O'zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublikata’lim markazi


Download 1.25 Mb.
bet5/22
Sana05.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#215250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
O'zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublikata’lim

(155 so‘z. Yoqubjon Shukurov)

SUVDAY SOKIN OLOV QALB

Olov - tabiatning to‘rt asosiy unsuridan bin. Olov tabiatiga shid- dat, yog‘du, har qanday jismni o’ziga bo‘ysundirish qudrati xos. Suv kabi sokinlik, tuproqdek vazminlik unga yot. Biroq olov faqat suv va tuproq bilan ta’sirlashgandagina muvozanatga keladi. Zero, tabiatning bu qoidasi Zulfiya she’riyatida yana bir karra o‘z tasdig‘ini topadi.

Zulfiya ijodi - ayol shiddati, yurakning shamchiroqqa aylanishi. Ayni paytda undagi sokinlik qudrati, xayol mavjlanishlari, qalbning o‘z chegarasini anglashi, tuyg'ularning tartiblanishi his va aql muvo- zanatining go‘zal ifodasidir.

Shoiraning ota-onasi haqidagi xotiralari bu jihatlarni yanada oydinlashtiradi. Uning xotiralarida otasi - Toshkentda nom qozongan usta Isroil degrezdan “doim olov isi kelganvini, onasi Xadicha opa esa sabr-qanoatli, ma’nili ayol ekanini anglaymiz.

Ilk she’riy to‘plami - “Hayot varaqalari” nashr etilganda Zulfiya 17 yoshda edi. She’riyat dastlab onasidan eshitgan ertak-afsonalari hosilasi bo‘lsa, keyinchalik taqdiriga - “hayotining barcha sahifalari, azizdan azizi, og‘rig‘i, shodligi, sodiq do‘sti, sirdoshi”ga aylanadi. “Odamlar chinakam she’rga ishonishi”, suyanishi, uni intiq kutishi, malham deb bilishi Zulfiyaga katta quvvat bag‘ishlaydi. Zulfiya ha­yot shodligini she’rda, farzandlari, nevaralari tiynatida ko‘radi.


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling