O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktorining buyrug‘I


Farmonning mazmun mohiyati barcha xodimlarga yetkazilsin, jumladan


Download 46.33 Kb.
bet2/4
Sana18.09.2023
Hajmi46.33 Kb.
#1680881
1   2   3   4
Bog'liq
XTVning 2020yil 24.03dagi 87-sonli buyruq ijro uchun

Farmonning mazmun mohiyati barcha xodimlarga yetkazilsin, jumladan:

  1. Farmonning 16-bandiga muvofiq:

- koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanishi vas hu toifaga mansub xodimlar bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanishi;

  1. Farmonning 18-bandiga muvofiq:

-maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarining faoliyati to‘xtatilgan davrda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘quvchilarining ota-onalariga (ular o‘rnini bosuvchi shaxslarga, vasiylarga, homiylarga yillik ta’tildan foydalanish grafigidan qat’iy nazar (shu jumladan 6 oydan kam ishlaganlarga) yillik ta’til taqdim etilishi;
-karantinga oid choralar amal qilishi davrida ish beruvchi xodimlarni, ayniqsa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali kasallikka chalingan shaxslami, ulaming roziligi bilan, masofadan turib ishlash usuliga, qulay ish grafigiga yoki uydan turib ishlashga o‘tkazishlari mumkinligi;
v) Qaroriing 2-bandiga muvofiq:
- O‘zbekiston Respublikasi hududida 2020-yil 24-mart soat 00:01 dan boshlab koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilganligi;
- davlat idoralari va tashkilotlarida fuqarolarni qabul qilish hamda ularga davlat va boshqa xizmatlami ko‘rsatish imkon qadar “onlayn” rejimga o‘tkazilishi;
- idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha tashkilotlaming asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni mehnat ta’tiliga chiqarish, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (“onlayn” rejimda yoki masofaviy tarzda) tashkil etish choralari ko‘rilishi;
g) Qarorning 3-bandi “g” kichik bandiga muvofiq Tartib amal qilish davrida barcha tashkilotlar rahbarlari (ish beruvchilar) quyidagilarga rioya etishlari shart:
- tashrif buyuruvchi shaxslarni faqat tibbiy niqob va tibbiy vositalarni qo‘llagan holda kiritish tartibini majburiy joriy etish;
- ish joylarida xodimlarning tana haroratini o‘lchash va tana harorati yuqori bo’lgan xodimlarni ish joyida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ushbu xodimlar to‘g‘risida sog’liqni saqlash organlariga zudlik bilan xabar yetkazish;
- davlat sanitariya nazorati organlarining talabnomasiga muvofiq koronavirus infeksiyasini talablarini bajarish;
-xodimlarga izolatsiya rejimida bo’lishga oid talablarga rioya etishda ko‘maklashish belgilanganligi inobatga olinsin.

  1. Koronavirus pandemiyasi sharoiti O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 18-moddasiga muvofiq xodimlarning mehnati uchun o‘ziga xos xususiyatlami belgilashga sabab bo‘ladigan alohida ob’yektiv omil sifatida qayd etilsin.

  2. Hududiy markazning Ichki mehnat tartibi qoidalariga xodimlarning masofadan turib - uy rejimida ishlashi, bunday ish rejimidagi mehnatni tashkil qilish va ish haqi to‘lashga doir qo‘shimchalar kiritilishi maqsadga muvofiq deb topilsin.

Shu munosabat bilan, xodimlar bo’limi va kasaba qo’mitasi hududiy markaz mehnat tartibi qoidalariga(mehnat shartnomalariga) qo‘shimchalar kiritilsin.

  1. Karantin vaqtida virusdan himoya qilish maqsadida, xodimlar mehnat faoliyati jihatidan quyidagi toifalarga bo‘linsin:

  • mehnat ta’tiliga chiqadigan xodimlar;

  • ish haqi saqlanmaydigan ta’tilga chiqadigan xodimlar;

  • masofadan — uydan turib ishlash rejimiga o‘tkaziladigan xodimlar;

  • mehnat faoliyatini bevosita hududiy markazda davom ettiradigan xodimlar.


  1. Download 46.33 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling