O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 0.94 Mb.
bet17/40
Sana18.11.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1785123
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
Bog'liq
Musiqa ma`danyati fanini o`qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar moduli buyicha O`QUV US

«BOSHQARUV» texnikasi o’qituvchilarni auditoriyani boshqarishdagi usullari hamda o’quvchi – o’quvchilarni ish jarayonida usullar bilan tanishtiruvchi va shunga o’rgatishga qaratilgan.


1.2. Pedagogik texnologiyalarning asosiy jarayonlari “Tarmoqlar”


metodi (Klaster), "Aqliy hujum" metodi

Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya (o’yinning umumiy rejasi) bo’lib, u o’quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam berib, o’quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma- ketlik bilan uzviy bog’langan holda tarmoqlashlariga o’rgatadi.


Bu metod biron bir mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jaddalashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. SHuningdek o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarni chizma shaklida ifodalashga undaydi.




«Tarmoqlar» metodi (Klaster)

Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya (o’yinning umumiy rejasi) bo’lib, u o’quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam berib, o’quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma- ketlik bilan uzviy bog’langan holda tarmoqlashlariga o’rgatadi.


Bu metod biron bir mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jaddalashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. SHuningdek o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarni chizma shaklida ifodalashga undaydi.


Balet haqida tushuncha”


O’qituvchi: Bolalar! Balet haqida qani, kim gapirib beradi? O’quvchilar: Balet bu oddiy raqsdan farq qiladi. Balet bu sahna asari-unda turli voqelar tasvirlanadi.


O’qituvchi: Raqs tushishda u oddiy raqsdan nimasi bilan farq qiladi? O’quvchilar: Ularning kiyimlari boshqacha bo’ladi. Ular kalta-kalta kiyinishadi. Ular oyoq uchida yurib raqs tushishadi. Yigitlar qizlarni balandga ko’tarib raqs tushishadi. Ularning raqsi muz ustida figurali uchishga o’xshab ketadi.


O’qituvchi: Baletda raqsdan tashqari qanday muhim element bor?

O’quvchilar: Raqsdan tashqari unda musiqa ham bor. Balet musiqasi qandaydir ta’sirchan bo’ladi. Yigit-qizlar ana shu musiqa jo’rligida raqsga tushadilar. Men «Kichik oqqushlar» raqsini juda yaxshi ko’raman. Unda balerinalar musiqa ohanglariga jo’r bo’lishib, birday harakat qiladilar. Ayniqsa, ular bir-birlarining qo’llarini ushlashib raqsga tushganlarida juda ham chiroyli harakat qiladilar.




O’qituvchi: Uning musiqasini kuylab bera olasizlarmi?

O’quvchilardan ayrimlari: «rappa-pa-pa, rap-pa-ra-rap-pa» tarzida uing musiqasini kuylab berishga harakat qiladilar.




O’qituvchi: Endi tinglab ko’ringlarchi, men sizlarga uni chalib beraman (o’qituvchi pianinoda asarning kuyini chalib beradi). Bu asarning kuyini kim yozgan?


O’quvchilar: P.T Chaykovskiy.


O’qituvchi: Baletning nomi qanday nomlanadi?


O’quvchilar: «Kichik oqqushlar», «Kichik oqqushlar raqsi».


O’qituvchi: Raqsning nomi «Kichik oqqushlar raqsi» deyiladi. Baletning nomi esa «Oqqushlar ko’li», ya’ni «Lebedinnoe ozero» deb nomlanadi. Bolajonlar, sizlar juda to’g’ri javob berdingizlar. Balet – musiqa va raqs harakatlari orqali obrazlar, voqealar yaratish san’atidir. Balet asarini

dramatik mavzu, raqs, imo-ishora, nafis harakatlar, musiqa, sahna bezaklari va kiyim-kechaklar tashkil qiladi. Butun dunyoga mashhur bo’lib ketgan «Oqqush ko’li», «Qarsildoq» va «Uyqudagi go’zal» baletlarini XIX asrda yashagan rus kompozitori Petr Ilich Chaykovskiy yaratgan.Rus kompozitori P.I.Chaykovskiyning mashhur balet asarlari


Oqqush ko’li”





Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling