O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi termiz tuman xalq ta’limi bo‘limi termiz tumani 13-sonli umumta’lim maktabining Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani rahbari Mirzayev G’ayrat


Maktab CHQBT rahbari: G’.Mirzayev


Download 182.93 Kb.
bet26/29
Sana31.03.2023
Hajmi182.93 Kb.
#1314199
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
ЧkТБ режа GAYRAT

Maktab CHQBT rahbari: G’.Mirzayev
Termiz tuman halq ta’limi bo‘limiga qarashli 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2020-2021 o‘quv yili davomida 10-11-sinf o‘quvchilari bilan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan o‘tilgan mavzular, amalga oshirilgan tadbirlar va vatanparvarlik ishlarining yakuni bo‘yicha


XISOBOT


1. CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan 27 nafar 10-sinf o‘quvchilari bilan o‘quv yili davomida tasdiqlangan yillik rejaga asosan, 68 (oltmish sakkiz) soat dars o‘tilishi lozim bo‘lib, quyidagi tartibda o‘tildi:
KIRISH QISMICHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikfanining maqsadi va vazifalari, bugungi kundagi ahamiyati to‘g‘risida birinchi soat o‘tildi;
-1-BO‘LIM. Harbiy xizmatning huquqiy asoslari 8 (sakkiz) bobdan iborat, 28 (yigirma sakkiz)ta mavzular o‘z vaqtida sifatli darajada o‘tkazildi;
-2-BO‘LIM. Harbiy ish asoslari 6 (olti) bobdan iborat, 20 (o‘n ikki)ta mavzular o‘z vaqtida sifatli darajada o‘tkazildi;
-3-BO‘LIM. Otish tayyorgarligi 2 (ikki) bobdan iborat, 11 (o‘n bir)ta mavzular o‘z vaqtida sifatli darajada o‘tkazildi;
-4-BO‘LIM. Amaliy harbiy jismoniy tayyorgarlik 4 (to‘rt) bobdan iborat, 8 (sakkiz)ta mavzular o‘z vaqtida sifatli darajada o‘tkazildi.
Jami bo‘lib tasdiqlangan yillik rejaga asosan 68 (oltmish sakkiz) soat dars mashg‘ulotlari o‘tildi, shulardan 8 (sakkiz) soati oraliq nazorat ishi.
O‘quvchilarga alohida nazorat ishi daftari tutilib, tasdiqlangan oraliq nazorat ishi variantlar asosida yozma ravishda olinib baholab borildi (ONI olingan sanalar: 29.09.18y, 02.11.18y, 07.12.18y, 28.12.18y. 22.02.19y, 18.03.19y, 22.04.19y va 17.05.19 y amaliy).
Maktab xududiga yaqin joylashgan 18299 va 9232 harbiy qismlar bilan hamkorlikda quyidagi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi:
-harbiy qism mutaxassis harbiy xizmatchilari hamkorligida “Pozitsiyaga yorib kirgan dushmanni yo‘q qilish”, “Parchalanadigan qo‘l va tankka qarshi granatalarni uloqtirish usullari”, “Kuzatish uchun joy tanlash”, “Ko‘rinish cheklangan sharoitda joy va joydagi predmetlarni o‘rganish”, “Joyda predmetlar va nishonlargacha bo‘lgan masofani aniqlash”, “Uzoqlikni o‘lchash”, “Kalashnikov avtomatini noto‘liq qismlarga ajratish va qayta yig‘ish tartibi” mavzularda mashg‘ulotlar;
-9232 harbiy qismning ochiq eshiklar kuniga, “Uch avlod uchrashuvi” ko‘rgazmali seminariga va trinajyorda turli qurollardan otish uchun o‘quvchilarning tashrifi uyushtirildi (fotolavhalar taqdim etilgan).
YAngi yil bayrami, 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”, 21-mart “Navro‘z” bayrami va 9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlari 9221 harbiy qism Ko‘prikni qo‘riqlash batalioni zobitlari, serjantlari va muddatli harbiy xizmatchilarining tashrifi asosida, ko‘rgazmali chiqishlar va o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida davra suhbatlari o‘tkazildi.
Tasdiqlangan rejaga asosan, 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari G’.Mirzayev, ishtirokida Do’stlik xududida joylashgan maktablarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi va “Vatan himoyachilar kuni”ni nishonlash va vatanparvarlik oyligi tadbirlari o‘tkazildi (xisoboti taqdim etilgan).
Maktabning “YOsh qutqaruvchilar” jamoasi 8 (sakkiz) nafar o‘quvchilar tuman bosqichi musaboqasiga tayyorlanib, ishtiroki ta’minlandi.
Maktabning “Temurbeklar” jamoasi 12 (o‘n ikki) nafar o‘quvchilar tuman bosqichi musaboqasiga tayyorlanib, ishtiroki ta’minlandi.
2019 yil 17 may kuni “Umumjismoniy tayyorgarlik”, “YAgona to‘siqlar yo‘lagi (qatori)dan o‘tish” va qo‘l jangi mashg‘ulotlari bo‘yicha amaliy oraliq nazorat ishi olindi.



Download 182.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling