O'zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublikata’lim markazi


Download 1.25 Mb.
bet3/22
Sana05.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#215250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
O'zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublikata’lim

INSOF

Insoflilik, ochiqko‘ngillilik, samimiylik xalqimizning eng qadimgi an’analaridan hisoblanadi. Insoflilik axloqiy fazilatlardan biri bo‘lib, hayotning asl mazmunini anglashga yordam beradi. U balog‘atga yetgan, viqorli va komil insonning eng muhim xususiyatlaridan bi- ridir.

Insofli bo‘lish - bu boshqalar bilan o'zini bir qatorda tutish, ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, senga ham boshqalar g‘amxo‘rlik qiladi, degan ma’noni anglatadi. Bu fazilat insonni jamiyatda obro‘- e’tiborli, oilada esa baxtli va xushnud qiladi.

Insof, insofli bo‘lish kabi tushunchalar ayrim diyonatsiz odamlar uchun qadr-qimmatsiz bo‘lib qolgandek ko‘rinadi. Aniqrog‘i ular gunoh nima-yu, savob nimaligining farqiga borishmaydi. Shu o‘rinda mashhur alloma va fozil inson bo‘lgan, axloq-odob, tarbiya borasida ko‘pgina risolalar bitgan Rizouddin ibn Faxriddinning quyidagi fikrlarini keltirish o‘rinlidir. “...Gunoh unutilmaydi, ezgulik yerda qolmaydi. Har kim nima sepsa, shuni o‘radi. Ezgulik qilishga shoshiling. Nafsingizning hamma istagini bajo keltirishdan cheki- ning. Xayrli ishlar uchun say’-g‘ayrat qiling”.


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling