O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


O’quvchilar shaxsiyatida musiqiy psixologk va balog’at yoshidagi


Download 0.94 Mb.
bet30/40
Sana18.11.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1785123
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40
Bog'liq
Musiqa ma`danyati fanini o`qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar moduli buyicha O`QUV US

2.2.O’quvchilar shaxsiyatida musiqiy psixologk va balog’at yoshidagi


xususiyatlarini e’tiborga olish muammolari. Pedagogikada rivojlanish va tarbiyaning o’zaro bog’likligi muhim

muammolardan bo’lib, u ko’p munozaralarga sabab bo’ladi. SHaxsning rivojlanishi kiyin murakkab jarayon,u kuplab ichki va tashqi ta’sirlar va omillar orkali ro’yobga chiqadi. Inson xayot ekan, butun umri davomida o’sib, rivojlanib o’zgarib boradi. Bolalik va o’smirlik yillarida shaxsning kamol topishi yaqqol ko’zga tashlanadi. Rivojlanish deganda biz shaxsning ham jismoniy, ham aqliy va maonaviy kamol topishi jarayonini tushunamiz. «SHaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o’rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etilgan. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning chetlab o’tolmagan.


SHuni alohida ta’kidlash lozimki. «Homo sapiens» - «aqlli zot» tushunchasini o’zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo’lganiga taxminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlarning e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan emish. Darvin taobiri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida yer yuzida saqlanib qolgan minglab millat va ellatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti ko’proq biologik omillardan ko’ra, ijtimoiy- sotsial omillar ta’sirida ro’y bermoqda. SHuning uchun ham har bir individni yoki shaxsni o’rganish masalasi uning bevosita ijtimoiy muhiti va uning ijtimoiy normalari doirasida o’rganishni taqozo etadi.


Sotsial yoki ijtimoiy muhit – bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko’rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy xulq normalari doirasidagi harakatlarida nomoyon bo’ladi. Psixologiya ilmining nomoyondalari bo’lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Farobiy, A.Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab SHarq allomalari ham bu o’zaro bog’liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o’zlarining eng durdona asarlarini bag’ishlaganlar. Barcha qarashlarga umumiy bo’lgan narsa shu bo’lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun avvalo uning shu jamiyatda tutgan o’rni va mavqeini bilish zarur. SHaxsni o’rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning ijtimoiy mavqei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o’rni bilan belgilanishi kerak.


Lekin, shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqalar masalasi birdaniga, bir xil yechimga kelinmagan. Bu o’zaro munosabatlar asosan ikki polyar nuqtai nazardan kelib chiqadi.




Nativizm yo’nalishining tarafdorlari insonlardagi barcha xususiyatlarni tug’ma harakterga ega, deb e’tirof etadilar. Empirizm tarafdorlarining fikricha, yangi tug’ilgan bola go’yoki «top-toza paxta» (tabula rasa), unga hayot va undagi talablar o’zining qonuniyatlarini yozadi va bola ularga so’zsiz bo’ysunishga majbur. Bu yo’nalishning asoschilaridan biri Dj. Lokk bo’lib (1632-1704) uning fikricha, tug’ma fikrlar yoki g’oyalar bo’lishi mumkin emas, ular xoxish-tilak va og’riq kabi elementlar sezgilarning qayta ishlanishi natijalaridir. Xayotda ana shunga o’xshash turli xil sezgilar va g’oyalarning assoiatsiyasi ro’y beradi.


G.Leybnits (1646-1716) Lokka eotiroz bildirib, hayotda umuman toza, sof doskaning o’zi bo’lmaydi, xattoki, eng yaxshi silliqlang marmar yuzasida ham sezilarli teshiklar, do’ngliklar yoki tug’ma asoratlar bo’ladiki, ular layoqatlardek, inson taqdirida maolum rol o’ynaydi. Bu ikkala yirik yo’nalish o’rtasidagi tortishuvlarga chek qo’yish maqsadida F. Galton qator eksperimental tadqiqotlar o’tkazib, har bir individga xos differentsial xususiyatlar mavjudligini «egizaklar metodi» yordamida asoslashga harakat
sildi. 2-jadvalda Galton tomonidan irsiy va orttirilgan sifatlar munosabati yuzasidan anislangan natijalardan keltirilgan.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling