O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktorining buyrug‘I
Joriy yilning 24 martidan boshlab
Download 46.33 Kb.
|
XTVning 2020yil 24.03dagi 87-sonli buyruq ijro uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh xisobchi (M.Karimov)ga
- Xodimlar bo’limi boshlig’i (Xayrova N)ga
Joriy yilning 24 martidan boshlab:
yillik mehnat ta’tiliga chiqadigan xodimlar ro‘yxati 1-ilovaga; ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladigan xodimlar ro‘yxati 2-ilovaga; masofadan - uydan turib ishlash rejimiga o‘tkaziladigan xodimlar ro‘yxati 3-ilovaga; mehnat faoliyatini hududiy markazda davom ettiradigan xodimlar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bosh xisobchi (M.Karimov)ga: yillik mehnat ta’tiliga ketadigan xodimlarga o‘rtacha oylik ish haqi to‘lovlarini Mehnat kodeksining 148-moddasiga asosan to‘lanishishini ta’minlasin. Belgilab qo‘yilsinki, ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tillar mavjud vaziyatdan kelib chiqib, bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi. Bu muddat zaruriyatga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Ish faoliyatini hududiy markazda davom ettiradigan xodimlar zimmasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatilganda, ularga Mehnat kodeksining 160-moddasiga asosan, qo‘shimcha to‘lovlar to‘lash masalasi ko‘rib chiqilsin. Xodimlar bo’limi boshlig’i (Xayrova N)ga: masofadan - uydan turib ishlash rejimiga o‘tadigan xodimlarni ish qurollari bilan ta’minlash bo’yicha takliflar berish vazifasi yuklatilsin; Masofadan - uydan turib ishlash rejimiga o‘tadigan xodimlarning mehnat faoliyati quyidagi tartibda tashkil etilsin: ularning ish vaqti Mehnat kodeksining 116-moddasiga muvofiq normal ish vaqti rejimida (ya’ni 6 kunlik ish haftasi), soat 9.00 dan 17.00 ga qadar bo‘lgan ish vaqti, soat 13.00 dan 14.00 gacha tushlik vaqti) olib borilsin; ish beruvchi va xodimlarning kelishuviga muvofiq, masofadan turib, onlayn tartibida kunlik axborot taqdim etish tartibiga to‘liq rioya qilingan taqdirda bu ish uchun xodimlarga odatiy normal ish vaqti tartibida - tabel asosida ish haqi to‘lansin; mehnat qonunchiligi asosida yillik mehnat ta’tili va ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladigan hamda ish faoliyati masofadan - uydan turib ishlash rejimiga o‘tadigan xodimlar bo‘yicha o‘matilgan tartibda buyruq rasmiylashtirilishini ta’minlasin. karantinga oid choralar amal qilishi davrida tashkilotning asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlami, ayniqsa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali kasallikka chalingan shaxslarni, ulaming roziligi bilan, mehnat ta’tiliga chiqarish, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib ishlash rejimiga o‘tkazish; xodimlarning masofadan turib - uy rejimida ishlashini tashkil etish yuzasidan o‘zlarining Ichki mehnat tartibi qoidalariga qo‘shimchalar kiritish; mehnat faoliyatini ish joyida davom ettiradigan xodimlar va tashrif buyuruvchi shaxslarni faqat tibbiy niqob va tibbiy vositalami qo‘llagan holda kiritish tartibiga rioya qilish; ish joylarida xodimlarning tana haroratini o’lchash va tana harorati yuqori bo‘lgan xodimlarni ish joyida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ushbu xodimlar to‘g‘risida sog‘liqni saqlash organlariga zudlik bilan xabar yetkazish; xodimlarga izolatsiya rejimida bolishga oid talablarga rioya etishda ko‘maklashish vazifalari yuklatilsin. Download 46.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling