O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi Samarqand viloyati Oqdaryo tuman xalq ta’limi


Download 28.06 Kb.
bet3/5
Sana22.12.2022
Hajmi28.06 Kb.
#1040962
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-sinf Palov ochiq dars

Darsning borishi.
I Tashkiliy qism.Salomlashish,
Ustozlarga xurmat;Xush kelibsiz aziz ustozlar.Davomadni aniqlash.
1.Xush o’quvchilar xozir qaysi fasil?-Xozir kuz fasli.
2.Biz kuzda oziq-ovqat mahsulotlariga doir qanday bayramni nishonlaymiz?-Biz kuz faslida tabiat bergan niymatlardan sabzavot va mevalar pishib yetilganligi uchun bayramini nishonlaymiz.
3.Kuz niymatlari haqida sherlar yoki maqollar bilamizmi?-
II. O’tgan mavzuni so'rash. Biskvit xamirini tayyorlash va bеzash.
O’tgan mavzu bo’yich guruhlarda savol javoblar “Bilimlar daraxti”asosida o’tkaziladi.
1.Biskvit xamirini tayyorlashda xamir qanday usulda tayyorlanadi?- Biskvit xamirini tayyorlashda xamir mеxanik usulda ko‘pirtiriladi. Ya’ni – tuxumning oqi va shakar qo‘shilib dastlabki hajmidan 2 –3 barobar oshguncha ko‘pirtiriladi.
2.Biskvit xamiri necha xil usulda qoriladi?- Biskvit
xamiri ikki xil – sovuq va issiq usulda qoriladi.
Sovuq usulda qorishda tuxumning sarig‘ini shakar bilan iylab, bug‘doy
uniga aralashtiriladi, ya’ni xamir qoriladi.So‘ngra asta-sеkin unga ko‘pirtirilgan tuxumning oqi qo‘shiladi.
Issiq usulda qorishda esa tuxum bilan shakarni birga to‘xtovsiz aralashtirib,
45 –50C gacha isitiladi, so‘ngra olovdan olib hajmi 2 –3 barobar ko‘payguncha ko‘pirtiriladi va un solib xamir qoriladi.
3.Biskvit xamiri necha daraja issiqlikda pishiriladi va bu xamirdan qanday pishiriqlarda foydalaniladi?- Biskvit xamiri +200 – 220C haroratda
duxovkada pishiriladi. Bu xamirdan tort, pirojniy, rulеt tayyorlash mumkin.
4.Biskvit tayyorlash uchun qanday massaliqlar kerak?- 6 ta tuxum, 1 stakan shakar, 1 stakan un masalliqlari, shu ningdеk, krеm uchun: 300 gsariyog‘, 450 g quyultirilgan sut.
5.Biskvit xamirini tayyorlashda birinchi qiladigan ishimiz?- Tuxumning oqi sarig‘idan ajratilib olinadi va sovitkichda sovitiladi.
6. Biskvit xamirini tayyorlash kеtma-kеtligini aytib bеring?-
1. Tuxumning oqi sarig‘idan ajratilib olinadi va sovitkichda sovitiladi.
2. Tuxumning sarig‘iga shakarning yarmini qo‘shib erigunicha yaxshilab
ko‘pirtiriladi.
3. Sovitkichda sovitilgan tuxum oqi hajmi 3–4 barobar ortgunicha
ko‘pirtiriladi. Ko‘pchitish oxirida oz-ozdan shakar qo‘shiladi.
4. Ko‘pchitilgan tuxum sarig‘iga ko‘pchitilgan oqining 1/3 qismini
solib, un qo‘shib aralashtiriladi. So‘ngra qolgan tuxum oqi sеkin-asta
aralashtiriladi.
5. Shaklli tovaga pеrgamеnt (xitoy) qog‘oz yoyilib, biskvit xamiri
quyiladi va duxovkada +200–220°C haroratda 10–15 daqiqa pishiriladi .
6. Pishgan biskvit sovitilib ko‘ndalangiga 2 yoki 3 bo‘lakka bo‘linadi,
sharbat shimdiriladi.

Download 28.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling