi bo‘limlarga e’tibor berish kerak:



  • 10 va 20 ichida sonlarni qo‘shish va ayirish jadvallari.

  • Ko‘paytirish va bo‘lish jadvallari.

  • 100 ichida sonlarni jadvaldan tashqari ko‘paytirish, bo‘lish.

  • Qavs va qavssiz ifodalarda amallarni bajarish tartibi haqidagi qoidalarni qo‘llashga doir turli mashqlar.

Amallarni bajarish tartibi qoidalarini o‘zlashtirish yuzasidan oldingi sinflarda ham ma’lum ishlar olib borilgan, lekin 4-sinfda bitta emas, bir necha juft qavslar ishtirok etgan ifodalar hamda qavslar ichida ikki undan ortiq amal qatnashgan ifodalar qaraladi.

Amallarni bajarish tartibini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan mashqlarni tanlashda avval hisoblashlar og‘zaki, tez va oson bajariladigan misollar, yozma hisoblash malakalari shakllangandan so‘ng esa topshiriqlar qatoriga ko‘p xonali sonlar bilan 3 — 4 amalli, qavsli va qavssiz ifodalar kiritish mumkin.

O‘quvchilar tomonidan yozma hisoblash algoritmlarini o‘zlashtirish masalasi boshlang‘ich sinflarning matematika kursi oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Bunda nafaqat mos ko‘nikma va malakalarni shakllantirish masalasi, balki hisoblash usullarini katta sonlar doirasiga keng yoyish imkoniyatlari ham qaraladi. Shu bilan birga arifmetik amallarning bir qator yangi xossalari ko‘rib chiqiladi. Masalan, ikki xonali songa ko‘paytirish algoritmining nazariy sifatida sonni yig‘indiga ko‘paytirishning turli usullari; nollar bilan tugaydigan songa ko‘paytirish algoritmi uchun esa sonni ko‘paytmaga ko‘paytirish (46 200 = 46 2 100) usuli olinadi. Xuddi shunday, bo‘lish usulini asoslash uchun sonni ko‘paytmaga bo‘lish usullari ko‘rib chiqiladi.

Shu bilan birga dastur o‘rganilayotgan algoritmlarni puxta o‘zlashtirish hamda yozma hisoblash malakalariga ega bo‘lishni nazarda tutadi. Bir xonali va ikki xonali songa yozma ko‘paytirish va bir xonali hamda ikki xonali songa yozma bo‘lishni ishonchli bajara olish o‘quv yili oxiriga kelib o‘quvchilarning egallashlari kerak bo‘lgan ko‘nikmalardan biridir. 4-sinfda uch xonali songa yozma bo‘lish masalasi tanishtirish rejasida qaraladi, ya’ni bunday hisoblashlarni o‘quvchilar o‘quv yili oxirigacha mos ravishdagi yodda saqlashga asoslangan holda yoki o‘qituvchining bevosita rahbarligida bajarishlari mumkin.

Harfli belgilash elementlarining kiritilishi ham arifmetik materialni tushungan holda, chuqur va umumlashgan tarzda o‘zlashtirishga imkon beradi. Sonli ma’lumotlari berilgan masalaga tenglama tuzishda izlanayotgan miqdorni belgilash uchun matematik belgi sifatida harfdan foydalaniladi. Masalan, «Agar o‘ylangan songa 4 ni qo‘shsak, 9 hosil bo‘lsa, qanday son o‘ylangan bo‘ladi» (x + 4 = 9). Shundan keyin, bolalarda o‘zgaruvchi haqidagi tasavvur asta-sekin shakllana boradi. Bunda, endi harf o‘zgaruvchining belgisi sifatida qatnashadi. Bolalar a + 4, b5,

a + b, a — b kabi eng sodda harfiy ifodalarning qiymatlari ularga kirgan harflarning har xil qiymatlarida topishni o‘rganadilar. Bolalar harfli-ma’lumotli eng sodda masalalarning yechilishi bilan birinchi marta tanishadilar.

Ikkinchi sinfdan boshlab tenglamalarni yechish bo‘yicha murakkablik darajasi asta-sekin ortib boruvchi mashqlar sistemasi kiritiladi: oldin bolalar 3 + x =8, 5— x= 3> x — 2= 4 kabi tenglamalarni yechadilar. So‘ng mashqlar qatoriga 2 • x = 14, x 5 = 20, x : 4 = 3, 16 : x = 2 ko‘rinishdagi mashqlar kiritiladi. Bu tenglamalarning hammasi tanlash usuli hamda amallar komponentlari bilan natijalari orasidagi bog‘lanishni bilganlik asosida yechiladi.

Dastur matnida keltirilgan misollardan bunday topshiriqlarning murakkablik darajasi juda ehtiyotlik bilan orttirilishi ko‘rinib turibdi. Ikki ifodaning teng bo‘lishi hollari bilan bir qatorda tengsizlik hollari ham kiritiladi. Tengsizlik hollari mashqlar tizimiga har xillilik kiritibgina qolmay, balki shu bilan birga bolalarni ular uchun yangi bo‘lgan hol, ya’ni harflarning qo‘yilgan shartni qanoatlantiruvchi ma’lum sondagi qiymatlarigina mavjudligi holi bilan tanishtiradi (masalan, a harfining a + 4 < 8 yozuv to‘g‘ri bo‘ladigan qiymatlarini aniqlab, bolalar o‘zlariga tanish sonlar sohasida mazkur shartni 0, 1, 2, 3 sonlarigina qanoatlantirishiga ishonch hosil qiladilar. Sonlarning berilgan sohasidagi mumkin bo‘lgan birorta son qiymati qo‘yilgan shartlarning birortasini ham qanoatlantirmaydigan hol bilan o‘quvchilarni tanishtirish foydali (masalan, quyidagi kabi misollarda: «Harflarning a + 2<2, b:b>2 yozuvlari to‘g‘ri bo‘ladigan qiymatlarini toping»).

3-sinfda x • 3 = 76 - 58, x : 5 = 30 : 6 ko‘rinishidagi murakkabroq tenglamalar ham kiritiladi. Bunday mashqlar, asosan, amal tarkibiy qismlari va natijalari orasidagi bog‘lanishlarni bilish asosida yechiladi.

Bunday ishlar 4-sinfda davom ettiriladi.

Boshlang‘ich sinflarda arifmetik masalalar matematika kursining eng katta va muhim tarkibiy qismidir. Ularda butun kursning asosiy mazmuni va shu bilan birga arifmetik tushunchalarning mazmuni ochib beriladi. Masalalar yechish jarayonida o‘quvchilar har bir amal ma’nosini va ularni qo‘llashning asosiy hollarini o‘zlashtiradilar: og‘zaki va yozma hisoblash malakalari qo‘llaniladi va mustahkamlanadi, masalalar yechishga o‘rgatish o‘quvchilarning mustaqil faoliyatlarini rivojlantirish uchun, ularda faollik va tashabbuskorlikni oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.



Arifmetik amallarning mazmunini ochish sodda masalalarni (ya’ni, bir arifmetik amal bilan yechiladigan masalalarni) yechish bilan bog‘liq. Shuning uchun, har bir o‘quv yili dasturida sodda masalalarning barcha mumkin bo‘lgan hollari beriladi.

Masalalarni tanlash va ularni vaqt bo‘yicha joylashtirish tizimi shunday hisob bilan tuziladiki, bu biror jihatdan o‘xshash bo‘lgan (shuning uchun bolalar aralashtirib yuboradigan) masalalarni, o‘zaro teskari masalalarni taqqoslash, qarshi qo‘yish uchun sharoit yaratib beradi. Bunda o‘quvchilarning turli masalalar bilan uchrashishlari nazarda tutilgan. Bu esa, masalalar yechishda zararli bo‘lgan va qotib qolgan fikrlarning paydo bo‘lishining oldini oladi: bolalar boshidan boshlaboq masalani yechish uchun u yoki bu amalni tanlashdan oldin uni asosli tahlil qilishga majbur bo‘ladilar.

O‘quvchilarda masalalarni yechish ko‘nikmasi to‘rt yil mobaynida asta-sekin rivojlanib boradi. Maqsad o‘quvchilarning o‘zlari yechishga kuchlari yeta oladigan arifmetik masalalarni yechish yo‘llarini mustaqil topa olishlariga erishishdir.

Boshlang‘ich sinf matematika dasturining asosiy talablari o‘quvchilar tomonidan to‘rt arifmetik amalga oid sodda matnli masalalarni yechish ko‘nikmasini egallashni nazarda tutadi. Bu quyidagi ko‘rinishdagi masalalardir:

har bir amal mazmunini ochib beruvchi (ikki qo‘shiluvchining
yig‘indisi, ayirma, ko‘paytmani topish; teng qismlarga bo‘lish yoki mazmuniga ko‘ra bo‘lishga oid);

berilgan sondan bir necha birlik (yoki bir necha marta) katta
(kichik) bo‘lgan sonni topish talab etilgan masalalar hamda ayirish va
bo‘lish yordamida sonlarni taqqoslashga (ayirmali va karrali taqqoslashga)
doir;

amal tarkibiy qismlaridan birini topishga doir;

sonning ulushini va ulushga ko‘ra sonni topishga doir.

4-sinfda o‘quvchilar uchun yangi bo‘lgan, yuqorida keltirilgan guruhchalardan ikkinchisiga oid turli ko‘rinishdagi masalalar kiritiladi. Bundan tashqari, bolalarga ko‘rinishi avvaldan tanish bo‘lgan, lekin ular uchun yangi bo‘lgan kattaliklar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni tushunib yechish asosida tuzilgan masalalarni yechishga alohida e’tibor beriladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rinishlardagi masalalarni yechish uchun amallarni tanlay ola bilish malakasi avtomatizm darajasiga yetkazilishi kerak. Shu bilan birga bu malaka anglab yetilgan bo‘lishi, ya’ni o‘quvchi doimo mantiqiy fikr-mulohazalar yordamida hamda zarur hollarda sxematik ko‘rgazmalardan (qisqa yozuv, sxematik chizma va h.k.) foydalanib, tanlangan amalning to‘g‘riligini asoslab bera olishi kerak.

Butun o‘quv yili mobaynida mos ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun darsdan-darsga qadar o‘quvchilarga turli ko‘rinishdagi sodda masalalarni og‘zaki mashqlarga, yozma mustaqil ishlarga, uy vazifalariga qo‘shib yechishni mashq qildirish lozim. Dars materialini tanlaganda o‘quvchilar tomonidan tez-tez chalkashtirib yuboruvchi masalalarni, masalan, sonni bir necha marta va bir necha birlikka orttirish (kamaytirish)ga, ayirmali va karrali taqqoslashga doir masalalarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish, taqqoslash zarurligini unutmasligi lozim. Buning uchun mos ravishdagi masalalar juftligini berish va o‘quvchilardan ularning shartlarini, yechimlarini taqqoslashni, shartlarini o‘zgartirishni va shartlarning o‘zgarishi bilan yechim ham o‘zgarishini tushuntira olishni, masala tuzish va uni yechishni, berilgan ifoda bo‘yicha masala tuzishni hamda masala yechish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ijodiy tavsifdagi o‘qituvchi va o‘quvchilarga ma’lum bo‘lgan topshiriq turlarini qo‘llashni talab etish kerak.

Darsda yechilishi lozim bo‘lgan sodda masalalarning sonini orttirish uchun 5-6 ta sodda masalani o‘z ichiga olgan matematik diktantlarni o‘tkazish mumkin. Bunda faqat javoblarini yozish yoki masalani yechish uchun tanlangan amal belgisini ko‘rsatish kifoya qiladi. Darslikdagi masala matnini bolalar o‘qishlari va uni og‘zaki yechishlari ham maqsadga muvofiqdir.

O‘quvchilarning masalani bir marta o‘qib, sodda masaladan tarkibli (murakkab) masalani ajratib olishlari uchun bunday masalalar yozma mustaqil ishlar va nazorat ishlariga kiritilishi lozim. Sodda masalalarni yechish malakasini hosil qilish — boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning asosiy yo‘nalishlaridan biri.

Bolalarni masalalar yechishga o‘rgatishga ularga masalalar yechishga yondashishning ba’zi umumiy usullarini o‘rgatish muhim hisoblanadi. Chunonchi, bolalar o‘qituvchi boshchiligida masalani qisqa va tushunarli yozishni, masala shartini rasm va chizmalar bilan namoyish qila olishni o‘rganib olishlari, shu bilan masala yechish yo‘llarini o‘zlari uchun yengillashtirishlari, aniq bir masala shartini mavhumlashtirishni (masalan, «baho», «miqdor», «qancha turishi» kabi mavhum atamalardan foydalanib) va masalada berilgan miqdorlar bilan izlanayotgan miqdor orasidagi bog‘lanishni ochishga yordam beruvchi usullarni o‘rganib olishlari kerak.

O‘quvchilarning fikrlash faoliyatlarini va nutqlarini rivojlantirish uchun ularni masalani va uning yechilishini tahlil qilishlariga, masalani yechishdagi har bir amalni asoslab berishga o‘rgatish muhimdir. Ular yechilayotgan masalada nima berilgan, nima izlanayotganligi (noma’lumligini), masalaning savolidan nima kelib chiqishini, masala savoliga javob topish qanday arifmetik amallar yordamida amalga oshirilishini va ularni qanday tartibda bajarish kerakligini tushunib yetishlari, shuningdek, har bir tanlangan amalni asoslay olishlari va topilgan natijalarni tushuntirib bera olishlari, berilgan masala bo‘yicha ifoda tuza olishlari (barcha zarur tushuntirishlari bilan), masalani yecha olishlari va yechimining to‘g‘riligini tekshira olishlari lozim.

Shuningdek, o‘quvchilarda masalani turli usullar bilan yecha olish malakasini shakllantirish ham katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar arifmetik amallar xossalariga oid olgan bilimlarini masalalarni yechishda qo‘llashni o‘rganib olishlari kerak. Ular ba’zi masalalarni bir necha usul bilan yechish mumkinligini va o‘zlariga tanish usullardan eng maqbulini tushunib tanlashlari borasida o‘zlariga hisob bera oladigan bo‘lishlariga harakat qilish lozim.

Tayyor masalalarni yechish bilan bir qatorda o‘quvchilarni o‘qituvchining turli topshiriqlari bo‘yicha masalalar tuzishga mashq qildirish foydali. O‘quvchilar masalalar tuzish uchun sonli va sistemali materiallarni atrof-borliqdan olishlari kerak. Bunday masalalarni tuzish va yechish har xil turdagi masalalarning tuzilishi va yechilishining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur tushunish imkonini beribgina qolmay, balki, bolalarning ijodiy tasavvur qila olishlarini, ularning bilim doiralarini kengaytiradi, ta’limning turmush bilan bog‘lanishini mustahkamlashga imkon beradi.

Dasturda har xil kattalikni (qancha turishi, miqdori, bahosi; narsalarning umumiy massasi, narsalar miqdori (soni), bitta narsaning massasi va hokazo) arifmetika bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganishga katta o‘rin berilgan. Kattaliklarni o‘rganishda ularni o‘lchash usullari, eng sodda qoidalar yordamida ifodalanuvchi bog‘lanishlar qaraladi (masalan, «Hamma sotib olingan narsa qancha turishini bilish uchun narsaning bahosini narsalar soniga ko‘paytirish kerak» ekanligini bolalar og‘zaki tushuntiradilar.). Shu bois, masalalarni tanlashda bu bog‘lanishlarning ma’nosini ochib beruvchi masalalarga alohida e’tibor berish kerak.

O‘quvchilarni tarkibli masalalarni yechishga o‘rgatish kursning asosiy vazifalaridan biridir. 1-sinfda bu uncha murakkab bo‘lmagan, asosan yig‘indi va ayirmaning qaralayotgan xossalarini tushuntirishga, bitta amalning o‘zini turlicha qo‘llanilishini taqqoslashga, turli amallarni qo‘llashni talab qiluvchi holatlarni qiyoslashga qaratilgan uncha murakkab bo‘lmagan masalalardir. 2-sinfda qaraladigan bunday masalalar biroz murakkablashadi.

Bolalar matematika bilan shug‘ullanib, sinfda avval qarab chiqilgan masalalar murakkabligidagi masalaning yechish yo‘llarini mustaqil topa olishga o‘rganishlari kerak. Bunda amallar soniga nisbatan cheklanish bo‘lmaydi, ya’ni (4-sinfda o‘quvchi nafaqat ikkita, balki, uchta va to‘rtta ko‘paytmalarning yig‘indisini topish talab etilgan, hayotda tez-tez uchraydigan) masala hisob-kitoblarni yecha olishi kerak. Tarkibli masalalarda avval ko‘rib chiqilgan sodda masalalarning barcha turlari, jumladan, bolalar uchun yangi tartibda tuzilgan sodda masala turlari uchrashi mumkin.

Dasturda masala shartini tahlil qilishga, berilganlar bilan izlanayotganlar orasida bog‘lanish o‘rnata olish ko‘nikmasiga nisbatan ancha yuqori talab qo‘yiluvchi bir qator yangi masalalar beriladi.

Yangi ko‘rinishdagi masalani ko‘rib chiqish uchun doimo yangi dars ajratiladi. Bunda ish dastlab o‘qituvchi rahbarligida to‘liq tushuntirishlar bilan olib boriladi, so‘ngra bu masala o‘quvchilarning o‘zlari mustaqil o‘ylab topishlari va yechishlari uchun tavsiya qilinishi mumkin. Bu quyidagi ko‘rinishdagi masalalardir: turli ko‘rinishlardagi proporsional bo‘lishga doir; qarama-qarshi va bir-biriga hamohang yo‘nalishdagi harakatga doir; munosabatlar usuli orqali yechilishga doir; hamkorlikda ishlashga doir.

Tarkibli masalani yechishda o‘qituvchi rahbarligida ishning asosiy bosqichlarini aks ettirish muhimdir: 1) masalani o‘qiyman; 2) nima noma’lum, nima ma’lumligini aytaman, agar kerak bo‘lsa, rasm, chizma, sxema, jadval yordamida uning qisqa bayonini yozaman; 3) yechish rejasini tuzaman; 4) yechishni bajaraman; 5) javobini aytaman; 6) natijani tekshiraman.

Masala tuzish uchun sonli va rasmli material o‘quvchilar tomonidan tevarak-atrofdan olinishi kerak. Bunday turdagi masalalarni tuzish va yechish o‘quvchilarga turli ko‘rinishdagi masalalarning tuzilishi va yechish yo‘llarining o‘ziga xos xususiyatlarini to‘liq anglatishga imkon beribgina qolmay, ularning ijobiy tasavvurlarini rivojlantirishga, dunyoqarash-larining kengayishiga, olgan bilimlarini hayot bilan bog‘lashni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Dastur bolalarda fazoviy tasavvurlarni o‘stirish uchun geometrik ma’lumotlarga hamda mashqlarga ham kerakli e’tibor qaratadi.

Boshlang‘ich sinflarda geometrik materiallar bilan ishlashdan asosiy maqsad o‘quvchilarga to‘g‘ri chiziq kesmasi, burchaklar, shakllar (uchburchak, to‘rtburchak, ko‘pburchak)ning aniq ko‘rsatmali tasvirini berish, shakllarning ba’zi xossalarini ko‘rib chiqish va bu bilimlardan bolalarning uzunlik va yuzlarini o‘lchay olish malakalarini egallashda foydalana olishini ta’minlashdan iboratdir.



Geometrik materialni o‘zlashtirish jarayoni boshidan oxirigacha faol, aniq va ko‘rgazmali bo‘lishi, amaliy mashqlardan keng foydalanilishi kerak. Bunda o‘quvchilar tayyor geometrik shakllar bilan ish olib bormay, balki qirqish, yelimlash, cho‘plar bilan ishlash, modellashtirish, chizmachilik, qog‘oz varag‘ini buklash orqali shakllar hosil qilish kabilardan foydalangan holda o‘zlari ham shakllarni chizmalardan (xususan, qachonki tanish shakl murakkab shaklning elementlaridan biri bo‘lsa) va atrof-borliqdan taniy olishlari, yasay bilishlari ham kerak.

Geometrik material ko‘pincha qaralayotgan arifmetik qonuniyatlar, bog‘lanish va aloqalarning aniq ko‘rgazmali illyustratsiyasi bo‘lib xizmat qiladi (masalan, to‘g‘ri to‘rtburchakning teng qismlarga bo‘lingan ko‘rgazmali tasviri ko‘paytirishning o‘rin almashtirish qonunini namoyish qilish uchun qo‘llaniladi va hokazo). Biroq bu, arifmetik material bilan bevosita bog‘lanmaydigan geometrik mashqlarni bajarishni inkor etmaydi.

Taqdim etilayotgan dastur bo‘yicha ishlashda shuni nazarda tutish kerakki, dasturda berilishi mumkin bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, asosan, darsda o‘qituvchi yordamida egallanishi kerak. Shu bilan birga, matematikani o‘qitish bolalarning muntazam ravishda uy vazifalarini bajarishlarini talab qiladi. Uy vazifalari 2-o‘quv yilidan boshlab beriladi hamda bu vazifalarning hajmi va xususiyatlari shunday bo‘lishi kerakki, ularni o‘quvchilar o‘zgalarning yordamisiz mustaqil bajara oladigan bo‘lishsin.

O‘qituvchilar darsda ham, uyda bajarishga vazifa berishda ham o‘quvchilarni o‘quv materiali bilan ortiqcha zeriktirib qo‘yishlari kerak emas. Har bir darsda o‘quvchilar faoliyatini samarali ravishda tashkil etish haqida g‘amxo‘rlik qilish, ularning charchoqlarini yo‘qotish va darsga yanada faolroq jalb etish maqsadida bir-ikkita fizminutlar o‘tkazish kerak. Bunda darsda, ayniqsa 1—2-sinflarda, amaliy va rivojlantiruvchi xarakterdagi topshiriqlar va mashqlarni, turli didaktik o‘yinlarni qo‘llab, o‘quvchilarning o‘yin, amaliy va rivojlantiruvchi faoliyatlarini turli xil ko‘rinishda tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday mashqlar, topshiriqlar va o‘yinlar soni, ularning mazmuni, o‘tkazish vaqti va metodikasi har bir dars mavzusining asosiy o‘quv-tarbiyaviy maqsadlariga muvofiq ravishda belgilanishi kerak. Ta’kidlab o‘tilgan amaliy topshiriqlar, rivojlantiruvchi mashqlar va didaktik o‘yinlar dastur materialini o‘zlashtirishga imkon berishi lozim. Bu o‘rinda shuni nazarda tutish kerakki, ulardan ba’zilari keyinroq, kuni uzaytirilgan guruhlarda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda qo‘llanilishi mumkin.

Dasturda alohida mavzularga dars soatlarining taqsimlanishi taxminiydir. O‘quvchilarning bilim darajalariga va o‘qitish jarayonida uchraydigan qiyinchiliklarga qarab, o‘qituvchi ba’zi mavzularga ajratilgan vaqtni ko‘paytirishi yoki kamaytirishi mumkin. Bunda u o‘quv yili davomida dasturda berilgan materiallarning barchasi ongli va puxta o‘zlashtirilishi shart ekanini hisobga olishi kerak.

Dasturda har bir o‘quv yili oxirida matematikadan o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar, 4-sinfda esa 5-sinf matematika kursi bilan uzviyilikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi belgilab berilgan.

1-sinf

(165 soat)

Narsalarning xossalari va narsalarning guruhlari.

Geometrik shakllar. Fazoviy va vaqtiy tasavvurlar (10 soat)

Narsalarning asosiy xossalari: rangi, shakli, o‘lchami, materiali.

Narsalarni o‘chamlari bo‘yicha taqqoslash: uzun-qisqa, keng-tor, baland-past, yo‘g‘on-ingichka (qalin-yupqa), ortiq-kam; rangi, shakli, materiali bo‘yicha.

Fazoviy tasavvurlar, narsalarning o‘zaro joylashuvi; ustida-ostida (baland-past), chapda-o‘ngda (chaproq-o‘ngroq), oldin, keyin, orasida, yonida va hokazo.

Harakat yo‘nalishi: chapdan o‘ngroqqa, o‘ngdan chapga, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga.

Narsalar guruhlarini taqqoslash: ko‘p, kam, shuncha, ...ta ortiq (kam).

Narsalar (bir xil, har xil). Narsalar guruhlaridan berilgan xossaga ega bo‘lgan (rangi, o‘lchami, shakli, vazifasi) bitta yoki bir nechta narsani ajratish.

“Har biri”, “hammasi”, “...dan boshqa hammasi”, “qolganlari” va hokazo tushunchalar.

1 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarning atalishi. Ketma-ketligi va narsalar sanog‘i. Aylana, kvadrat, uchburchak.

1 dan 5 gacha bo‘lgan sonlar. Raqamlash (18 soat)

Natural sonlar qatoridan birinchi o‘nlik sonlarning atalishi va ketma-ketligi. Narsalarni (asosiy narsalar va ularning tasvirlarini, harakatlar, ovozlarni chiqarib) to‘g‘ri va teskari tartibda sanash.

Sonlarni 1,2,3,4,5 raqamlari bilan hosil qilish, o‘qish va belgilash.

Berilgan songa 1 ni qo‘shish bilan undan keyin keladigan sonni hosil qilish, sondan 1 ni ayirish bilan bevosita undan oldin keladigan sonni hosil qilish.

Miqdor va tartibli sanoq tushunchalari .

Sonlarni taqqoslash (teng, teng emas, katta, kichik), “=”, “+”, “-”, “>”, “<” belgilari.

Hisoblashda “+”, “-” belgilari. 2,3,4,5 sonlarining ikki kichik sondan iborat tarkibi.

Narsalarni sanash yordamida oddiy arifmetik masalalar yechish.



Amaliy ish

Bitta, ikkita, uchta, to‘rtta, beshta tayoqchalardan har xil shakllar tuzish.



Rivojlantiruvchi mashqlar.

Rasmlarni taqqoslash va savollarga javob berish.

Rasmlar juftlaridagi o‘zgarishlarni topishga doir mantiqiy masalalar yechish.

6 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar. 0 soni.

Raqamlash (17 soat)

6 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni o‘qish va yozish. 10 ichida narsalarni to‘g‘ri va teskari tartibda sanash. Sonlarni taqqoslash (katta, kichik, teng, teng emas).

0 sonni va uni belgilash.

Yig‘indi va ayirmani topishga doir oddiy arifmetik masalalar (narsalar ustida amaliy ishlar, hisoblashlar yordamida rasmlardan foydalanilgan holda).

Vaqt tasavvurlari: avval, keyin, oldin, oldinroq, keyinroq.

Narsalarning uzunligi. Shartli o‘lchov asbobi yordamida narsaning uzunligini o‘lchash.

To‘g‘ri chiziq kesmasi. Kesmaning uzunligi. Uzunlik birligi-santimetr. 10 ichida sonlarni taqqoslash.

Amaliy ish

Shartli o‘lchov asbobi yordamida narsalarning uzunligini o‘lchash.



Rivojlantiruvchi mashqlar.

Juft rasmlardagi o‘zgarishlarni, ya’ni farqlarni ko‘rsatuvchi mantiqiy masalalar. Belgilangan tayoqchalar yordamida (oddiy shakllar) turli shakllar yasash.



10 ichida qo‘shish va ayirish.

Geometrik shakllar va kattaliklar (47 soat)

Qo‘shishning asosiy xossasi. Qo‘shishda 0 ning xossasi.

Ayirishning xossasi. Ayirishda 0 xossasi.

Qo‘shish amalining tarkibiy qismlari (birinchi qo‘shiluvchi, ikkinchi qo‘shiluvchi, yig‘indi) va ayirish amalining tarkibiy qismlari (kamayuvchi, ayriluvchi, ayirma).

Qo‘shish bilan ayirish orasidagi munosabat.

Qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasi.

Hisoblash usullari:

a) bo‘laklab qo‘shish usuli, sonlarning o‘rinlarini almashtirish;

b) bo‘laklab ayirish va ayirish bilan qo‘shish orasida bog‘linishga asoslangan ayirish usuli.

Bir xonali songa 0, 1, 2, 3, 4 ni qo‘shish (10 ichida).

Bir xonali songa 5, 6, 7, 8, 9 ni qo‘shish.

0, 1, 2, 3, 4 ni ayirish (10 ichida).

5 ,6, 7, 8, 9 ni ayirish (10 ichida).

10 ichida qo‘shish jadvali, xuddi shunday ayirish amali uchun.

Quyidagi ko‘rinishdagi ayirish va qo‘shishni bajarish: 9-9, 0+5, 7-0, 8+0.

1 va 2 amalli sonli ifodalarni o‘qish, yozish va qiymatini topish (qavssiz misollar).

Berilgan sondan bir necha birlik katta yoki kichik bo‘lgan sonni topish.

Yig‘indini, qoldiqni, noma’lum qo‘shiluvchilarni topish, sonni bir necha birlik orttirish (kamaytirish) va taqqoslashga oid (amaliy ish va rasmlar, qisqa yozuv bo‘yicha, to‘liq bo‘lmagan narsalar ko‘rgazmasi asosida) sodda arifmetik masalalarni yechish.

Arifmetik amallarni qo‘shish va ayirishga doir matnli masalalarni yechish.

Kilogramm va litr haqida tushuncha. Masala yechimini yozish.

Nuqta. To‘g‘ri chiziq kesmasi. Kesmaning uzunligi. Santimetr uzunlik birligi, belgilanishi – sm. Ko‘pburchaklar. Ularning tasniflari. To‘rtburchaklarning har xil turlari.

Santimetr yordamida kesmaning uzunligini o‘lchash. Chizg‘ich yordamida berilgan uzunligi asosida kesma chizish.

Kesma uzunligini berilgan sondagi santimetrlarga qadar kattalashtirish va kichraytirish.

Kesmalarni chizg‘ich yordamida ayirmali taqqoslash.

Tanish geometrik shakllarning ko‘rinishini o‘zgartirish.

Amaliy ish

Santimetr. Santimetr modelini yasash. Santimetr yordamida berilgan uzunlik asosida kesma chizish.

Kesma uzunligini berilgan sondagi santimetrlarga qadar kattalashtirish va kichraytirish.

Kesmalarni chizg‘ich yordamida ayirmali taqqoslash.



Rivojlantiruvchi mashqlar.

Bo‘laklardan butunni hosil qilish.

Namuna bo‘yicha ketma-ketlikni davom ettirish.

Topqirlikka oid masalalar.



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling