O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


MUSIQA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVASIYALAR O‘QUV MODULI


Download 0.94 Mb.
bet3/40
Sana18.11.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1785123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Musiqa ma`danyati fanini o`qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar moduli buyicha O`QUV US

3.1. MUSIQA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVASIYALAR O‘QUV MODULI
Musiqa fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalar” o‘quv modulining ishchi o‘quv dasturi musiqa fani o‘qituvchilari malakasini oshirish kursining o‘quv dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, bu modulda musiqa ta’limiga oid zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalarning mazmun va mohiyatini ochib berilgan.
Modulning maqsadi va vazifalari
Modulning maqsadi:umumiy o‘rta ta’lim maktablari musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining o‘quv jarayonida zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalarni qo‘llash kompetensiyalarini rivojlantirish.
Modulning vazifalari: - tinglovchilarda musiqa madaniyatini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlarni tadbiq qilish, innovasiyalardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish;
- musiqa madaniyati darslarida zamonaviy ta’lim vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
- zamonaviy talablar asosida musiqa madaniyati darslarini samarali tashkil qilish yo‘llarini o‘rganish;
- musiqa madaniyati fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalarni qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish.
- musiqa faninini rivojlantirishdaO‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar bilan tinglovchilarni tanishtirish;
-tinglovchilarda musiqa fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlarni tatbiq qilish, innovasion texnologiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan metodologik bilimlar va ko‘nikmalarni aniqlashning yangi usullarini joriy etish;
- musiqa darslarida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari va innovasion loyihalarni joriy etish ko‘nikmalarini rivojlantirish;


Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilimi, ko‘nikma va malakasi vakompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar
Tinglovchi:
- ta’lim sohasidagi innovasion faoliyat asoslarini;
- musiqa madaniyati fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlar, tendensiyalar va innovasiyaon texnologiyalarni;
- musiqa madaniyati fanini o‘qitishda qo‘yiladigan hozirgi zamon talablarini bilishi;
- musiqamadaniyatifanining ta’lim mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarining uzviyligi va izchilligini ta’minlash;
- o‘qitish mazmuniga oid axborotlarni qayta ishlash, umumlashtirish,tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish va o‘quvchilar ongiga yetkazish yo‘llarini qo‘llash;
- umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa fanini o‘qitish oldidagi dolzarb muammolar va ularni hal etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
-musiqa madaniyatifani darslarida zamonaviy innovasion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash;
- musiqa madaniyatifani darslariga qo‘yiladigan zamonaviy talablar asosida darslarni tashkil etish malakalariga ega bo‘lishi;
- zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalardan kasbiy faoliyatda foydalanishkompetensiyalariga ega bo‘lishi lozim.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling